Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Amir qochdi

Description

Автор: записано со слов Халъяра Абдулкарим-оглы

Заглавие: Эмир сбежал

Источник: Дастагул. Узбекское народное творчество. Дастаны. Ташкент, 1965.

Страницы: 107-116.

Язык: узбекский.

Народная поэма о бегстве последнего эмира Бухары Алимхана в 1920г. Записана и подготовлена к печати Хади Зарифом.

Categories

Алим-хан Аэроплан Байсун Басмач Бибизавра Бомба Бухара Военное дело Географические названия Данияр Женщины Знамя, красное Ибрахим басмачи История Кавказец Командир Красноармеец Куляб Налоги Оценка Поезд Политика Профессиональные группы Пушка Русские слова Русский Самооценка Советы Тимур Тиран Трудящийся Эмир Этнические и племенные группы

Editor

B.S.

Text

Tog‘i, cho‘li tumandir,

Bosh bo‘ldi besh yuz komandir,

Zab yigitlar jo‘nadi,

Olmosdan qonni quygandan,

Nishona otib urgandan;

Zab yigitlar jo‘nadi

Biri yuzga tiygan dan.

Qizil baydoq lar pirillab,

Bedov otlari g‘urullab,

Otildi beshotar shirillab,

Nuqra tug‘lar yarqillab,

Jo‘nadi askar g‘irqillab.

Tug‘lar tuqqa to‘qishib,

Maydonda bedovlar chopishib,

Balli “yomon”ning bastiga,

Jo‘nadi Buxor ning ustiga.

“Haydang”, dedi birdan-bir,

Qizil askar lopillab,

Keldi-da Buxor ustiga.

Aravalarni g‘ildiratdi,

Zambarak to‘plarni sudratdi.

Bu osmonning ko‘kidan

Ayraplan varillab,

Buxor ustiga yetdi.

G‘uborsib changlar choladi,

G‘arillab poyezd keladi,

Buxoroning girdini

Yarim kecha bo‘lganda

G‘irqillab askar oladi.

Oh urganda necha so‘zi,

Chiqdi to‘plarning ovozi.

Izg‘in tortib yig‘ladi,

Olimxonning sarbozi.

Oylar to‘ladi nechadan,

Tonglar otildi kechadan,

Ot chopilib qoldi-da

Buxorda ko‘cha-ko‘chadan.

Dunyo barchadan o‘tdi.

Tomosha qing adolatli hukumatdi,

Shu Buxordan yo‘qotayik,–dedi-da,

Oltmish xotin bu olgan

Olimday kasofatdi.

O‘tdi dunyo bu olam,

Beliga bo‘g‘ib nuqra kamar,

Sarbozlarga: “Otlan”, – deb

Ot chopadi ellik mahram.

Jabr qildi joniga,

Izg‘in tortib yig‘laydi,

Qizil askarning o‘qiga,

“Otlan!”–deb xabar qildi,

Kapkazining bariga.

Tog‘larning boshi panadi(r)

Tog‘larni changlar oladi.

Uch qabatdan qirq qabat

Nizom tortib qizil askar,

Bu Buxorga keladi.

Izillashib yig‘lashib,

Buxor xoni, askari

Bu oldiga jo‘nadi.

O‘tti dunyo lotma-lot,

Boshiga bo‘ldi qiyomat,

Olimxonning askari

Choshgada bo‘ldi betma-bet.

Taniga gaplar o‘yladi,

Ko‘zlar mash’alday jaynadi,

“O‘layik” deb, bag‘rini

Bu shinakka tayladi .

Oqqan daryoning oqishi,

O‘tgan oylarning o‘n beshi,

Ikki yoqdan chiqdi-da,

Guldurab to‘plarning dovushi.

Qomatlar yoyday bukildi,

Suvday bo‘p qonlar quyuldi,

U Olimning askari

Patirlab bari yiqildi.

Ot chopilib, Changar maydon,

Maydonlarni qildi vayron.

Tomosha aylang akalar,

Ikki kun unda urushib,

Endi qocha boshladi

U sarbozlar urush joydan.

“Parvardigor panohdi(r)”

Oqillar surra donodi(r),

U Buxorning qal’asin

Qizil askarlar o‘yadi.

