Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Tarixi Aliquli (Alimquli) amirlashkar

Description

Автор: Мухаммад Юнус бин Мухаммад Амин

Название: Tarixi Aliquli (Alimquli) amirlashkar

Источник: Muxammad Yunus Toib. Tarixi Alimkuli amirlashkar//Sharq yulduzi. –1996. -№ 1-2.

Язык: узбекский, исторический трактат.

Тема – исторические события в Туркестане и Ферганской долине во второй половине 19 века.

Мухаммад Юнус бин Мухаммад Амин, псевдоним Таиб (1830-1905), уроженец г.Ташкента, богослов и видный политический деятель Кокандского ханства.

Categories

Авлия-ата Ак-Мечеть Аликул Алим Алимкули Алты-арык Андижан Аталык Бекмухаммад Бекназар Берди Мурад Бешарык Бишкек Бузрукхан Бургутчи Бухара Волость Гадайбай Гебр Географические названия Гуль-тепа Давранбек Дадхах Дарваз Джандар Джахангирхан Джулек Джумадар Дуст Дуст-ахунд Дустмухаммад Душабай Заместитель Зариф Икки сув Иран Ирисали Иса История Иткечук Иудей Кабклик Кадираулбек Казакбай Казах Казахия Казы (судья) Камал Камбарбек Канаат Канибадам Кара-тепа Карагулча Каракалпак Каракулак Каракчи Каратегин Караул Каримкул Касимбек Каффал Кашгар Келов Кенджасары Кизилбаш Кипчак Кипчакия Киравучи Киргиз Китай Коканд Конфессиональные группы Кочевник Куба Куйчи Кукард Кул Кулинчак Курган-тепа Кутлугбек Куш Кушбеги Люли Маллабек Шералихон Маргилан Минг-урик Мингбай Мингтут Мирбаки Мирза Ахмад Мирза Ахмед Мирза Гафур Мирза-улуг Миркамилбай Миртахир Миртахирбек Миян Халил Москва Мумин Мумин-ходжа Мусульманин Мусульманкул Мусульманское образование Мухаммад Мухаммад Алихан Мухаммад Аюб Мухаммад Ибрагим Мухаммад Иса Мухаммад Мурадбек Мухаммад Назарбек Мухаммад Риза Мухаммад Якуббек Мухаммадкарим Мухаммадназар Мухаммаднияз Мухаммадъяр Навигут Налоги Наманган Низамиддин-гази Нияз Али Нормухаммад Нурча Оренбург Оценка Ош Парваначи Петербург Политика Посол Привратник (чин) Профессиональные группы Пьяный Пятисотник Раджаббек Раис Рахим-кала Рахимбек Рашидан Россия Рум Русские слова Рустам Эльбек Рустамбек Саид Фазыл Саид-гази Саид-ходжа Саидбек Сайфиддин Салар Салих-ходжа Мирза Саманчи Самооценка Сартия Связи Секретарь Сидик Симгар Сох Сузак (г.) Султан Султан Мурадбек Султан Саидхан Суфи-бек Тагайкул Тайчик Ташкент Ташлак Тезсув Тибет Тилла-ходжа Тимур Той-тепа Тукай-тепа Тулкибаш Туркестан Турсун Мухаммад Турсун-ходжа Тюря Узген Умархан Ургенч Утамбай Фазылбек Файзи-гази Фергана Хабибуллахан Хайр Мухаммад Хаким (правитель города или области) Хакназар Мирза Халбек Халмухаммад Халназар Ханабад Ханарык Хасанбей Хатамкул Хаштчаман Хидир Ходжа Калонтора Ходжа Курбан Ходжа Ниязбек Ходжасан Хорезм Христианин Худайкули Худайназар Худояр-хан Чалкич (Чирчик р.) Чарбаги Туранги Чардара Черняев Чилик Чимкент Чиназ Чу (р.) Чуст Шадибек Шадибек Абдусамад Шадмон-ходжа Шамай Шарабхана Шахарбону Шахидан Шахмурадбек Шахмурадхан Шахрисябз Шахрихан Шералихан Шермухаммад Мирза Шор Шор-тепа Этнические и племенные группы Эшан-гази Юлчибек Юнус Яркинбай Ярмазар

Editor

B.S.

