Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Dar ta’rifi otasharoba

Description

Автор: Сидки Хондайлики

Заглавие: Dar ta’rifi otasharoba

Источник: Sidqiy Hondayliqiy. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1998.

Страницы: 84.

Язык: узбекский, стихотворение.

Основная тема - хвала железной дороге, живым воплощением которой, с точки зрения автора, является вагон. Слово "вагон" используется автором без перевода, только в названии дается перевод.

Сидки Хондайлики (1884-1934)- узбекский поэт.

Categories

Андижан Вагон Географические названия Коканд Маргилан Оценка Панегирика Русские слова Рустам Самооценка Транспорт Туран

Editor

B.S.

Text

Yetgali manzilg‘a tokim bog‘ladi shahpar vagon,

Boshlabon yo‘l manga bo‘ldi go‘yiyo rahbar vagon.

Yo‘lda tinmay charx urub, o‘tdin etib har dam qanot,

Dudin uchkon sori qildi boshina afsar vagon.

Ro‘zi shab zulmotu tog‘u cho‘lni xavf etmay kezib,

Yorii haq birla bo‘ldi o‘yla Iskandar vagon.

Ushbu kun Turon zaminni(ng) fathig‘a Rustam kabi

Qo‘lg‘a yoshildin qalam oldi, minib ashqar vagon.

Egri yo‘lg‘a yurmayin, to‘g‘ri yo‘lidin ajramay,

Rostllikdan qat’ etar har lahzau har bar vagon.

El degay lochinni tez uchgay, bu so‘z lekin g‘alat,

Kim jamii jonvardin keldi chobuktar vagon.

Yozu qish tinmay talab birlan yurar besaru po,

Ishq elidek dam-badam o‘tlar sochib ahmar vagon.

Navbahor ayyomida aylar esang azmi safar,

Sabzalar birla ko‘rungay ko‘zingga ahzar vagon.

Jang maydoniga kiysa jangjo‘y boshig‘a xud,

Doimo boshig‘a kiyg‘ay qahr ila mig‘far vagon.

Og‘zidin o‘tlar sochib yo‘l qahramonin yutqoli,

Hamla qilg‘oy dam-badam andoqki bir ajdar vagon.

Bu kibi nash’u namolar qayda erdi, do‘stlar,

Yo‘l solib ushbu tarafg‘a kelmas ersa gar vagon.

Kecha-kunduz har qachon chiqsang safar qasdi bilan

Yer o‘lturmoqg‘a sanga kim to‘lodur har vagon.

Andijonu Marg‘ilon, Ho‘qandni ko‘rmas eding,

Bo‘lmas ersa sanga, Shavkat, bo‘yla lutfovar vagon.