Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Muhoraba daf’i uchun munojot

Description

Автор: Сидки Хондайлики

Заглавие: Muhoraba daf’i uchun munojot

Источник: Sidqiy Hondayliqiy. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1998.

Страницы: 111-112.

Язык: узбекский, стихотворение.

Тема стихотворения - осуждение ужасных последствий Первой мировой войны и молитва к Богу о прекращении этой войны.

Сидки Хондайлики(1884-1934)- узбекский поэт.

Categories

Балканы Бог Военное дело Война Враг Географические названия Германия Женщины Кровь Оценка Политика Самооценка Сидки

Editor

B.S.

Text

Qildi zamona ahlini hayron muhoraba,

Har go‘sha ichra ayladi giryon muhoraba.

Tang ayladiyu, qildi bag‘ir qon muhoraba,

Girmon qirilsun, aylamay e’lon muhoraba,

Bolqon ham o‘lsun etmayin al’on muhoraba.

Uch yil erurki, ketti xaloyiqni rohati,

Hech bir kishini qolmadi bir dam farog‘ati,

Ham zuhd elini qolmadi lazzat-toati,

Ortiqcha bo‘ldi bizlara bu dahrning ofati,

Ko‘zlarda qildi yoshni qizil qon muhoraba.

Yo rab, san elni so‘zu gudozig‘a rahm qil,

Onlarni qilg‘on ajzu niyozig‘a rahm qil,

G‘am kunji ichra onlari rozig‘a rahm qil,

Qish o‘tdi, lekin onlari yozig‘a rahm qil,

Zero, qilibdur onlari xisron muhoraba.

Oshliq g‘amida o‘ldi xaloyiqlar asru zor,

Ko‘zlarni yoshi bo‘ldi bu hasratda shashqator,

Yo rab, tarahhum ayla, tugalsun bu koru zor,

Shah dushmanini(ng) ayla bu kunlarda toru mor,

Ya’ni du bora etmasun e’lon muhoraba...

Ko‘b odam o‘ldi, oh, jigarbandidan judo,

Yo rab, alarg‘a sabr – tahammul aylag‘il ato.

Botroq sug‘ishni daf’ini lutf ayla, ey, Xudo,

Zeroki bo‘ldi ko‘broq ulus zoru benavo,

Onlarni qildi turfa parishon, muhoraba.

Yo qahr birla chekti falak elga tig‘i kin,

Zeroki qildi barchani motamg‘a hamnishin,

O‘ldi otau qoldi yetim necha nozanin,

Xotunlar o‘ldi bevau dillar base xazin,

Ko‘b sarvqadni qildi kamonson muhoraba.

Yo rab, duoi bandalaringni ijobat et,

Yo rab, alarg‘a lutfu inoyat karomat et,

Yo rab, hamisha onlari sohib sharofat et,

Lutfi umuming ila bu elni salomat et,

Kim xushin olib, ayladi hayron muhoraba.

Yo rab, ayla san Sidqiy quling bu so‘zin qabul,

Hasratda qo‘yma oni qilib zoru malul,

Yo rab, duoni aylama rad hurmati rasul,

Sandin so‘rar murodini, bas oni qil xusul,

Bas bo‘lsun emdi, to‘xtasun al’on, muhoraba