Text

…janobi javhari shamshiri shujoat, quvvati bozui shahomat, ya’ni, Abulfath Mullo Alimquli amirlashkar, shahidi marhumning ibtidoi oftobi davlatlaridan to g‘urubi umr va iqbollarigacha davlatoso mulozimi rikobi humoyun(ida) erdim. Husni ixlos va aqida shuni talab qilur erdikim, ul zoti olisifotning ayomi sabolaridin, to hangomi shahodatlarigacha voqealar va axborotlarini tahrir silkiga chekinib, bir yaxshi kitob qilsam. Muni ustiga, ul shajarayi toyiba samaralari farzandi Mullo Shermuhammad Mirzoyi mingboshi ham iltimos qildilarki, ul janobni voqea va axborotlarini sizdan yaxshiroq biladurg‘on odam yo‘q, ul zoti hujastasifot zikrlarini bir yodnoma kitob qilib bersangiz, to oynai xosu avomdan faromush bo‘lib qolmasin, deb. Agarchi bandai haqirda shayxuxot g‘alabasi va, muning ustiga, belu ayog‘ og‘rig‘i va daxli, ko‘z og‘riq va ishtihosizlik ilova bo‘lib, quvvat za’f va quqqat topib yozmoq va tahrir qilmoqg‘a majol va qudrat qolmagan erdi, ammo ul janobni zikri lazzat mazzasi bilan o‘z ko‘zum birlan ko‘rganlarimni va ko‘rmagan bo‘lsam, ul janobni(ng) farzandi arjumandlari Mullo Shermuhammad Mirzoyi mingboshidan so‘rab, amrga shuru’ ayladim.

Ma’lum o‘lg‘aykim, Amirlashkari marhumning nasablari qirg‘iz-qipchoq jamoasidan bo‘lib, ismi shariflari Mullo Alimquli Hasanbiy o‘g‘li erdi va volidayi shariflari Shaharbonu bibi erur. Mazkurlar Xo‘qand uezida Navig‘ut bo‘lustida Bo‘jun Butkan degan mavzeda turg‘uchi fuqaro ahlidan erdilar. Qiladurg‘on ishlari qo‘yu mol va yilqi to‘xtatib, boqib, bulardan foydalanib yurar erdilar. Xudovandi karim lutfu karami bo‘lib, mazkur Hasanbiydan shu mavzeda Mullo Alimquli amirlashkar va yana bir qiz… vujudga kelib, keyin Andijon ueziga (uezdiga) tobe’ qo‘rg‘on bo‘lustidagi (volosti) Toshloq qishloqida tarbiyat topib(dilar).

Amirlashkari marhum ikki yasharlik vaqtilarida otalari Hasanbiy vafot qilib, volidalari qo‘llarida yosh va sag‘ir qolib,bo vujudi yoshlig‘ behuda harakat qilmay volidalarining akalari Mullo Do‘st oxund degan, to olti-yetti yashar bo‘lg‘onlaricha Bo‘jun Butkan mavzeda o‘qib, savodlari chiqonndan so‘ngra Qo‘rg‘ontepa bo‘lustiga ko‘chib kelibdilar, so‘ng Andijonda Oqmasjid madrasada bir-ikki yil o‘qib, keyin Xo‘qand borib Maxsum Hoji rais-janobi Domullo Ayoz maxdum marhum o‘g‘illari xizmatlarida o‘qib, ilmu xat hosil qilibdilar. Shu asnoda taxminan janobi Amirlashkari marhum o‘n sakkiz yashar bo‘lg‘onedilar. Ba’d Amirlashkarni hamshiralarini olgan Tag‘oyqul dodhol olib kelib, ba’zi sipohigarchilik ishlariga aralashtirib, ul yerda ham xizmat ishlarini bir necha vaqt yaxshi qilib turib, yana Qo‘rg‘ontepa bo‘lustida otalari o‘rniga biy bo‘libdilar. Nihoyat, xushmandlig‘ va ziyraklaridan ishlarni yaxshi saranjom aylab, fuqaro va xalqullohga naf’ va osoyish etkurib, kundan kun rivoj va ravnaqlari ziyoda bo‘lgan sababli, zamona mardumlari ul kishiga hasad qilib, beaqlu bexiradlar adovat kamarini bellariga bog‘ladilar…