Izg‘in tortib Olimxon,

Qocha boshlab jo‘nadi.

Yuragi to‘lib zardadan,

“Enang bo‘lsam o‘lay”, deb,

Enasi chiqdi o‘rdadan.

Xumor ko‘zini yoshladi,

“O‘layin-da Olimxon” deb,

Jilovidan ushladi.

“Ko‘zlarda yoshim ko‘l bo‘lsin,

Shu tanalarim kul bo‘lsin;

Ayrilding, bolam, Buxordan,

So‘rayin sizga yo‘l bo‘lsin?”

Shunda Olimxon ot ustida turib, yurak-bag‘ri ezilib, enasiga qarab:

– Havo yog‘may rez toshiga siyrildim,

Shunqor tepib, qanotimdan qayrildim.

Yig‘lamagin sho‘r bir enam, qaytayin ,

Toshlar bo‘lib, bugun sendan ayrildim:–

deb yig‘layverdi. Shunda enasi:

Qora ko‘zdan to‘kar bo‘lib selangni ,

O‘ruslarga berding endi qal’angni.

O‘zing o‘lmay sabil qilding balangni,

Meni tirik tashlab endi ketguncha,

O‘ldirib ketgin enangni.

Shariating bo‘ldi lotdan,

Xudo berdi ming bir-ikki kulfatdan,

Ayrilgansan jondan ortiq farzanddan,

Ketar bo‘lding keng Buxorday rabotdan

Bibizavra otim-a,

Chang yog‘di yig‘lab betima,

Qaramaylar qochding-da

Qolgan shuncha elatingga.

O‘ldirib ket enangni,

Roziman, bolam, sutima.

Qatoringda qator-qator nor qoldi,

Amir Temur bobongdan qolgan zar qoldi,

Oq sut bergan men enangday sho‘r qoldi,

Oq o‘rdangda suyub olgan yor qoldi.

Otamlashib, zar kokilli ul qoldi,

O‘ttiz ikki qo‘rg‘oningda, sho‘r Olim,

Beborar bo‘lib el qoldi.

Ko‘zlardan to‘kdim yoshimni,

Xudoga solayin ishimni,

Kesiblar tashlang boshimni.–

deb yig‘lab, sochini yoyib qola berdi.

Tog‘larni tuman chaladi,

Qiyomat kunlar bo‘ladi.

Ayraplan varillab,

Ko‘zaday bomba uradi.

Izg‘in tortib Olimxon,

Hukumatning zo‘rligiga qoyil bo‘p,

Olimxon qochib jo‘nadi.

Kunlar bo‘ldi-da qattol,

Kun kunidan besh battar,

Qarsillab o‘t yoyayotir

Qizil askarda beshotar.

Guldurab to‘plar otildi,

Yerlarning bag‘ri so‘tildi,

Ul Olimning dumchasi

Bandilar bo‘lib tutildi.

Necha sarboz hovorda

Aranglar qochib qutuldi…

Yashasin-da Hukumat,

Olimday yomonni yo‘qotdi.

Necha-necha dushmanning

Qo‘llarini boylatdi…

Dehqonlarga ko‘p edi

Olimning qilgan gunohi.

Erisa bu tog‘ning qori,

Egali bo‘ldi Buxori;

Osoyishta bo‘ldi-da,

Yashab dehqonning bari.

Yig‘lab yurgan dehqonlarga

Yashatib kunlar ko‘rsatdi,

Satindan to‘nlar kiydirdi.

Bu mehnatkash bariga

Beliga po‘ta bo‘g‘dirdi.

Olimday yomon kasofatni

Qizil askarga quvdirdi.

Olimxonni yengib, Sho‘ro hukumatining, Qizil askarning dov yuragiga mehnatkash dehqonlar qoyil bo‘lib, mehnatkashning bari suyunib, Sho‘ro hukumatidan ko‘ngli to‘lib yurdi.

Dehqonlar “endi dushmanning bari yo‘qoldi, zo‘rlik bilan mehnatkash dehqonlarga jabr qiladiganlar qolmadi, endi yashaydigan bo‘ldik”, deb yurib edi amirning odamlaridan Doniyor degan bir kasofat chiqib qoldi.

