Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Aleksandr III vafotiga marsiya

Description

Автор: Каримбек Ками

Заглавие: Aleksandr III vafotiga marsiya

Источник: Turkiston viloyatining gazeti, 1895 yil, 1 noyabr, 16-son.

Страницы: 106-108.

Язык: узбекский, панегирик.

Тема – панегирик, посвященный памяти российского императора Александра III и написанный 6 месяцев после его кончины.

Каримбек Ками (1865-1922)- узбекский поэт, уроженец Ташкента.

Categories

Адам Александр Александрович Географические названия Император История Кай-Кавус Бахман Кай-Хосров Ками Кесарь Китай Нуширван Ормуз Оценка Панегирик Парвиз Россия Русские слова Русский Рустам Самооценка Сын Неба Хосров Хотам Этнические и племенные группы

Editor

B.S.

Text

Ushbu oprilning yigirmanchisi panjshanba kunida marhum podshohi a’zam impiratur uchinchi Aleksandr Aleksandro‘vichning muborak vafotlari kunidin muddat yarim yil bo‘lg‘on vajhidin Toshkand shahridagi tamomi ibodatxonalarda ul marhumi olampanohning ruhi purfutuhlarig‘a tamomi Russiya toifalari istido‘ ayladilar.

Mutavafi Russiya imperaturi podshohi a’zam uchinchi Aleksandr Aleksandro‘vichni vafotlarig‘a Kamiy degan toshkandlik shoirning aytgon ta’rih-manzumasidir.

Vafoti rus shohi imperato‘r,

Raoyolarg‘a qo‘ydi sahti motam.

Raoyolar barisi chunki erdi –

Oning davrida tinchu shod-hurram.

Musulmon ahliyu russiylarg‘a,

Emasdi zarra mehru shafqati kam,

Bu foniy dunyodin chun rihlat aylab,

Raoyolar dilig‘a soldi ko‘p g‘am.

Ulug‘ hayrat fizodur barcha shahga,

Vafoti ushbu shoh izzu mukarram.

Taammul birla boqsaq, darhaqiqat,

Qani Iskandaru Doro bila Jam?

Qani Kayxisrav, Kaykovusu Bahman?

Qani Afrosiyobu Zolu Rustam?

Qani Bahrom – haft iqlimni olg‘an?

Qani Qaysar, qani fag‘furi Chin ham?

Qani Xisrav, qani Parvizu Xurmuz?

Qani No‘shiravoni odil, mukarram?

Kelib har birlari navbat-banavbat,

Muaxxar ketti, ba’zisi muqaddam.

Bilurmusiz qayon bordi bu bari,

Bo‘ling ogoh, ey avlodi Odam.

Ajal soqiysidin no‘sh ayladilar,

Fanoning sharbatin bari, ba har dam.

Jahonni sar-basar tashir aylab,

Aleksandr Aleksandro‘vich ham.

Bu oxir bevafo dunyoni tashlab,

Baqo mulkini surdi tez adham.

Emasmu erdi, ey Rusiya ahli,

Adolat shevasi anga musallam.

Bale, hol hama shundog‘ o‘lg‘ay,

Agar shohu va gar bo‘lsun gado ham.

Valekin qolg‘usi bir nomi neku,

Yo‘q ersa qolmas andin molu dirham.

Ko‘ring ba’zini nomi o‘chmamishdur,

Karam birlan adolat bobida ham.

Guvohi odil ermasmu bu so‘zg‘a,

Biri No‘shiravon va biri Hotam.

Kerak erkan tariqi adl tutmak,

Olib ibrat karamla shohi olam.

Qayu shah bu sifatg‘a mutasif yo‘q.

Eshitgay to qiyomat ta’n ila zam.

Tavorixlarg‘a yozganlar batafsil,

Bilurlar ko‘rgan el, vallohu a’lam.

Kamiy chun avval hijriya olib,

Dedi soli vafotin shohi a’zam

(ya’ni 1312).

Bo‘lubon boz ta’rixi masihiy,

Hisobi soli favti shohi a’zam

(ya’ni 1894).