Bu fasl Amirlashkarning ibtidoi

Sipohgarchilikka oralashqonlarining

bayoni turur

Amirlashkari marhum katta bir joyga suyanmoq va takya qilmoqni zarur va lozimligini fahmladilar, o‘sha fursatda Xudoyorxonning ota bir volida boshqa akasi Mallabek sheralixonni o‘g‘li o‘z akasi Andijon hokimi So‘fibek to‘y qilg‘oni uchun to‘yga kelibdi. Amirlashkari marhum ham bir ot bilan Mallabeki mazkurni(ng) xizmatlariga kelib, no‘kar va yigit bo‘ldilar. Ul yerda kamoli xushmandlig‘idan kundan-kun martabasi oshib, Mallabeki mazkurga taqarrubi ziyoda bo‘lib, birga Xo‘qand keldilar. Ammo Xudoyorxon hamesha it taloshturmoq va tevayu qo‘chqor urushturmoq va uloq chopmoqqa mashg‘ul bo‘lib, fuqaro holidan g‘ofil qolgan sababli, Qurama xalqi Normuhammad parvonachi zulmidan dodga kelib, faryodlariga hech kim quloq solmaganidan, arizalarini daraxtlar shohiga ostilar. Toshkandu Dashti qipchoq fuqarolari Mirzo Ahmad qushbegi jabru zulmidan jonlaridan to‘yub, dodu faryod va ohu nolalariga hech quloq solmagan sababli tamomi qirg‘iziya, qazoqiya va sartiya yov bo‘lib, Mirzo Ahmad qushbegini har tarafga zakot uchun yuborgan sardor va odamlarini tamoman urib, o‘ldirib, o‘zini Avliyo ota qo‘rg‘oniga qamab, atrofini oldilar. Xudoyorxon nochor Mirzo Ahmadni qutqarib olmoq uchun Mallabek va Shodmonxo‘ja mingboshini aksari askariyai Xo‘qand va janobi Miyon Xalil hazrat (Olloh uning marqadini yoritsin) bilan Toshkand buyurdilar. Bizlar Toshkand borib, uch-to‘rt kundan so‘ngra Chimkent bordik va Xo‘qand askari Chimkentda qo‘ng‘ondan so‘ngra Avliyo otada Mirzo Ahmadni qamagan elotiya kundan-kun zaif bo‘lib tarqalib ketdi. Mirzo ahmad quvvat topib, Avliyo otadan chiqib, Chimkent keldi. Mingboshi Mallabeklarni olib Chimkentdan Toshkand keldilar. Toshkandda Solar labida besh-olti kun turib, Toshkand ishini sarishta qilgandan so‘ng Mirzo Ahmadni olib Xo‘qand tarafiga jo‘nab, To‘ytepa mavzeiga qo‘ng‘onda ma’lum bo‘ldiki, Mirzo Ahmad qushbegi Shodmonxo‘ja mingboshiga tuhmatu bo‘hton qilib, “Toshkandni buzib yov bo‘lmoqchi edi”, deb Xo‘qandga ariza yozibdi. Xudoyorxon bu so‘zni tahqiq qilmay, ishonib inoyatnoma yuborib, o‘sha yerda mingboshii mazkurni ushlab, Yo‘lchibek degan lo‘lilarni(ng) ponsadboshisiga topshirib, u yerdan jo‘nab, Xo‘qand kelibdi. Mingboshii mazkurni bandi qilib Shahrixon yuborib, uning o‘rniga Mirzo Ahmadni Mingboshi qildi.

Ul fursatda amiri Buxoro qo‘shini bilan aylanib kelib O‘ratepani qamadi, Xudoyorxon O‘ratepa madadi uchun yuborgan Muhammad Nazarbek qushbegilar yetmasdan ilgari amir O‘ratepani olib, Rustambekni o‘ldurib, kelib Xo‘jand muhosirasiga mashg‘ul bo‘libdi. Xudoyorxon Xo‘jand madadi uchun Muhammad Yoqubbek badavlatni Xo‘jandga Buyurib (yubordi). U Xo‘jandga kirib, nihoyat shujoat va mardonalik ko‘rsatibdi. Bu kishining g‘ayrati sabab Xo‘jand salomat qolib, amiri Buxoro yondi. Amiri Buxoro qo‘shinidan Qosim mingboshii qadima, Gadoyboy mingboshining o‘g‘li Haqnazar mirzo, Qosimbek va Bahodur qushbegining o‘g‘illari, Mirzo ulug‘ va Rustambek sarqori Rahimbeklar qochib Xo‘qand keldilar. Xudoyorxon majbur bo‘lib, Shodmonxo‘ja mingboshini ham olib keldi.

Bir kuni namozi bomdoddan so‘ng tamomi umaro va sardorlar salom uchun o‘rda eshikiga jam’ bo‘lg‘onda Mallabek Mirzo Ahmad Qushbegi va Do‘stmuhammad dasturxonchilarga nihoyat qahru g‘azab bilan boqib: “Xonni sizlar yo‘ldan urub, it urishtirmoq va xo‘rus urushturmoq yo‘liga boshlab, yurt va fuqarolar holidan g‘ofil va bexabar aylab, olamni xarob qildinglar!” deb ularni(ng) qasida qilichini g‘ilofidan chiqordi. Akobir va umaro mabodo bir behuda ish bo‘lmasin, deb Mallabekni(ng) qo‘lidan ushlab, iltijo va zorilar bilan ularni halos qildilar. Mallabek bu yerdan chiqib, hovlisiga kelib, hoziru tayyor no‘karlari bilan Andijon tarafiga azimat qildi. Xudoyorxon buni eshitib, qaytarmoq uchun orqasidan odam buyurdi. Ammo odamlar yetolmaduk deb qaytib keldilar.