Doniyori qurisin,

Begunohdan kesdi-da

Necha mehnatkash boshin.

Erir tog‘larning muzi,

Bo‘lmadi xotiri yuzi,

Hukumatning odamiga

Yomon ekan Doniyorning o‘zi.

Mehnatkash bir dehqonlar

Doniyordan bo‘ldi o‘zi berozi

Bu dunyoda ko‘rdik-da

Olim, Doniyor kasofatni.

Ko‘p dehqonni o‘ldirib,

Moli, pulin talab olib,

Ibrohim o‘g‘rilarga o‘tdi.

Doniyor Qizil askarlar bilan Buxoroga kelib, amir askarlari bilan urushib yurdi. Buxorodan qizil askarlarga bosh bo‘lib, Boysunga keldi. Boysunda mehnatkashlarni o‘ldirib, hukumatimizning qancha mollariga, yaroqlariga xiyonat qilib, Boysundan qochib bosmachi bo‘lib ketdi. Borib Ibrohim bosmachiga qo‘shildi.

U Doniyorning o‘zi,

Ko‘r bo‘lsin ikki ko‘zi,

Ursin hukumatning tuzi.

Non topmaylar ot chopdi.

Doim yovonning cho‘liga.

Xiyonat bir qildi-da

Dehqonlarning moliga.

Zulm soldi Doniyor,

Mehnatkashning bariga,

Ko‘r bo‘lsin-da Doniyor,

O‘ldi hukumatning qo‘lida.

Ko‘zdan oqqan yoshida

O‘ldi Ko‘lobning boshida.

Olimxonni Buxorodan qochirib, Sho‘ro hukumati bo‘lib dehqonlar, mehnatkashlar hukumatdan rozi bo‘ldi.

Sho‘ro hukumat bo‘lgandi,

Ko‘ngillar ochilgandi.

Bizdaychakin kambag‘al

Qalin bermay xotinni

Suyub-suyub olgandi.

Sho‘ro hukumat bo‘lib,

Bizdaychakin kambag‘al

Shunday yashab yurgandi.

Ko‘plar yeymiz nonini,

Kiyarmiz saylab to‘nini,

Hukumatim yo‘qotdi,

Zolimlarning barini,

Olim to‘ralarini,

Manman degan boyini

Quvib barin yo‘qotdi.

Bizdaychakin kambag‘alning ustidan

Sira endi hukumatimiz ketmasin.

Obod bo‘ldi raboti,

Qaytmasin shopar qanoti.

Bizdaychakin mehnatkash

Ozod yashab keladi.

Hukumatim keladi,

Bizlarga rahbar bo‘ladi.

Bizdaychakin kambag‘alni

O‘g‘lidan yaxshi ko‘radi.

Necha-necha yaxshilikka tutildik,

Zolim boylar qo‘llaridan qutuldik.

Tog‘larni tuman chalmasin,

Yomondan sira qolmasin.

Hukumatimga tingilgan

Dunyoda omon qolmasin.

Tog‘lardan tuman ketsin-da,

Maydonda bedov yelsin-da,

Hukumatimiz dushmani

Muhtoj bo‘lib o‘lsin-da.

Bizdaychakin kambag‘al

Endi yashab yursin-da.

Obod qildi bu kelib,

Bu Boysunday joyini.

Qustirgandir maydonda

Yomon Olimning sho‘rini.

Dunyodan bitirdi-da

Xoin bosmachi barini…

Bosmachining shoparini qayirdi,

Dehqonlarni shu yomondan ayirdi.

O‘lmasin-da hukumat,

Yordam berib yo‘qotdi,

Bosmachining barini.

Qaqqog‘ urib yuribmiz,

Shunday davr suribmiz,

Hukumat davlatidan

Yaxshi choponlar kiyibmiz.

Ozod bo‘ldi xotin-qizlar,

Yorqin bo‘ldi nurli yuzlar,

Shunday yashadik bizlar…

Yashasin endi hukumat,

(Boylarda yo‘qdir muruvvat,)

Mehnatkash elning bariga

Yashamoqqa kelgandir navbat.

Dushmanning bag‘rin ezinglar

Sho‘roni mahkam tutinglar.

Sho‘ro hukumat davrida

Qaqqog‘ urib kulinglar.