Mallabek Amirlashkari marhum maslahati bilan to‘g‘ri O‘shga kelibdi. Ul yerdan Alimbek dodhoh va Sayidbek dodhohlarni olib kelib, yaxshi so‘z va ahdu paymon bilan o‘ziga mute’ va farmonbardor aylab, Kalomulloh ko‘tartirib, tamomi o‘ttuz o‘g‘il, tayit va sanchiqli (qabilalari) Mallabek itoatiga kiribdi. O‘shondan jam’iyat tamom bilan jo‘nab, Andijon tobei Toshloq mavzeida Amirlashkar hovlisida qo‘nubdilar. U yerda bilittifoq Mallabekni xonliqqa ko‘tarib, asbobi jang tayyor qilmoq va yurt olmoq taraddudiga tushibdilar. Ul vaqtda amiri Buxoro daf’i uchun Andijon hokimi So‘fibek va Marg‘ilon hokimi Shohmurodbek yigit va lashkari bilan Xo‘qand ketib, bu yurtlar bo‘sh qolgan sababli osonlik bilan Mallabek tasarrufiga kirib qoldi. Mallabek jam’iyati tamom va jami’i qirg‘iziya va qipchoqiya qo‘shini bilan Xo‘qand tashiri uchun jo‘nab, Somonchi mavzeida borib qo‘ndilar. Xudoyorxon ham tamomi Xo‘qand askari va to‘pu to‘pxona bilan Xo‘qanddan chiqib, Qoroquloqdan o‘tub qo‘nibdi. Ul kecha yotib, ertasi namozdan so‘ngra ikki taraf saf tortip, muhoriba voqe’ bo‘lib, gardu g‘ubor oftobni xira qildi. Xudoyorxon va Mallbek ro‘baro‘ bo‘lishib, bir-birlariga qilich soldilar, ammo bir-birlariga zahmlari ta’sir qilmay, ikki lashkar ham tarqalib ketdi. Ammo Xudoyorxon askarining tafrikasi ko‘proq edi. Faqat Bobobek va Muhammad Murodbek – Shahrisabz beklari Xo‘qandga qochib kelib, to‘pxona va sarbozga bosh bo‘libdilar, g‘ayrat bilan jang qilardilar. Xudoyorxon xufton vaqtida Xo‘qandga dohil bo‘ldi, Mallaxon esa, tashqarida Xo‘qandni qamalga oldi. Ammo Mirzo Ahmad mingboshi Somonchidan qochib, hech joyda tavaqquf qilmay, Buxoroga ketdi. Qosim mingboshi esa, yo‘ldan qaytib Xo‘qandga kelib, yana mingboshi bo‘ldi. Lekin tashqari atrofu tevarak tamoman Mallaxonga tobe’ bo‘ldi va kundan-kun quvvat oshdi.

To‘qaytepa qamali va muhosirasi qattig‘ bo‘ldi. U yerda Amirlashkari marhum Xo‘qand qorovullariga ro‘baro‘ bo‘lib, ularni qochirib, orqasidan tishgan vaqtda otdan yiqilib, oyoqlari andak shikastlandi, yana Olloh taolo shafoat qildi. Muning ustiga, Toshkand hokimi Sulton Murodbek ham Xo‘qandga keldi. Toshkandda qolgan O‘tamboy qushbegi qipchoq ham Toshkand ahli bilan Mallaxonga tobe’ bo‘ldi. Xudoyorxon ishi islohdan o‘tib, fasodga tortibdi. Andijon hokimi So‘fibek bir necha tamomi va qo‘shini bilan Xo‘qanddan qochib, Mallaxonga qo‘shildilar. Qurama va no‘karlari bilan Xo‘qanddan qochip chiqib, Mallaxonga qo‘shildi. Xudoyorxon ishi tamom bo‘lg‘onini fahmlab, bir kecha el ayog‘i bosilgandan o‘zi va akasi, shogirdpeshalari va xos odamlari bilan xazinadan naqdina, pul va qimmatli narsalarni olib, Buxoro tarafiga qochti.

Ertasi tamomi mashoix va ulamo akobiru ashrof shahardan chiqib, Mallaxonni duo qilib, e’zoz va ikrom bilan shaharga olib kirib, bil-ittifoq xonlig‘ taxtiga ko‘tardilar. Xudoyorxon Xo‘qanddan chiqib, Xo‘jandga kirdi. (Shahar hokimi) Muhammad Muso parvonachi ham uni e’zoz va ikrom qilib, Xo‘jand arkiga qo‘ndirdi. Ammo Xo‘jand sipohlaridan Tilloxo‘ja va Mir Tohirbek va Mullo Bobojon degan fitnachi odamlar Xudoyorxonga yaqinlik paydo qilib, ig‘va bilan Mallaxonga yov bo‘lmoq va Xo‘qand xonligini qayta olmoq fikrini Xudoyorxon dimog‘iga joyladilar. Muhammad Muso parvonachi buni anglab, pand-nasihat bilan Xudoyorxonni yo‘lga solmay, nochor yigitlarini yig‘ib, urush bilan Xudoyorxonni Xo‘jand shahridan Buxoro tarafiga haydadilar. Mallaxon Muhammad Musoga ko‘p iltifotlar qilib, Xudoyorxonni buzgan mufsidlariga Mir Komilboy, Mir Tohir biyning akasi ham qo‘shib, bularni Ko‘kard tarafiga bandi qilib yuborib, o‘sha jonibda halok qildi.

Mallaxon Xo‘qand taxtiga o‘turg‘ondan so‘ng, Qosim Mingboshiga Balig‘chi hukumatini berdi. Qosim mingboshilik mansabidan Balig‘chi hukumatiga o‘tishini o‘ziga nomunosib va noloyiq ish deb juz’u fur’u va noshukrlik qilg‘oni sababli azl bo‘lib, Qorategin va Darvoz tarafiga chiqorib yuborildi. Balig‘chi hukumatini Shodmonxo‘ja mingboshiga va Chimyon hukumatini Amirlashkari marhumga (Alimquliga) berdi va ishlar saranjom bo‘ldi.

Mallaxoni mazkur bag‘oyat sari’ul-g‘azab, tundxo‘y va qahhor, badjahl podshoh edi. Chunonchi bir kosa qimiz uchun Amirlashkardan xafa bo‘lib, shuncha qilg‘on jonbozlik va davlatxohliklarini yodiga keltirmay, bandi qilib, Turkistonga Rustambek dodhohga topshirdi. Yana uch-to‘rt oydan so‘ng olib kelib, oldingi mansabini berdi. Yoqubbek Badavlatga ham g‘azab aylab Shahrixonga Bobobek dodxohga berdi. Hosil (ul-kalom), o‘sha qish ichida Mallaxon Toshkand borib, Toshkand askarlarini ko‘rib, O‘tamboy qushbegini Toshkand hukumatiga nasb qilib, Xo‘qand keldi va oz fursatdan so‘ng O‘tamboy qushbegini Toshkand hukumatidan olib, Muhammad Muso parvonachini Toshkandda hokim qildi. Uning o‘rniga Xo‘jandga Bobobek dodxoh qirg‘iz hokim bo‘ldi.

Bu orada faqirni Muhammad Muso parvonachini(ng), moliya ishlari va mulkiyalarini sarishta qilmoq uchun Toshkand viloyatiga sikritar, ya’ni, mirzaboshi qilib yubordilar. Necha muddatdan so‘ng yana Mallaxon o‘zlari Qanoat otaliq bilan Toshkandga bordi. Muhammad Muso parvonachini elotiyai qo‘ng‘irot va tavobeoti zakotini olmoq uchun buyurdi. Janobi xon va arkoni davlat lavozimi ziyofat va mehmongarchilik qilmoq uchun Toshkandda meni muddati yigirma ikki kun xizmatkorlik kamarini bog‘lab qoldi. Muhammad Muso parvonachi ham zakotchilik ishidan forig‘ bo‘lib qaytib keldi. Xon Qanoat otaliqni buyurib, Muhammad Muso parvonachini hisob-kitob qilsirib, aksari zarur sarflarini tan olmay, yigirma iiki ming tillo qarz bilan Toshkand hukumatidan olib, o‘rniga Rustambek dodxoh Qozoqboy o‘g‘lini Toshkandda hokim qilib, Xo‘qandga murojaat qildi. Bir necha muddatdan so‘ng Rustambeki mazkur tamomi Toshkand va tavobioti qo‘shini bilan Rusiya daf’i uchun Pishkak tarafiga otlandi.

Emdi bu yerga yetkanda avvalgi va kelasi so‘z bog‘lanishi uchun Rusiya Ahvolidan bayon qiilmoq lozim ko‘rindi.

Bu faslda Xo‘qand xonlari bilan Rusiya davlati oralariga

tushkan voqealarning ibtidosining bayoni turur

Ma’lum olg‘aykim, Rusiya sultonlari bilan Xo‘qand xonlari oralariga avvaldan hech muxolifat va dushmanlik tushmay, hamisha muhabbat va oshnolig‘ bo‘lganekan. Bizlarni(ng) asrimizdan ilgari Umarxon vaqtida Xo‘qanddan Shodmonxo‘ja mingboshi amakisi Tursunxo‘ja sudur (bilan) Fitirburxga elchi bo‘lib boribdi. Improturi a’zam g‘oyatda ularni e’zoz qilib, muddati qirq kundan ziyod Fitirburxda izzat bilan tavaqquf qilib, undan so‘ng xushvaqt va xursand qaytarib, Chu soyidan beri tarafga O‘rusiyaga askari va nari tarafga Xo‘qand askari o‘tmasga muqarrar qilib, ittifoq bo‘lgan erkanlar.

Yana (bir daf’a) Muhammad Alixonning ibtidoi davlatidan janobi hidoyatpanoh mazhari lutfi robi jalil hazrati Miyon Xalil Sohibzoda ki, sidqguftor va olinasab va vofurhasab, zuko, oqillik va xushmandlig‘da aqli mujarrar, so‘zlashda loyiq va munosib edilar, Muhammad Alixon tarafidan ba tariqi elchilik va saforat, Fitirburxga boribdi. Improturi a’zam nihoyat izzatva ehtirom aylab, muvofiqi fazlu donishlari Eron, Xorazm va boshqa viloyat elchilaridan sarfi nazar qilib, muqaddam o‘lturg‘izib, tamomi muddao‘ va maqsadlarini qabul aylab, xushvaqt va sarafroz etibdi va ikki podshoh orasida muhabbat va do‘stlik binosi nihoyat istehkom topibdi. Hatto Toshkand hokimi Lashkar beklarbegi Chu soyidan o‘tib, shimol tarafidan ulug‘ toqqa va mashriq tarafidan Qaffolga qo‘rg‘on solib, bu o‘rtadagi elotiyalarni Xo‘qand va Toshkandga tobe’ qilib, zakot va ulfon olursan demasdan erkin va ozod qo‘yubdi. Xo‘qand tavobeoti va mulki vus’at topib, nihoyat daraja obod bo‘lgan edi.

Ammo bu orada Toychiq to‘ra va Ahmad to‘ra va Sidiq to‘ra, otalari Kenjasari to‘ra degan Qosim o‘g‘li sho‘x va bebok chiqib, O‘rusiya tavobeotiga daxl va taaruz qilib, molu amvollarini g‘orat va toroj qilgani sababli fuqaro Rusiya sardorlariga arz qilibdi. O‘rusiya askari Kenjasari to‘rani quvlab va to‘raning o‘ruslarga muqobil bo‘lmoqg‘a toqat kelturmay, beri surub qochibdi. Kam-kam ushbu tariqa birla O‘rus tavobioti Toshkand tavobioti birla aralashib yaqinlashtilar. Kenjasari to‘ra O‘rusiyaga qilg‘on ishi ustiga Xo‘qandga yov bo‘lib, Toshkand tobei Suzak degan joyni qozoqiya qo‘shini bilan qamadi. Suzak hokimi Rais degan g‘ayratlik kishi shujoat zohir qilib, Kenjasari askarini shikast va hazimat berib qaytardi. Kenjasari to‘ra bir necha muddat Itkechuk va Avliyo otaga tobe’ elotiya orasida yurib, oxir ul-amr taqriban sana 1263 hijriyda (milodiy 1847 yili) Pishkak tavobeoti Kabklik mavzeida sulta va sarbag‘ish qirg‘iziyalari ustiga kelibdi. To‘rani mazkur ular bilan urushib, tamomi tavobiotlari birlan maqtul bo‘libdi.

Yana Oqmasjid tarafidan Rahim qal’asi degan joy, avvaldan Urganj tobe’i edi. U yerga Urganj xoni tarafidan Xoja Niyozbek degan hokim edi, shu uchun “Xoja Niyoz qo‘rg‘oni” atar edilar. Bu Xo‘ja Niyoz ham qo‘tohaql va kamandesha odam ekan. Rahim karvonboshi degan kishi Buxoro karvoni va ko‘p yuk bilan kelganda, Xo‘ja Niyoz: “Men bu molu yuklarni ochib zakot qilurman”, deb (karvonni to‘xtatadi). Rahim karvonboshi: “Munda zakoylik mol yo‘q, tamomi zakotini Buxoroda berganmiz”, desa ham, qabul qilmay: “Men zakotlikmolni o‘zim topib olaman”, deb yukni yeshguncha sabr qilmay, arqonlarini pichoq bilan kesibdi. Savdogar moli parishon bo‘lib va qanchasi yo‘qolibdi. Yuk boylaydurg‘on barbandchi va simbandchi yuk bog‘lamoqg‘a arqon topolmay, savdogarlar ko‘p kulfat va mehnatlar chekib, tashvish tortib (erkanlar). Shu daf’a Rahim karvonboshi improturi a’zamga: “Yo‘lda bu nav’ qaroqchi vaquto ut-tariq bor, emdi bizlarga savdogarlik va avqot qilmoq mushkul bo‘ldi”, deb yig‘lab, arz qilib(di). Improturi a’zami mazkur yo‘l eminligi va savdogar tinchligi uchun askar yuboribdi. Xo‘ja Niyozbek mahoriba quvvati bo‘lmay, Urganj tarafiga qochibdi. O‘rusiya askari mazkur qo‘rg‘onga joylanib, Rahim karvonboshi arzi birla olingan sababli “Rahim qal’asi” deb ot ko‘tardi.

Bu sabab birla Oqmasjid tarafidan Rusiya askari va fuqarosi Xo‘qand askari va fuqarosiga aralashib va fuqaro va o‘sha xalq oralarida munoziat va muxosimat tushib, do‘stlik binosiga xila xalal yetdi.

Muning ustiga, Muhammad Alixon oxiri ayom davlatida Hoji Qurbon otlig‘ bir noqisul-aql va xaziful-xiradu sifla va asfiya odamni elchi qilib Fitburxga yubordi. Bu elchilar Rusiya sarhadiga borganda, sarhad hokimi bularni to‘xtatib. Elchi kelgan xabarini improturi a’zam xizmatlariga ma’lum qilibdi. Improturi a’zam: “Fitirburx va Maskov bu atrof javonibda shiddatlig‘va qattig‘ vafo bo‘lubdur, mening o‘z fuqarom va askarimdan har qancha o‘lsa, Xudoyi taolo taqdiri va rizosi deb sabru tahammul qilurman, ammo menga do‘stlikdan elchi yuborgan podshoni(ng) bir kamtarin nafar odamiga vabo tegib nobud bo‘lsa, uning afsus va hasrati hargiz ko‘nglumdan chiqmasa kerak. Elchilar ne tariqa xohlasalar, shu tariqa izzat va ikrom bilan to‘xtatib, xatlarini menga yuboringlar va men har na iltimos qilg‘on bo‘lsalar, tamoman qabul aylab, xushvaqtu xurram qaytaray”, deb javob yozgan ekan.

Hoji Qurbon bu so‘zni eshitib, nihoyat kamaqlik va bexiradlik bilan arbada (janjol) qilib: “Men xatimni sizlar qabili odamga beradurg‘on kishi emasman, o‘z qo‘lim bilan improturi a’zam qo‘llariga topshirib, og‘zilaridan qulog‘im bilan so‘z eshitib qaytadurg‘on odamman!” deb hazyonot va behuda kalimot boshlab (yuboribdi).

Rusiya boshlig‘lari: “To‘g‘ri. Biz xo‘b bildik va tajriba qildik. San na musulmon va na nasroniy va na juhud va na gabru, na hindiy va hech bir din egasi odam emas ekansan. Qildurg‘on ishing kechasi araq ichib, mastu piyon bo‘lib, xushdan ajrab, zino qilmoq va Muhammad Alixonu Lashkar beglarbegi shukuhi va shikoyatini va dashnomu haqoratini qilmoq va subhidamda it kabi uyqulamoq va kunduzi behuda so‘zlamoqdur. Xudo amirini va o‘z xonining qadrini va valine’mati shukri ne’matini bilmagan odam bizni(ng) podshohimiz qimmatini nechuk bilsun?! Ket! Yo‘qol! Bizlarga kasofat va shumlug‘un yuqmasun!” deb improturiga ma’lum aylab, sharmanda etib qaytardilar. Bu sabab birla do‘stlik qasri inhidom topib (buzulib), muhabbat va oshnolik oradin ko‘tarildi.

Taqriban sana 1266 hijriyda (milodiy 1849-50 yili) Musulmonquli mingboshi Xo‘qanddan Mullo Xolbek qushbegi va Mullo Karimquli mingboshiga yov bo‘lib, Musulmonquli mingboshi Xo‘qand begi Yoqubbek Badavlatni Oqmasjiddan olib kelib, Toshkandga bahodurboshi qildilar. Badavlat Musulmonquli bilan Chalchiq (Chirchiq) labida urushib, Musulmonquli shikast topib, qirg‘iziya tarafiga qochti. Uni(ng) o‘rniga O‘tamboy qushbegini mingboshi qilib, Xudoyorxon bilan Xo‘qand tarafiga qaytdilar.

Ushbu yerda O‘rusiya lashkari bilan Musulmoniya lashkarini

ibtidoi urush qilg‘onlarini(ng) bayoni turur

Bu orada bir muncha o‘rus lashkari Berfut pulkuflik boshchiligida Oqmasjid ustiga kelib, Yoqubbek Badavlat noibi Mullo Muhammad Rizo bahodurboshini qamabdi. Va bu xabarni eshitgan zahoti Yoqubbek Badavlat, men va Toshkand askari Oqmasjid madadi uchun shitob va ta’jil bilan jo‘nadik. Bu O‘rusiya askari Oqmasjidni qattig‘ muhosira qilib va to‘plari o‘qi shaharga tushib tang qilib turgan mahalda, ittifoqdan shahardan otgan bir to‘p o‘qi Rusiya to‘piga tegib, Rusiya to‘pi sinibdi. Buni ustiga, Badavlat ham yaqinlashdi va Rusiya Oqmasjid ustidan ko‘chib ketdi. Badavlat Oqmasjid’ga kirib, uch-to‘rt kun turib, Oqmasjid ishini saranjomlab, so‘ngra Toshkand kelib, bir hafta turib oldi.

Bu muddatda Normuhammad qushbegidan yoshirin tamomi Toshkand akobirlari Shodmonxo‘ja mingboshi, Muhammadniyoz ponsadboshi, Fozilbek ponsadboshi va Qosim ponsadboshi va tamomi akobirlar Badavlat bilan bilittifoq qipchoqiyani o‘rtadan ko‘tarmoqg‘a ahdu paymon qilib, Qur’on ko‘tarib, so‘zlarini bir joyga qo‘yub, Xo‘qand tarafiga jo‘nattilar. Shahidon qo‘ng‘onlarida yana ahdu paymonlarini yangi qilib, istehkom berdilar. Undin o‘tib, Chilmahram kemasiga kelganda, Xo‘qand shahridan Xo‘ja Kalonto‘ra va Karimquli mehtar va Muhammadnazar parvonachi Xo‘jand hokimi va Mo‘minxo‘ja dodxohlardan odam kelib, ahdu paymon qilib, Qur’on ko‘tarib qaytdilar. O‘sha kuni daryodan o‘tib Chorbog‘i To‘rangi mavzeiga qo‘nib, u yerdan subhi sodiqdan oldin ko‘chib, janobi Badavlat tamomi askariya bilan ilgari tushubdi. Normuhammad qushbegi bir andak mahram yasovuli bilan keyin qolibdi.

Quyosh chiqib tulu’ qilg‘on vaqtda Xo‘qand o‘rdasining darvozasi oldidagi soyga biz ham hozir bo‘ldik. Qipchoqiya ham salom uchun o'rda ichinda jam’ erkanlar. Shu damda Badavlat ishorasi bilan tamomi askariya qilichlarini g‘ilofidan chiqorib va miltiqlarini rostlab: “Har joyda qipchoqiya bo‘lsa, o‘ldurunglar!”deb baland ovoz bilan, yakbora otliq va piyoda ark ichiga kirib, xon huzurida dasturxonda o‘lturg‘on qipchoqiyani ham sudrab olib chiqib, o‘ldurib tashladilar. Ul kuni O‘tamboy mingboshi va Normuhammad qushbegi va farzandlaridan boshqa Xo‘qand shahrida tirik qipchoq qolmay o‘ldirilib, so‘ngra Qosim ponsadboshiga mingboshilik va Mullo Yusufiddinga dasturxonchilik va Badavlatga shig‘ovullik va Muhammadniyoz ponsadboshiga Toshkand hukumati va Mallabekka Yormozoru Marg‘ilon hukumati va Do‘shaboy quramaga Kirovuchi hukumatini berib, uch-to‘rt kun shaharda turub, shahar ichini sarishta qildilar. So‘ngra Musulmonquli mingboshi va qolgan qipchoqiya daf’i uchun Ikki suv orasi tarafiga azimat qilib jo‘nadilar. U mavzega borgandan so‘ng Musulmonquli mingboshi ham tamomi qipchoqiya bilan jonlaridan kechib, jam’iyati azim aylab, muqobala bo‘lib, muhoriba qildilar. Urush nihoyat daraja qattig‘ bo‘lib, qipchoqiya xalqi va Xudoyorxon qo‘shini har ikkala taraf parishon va parokanda bo‘lsalar ham, ammo Xudoyorxon va Mallabek va Shodmonxo‘ja mingboshi, Qosim mingboshi va avlodi Kulikadin Andijon hokimi Iso parvonachilar ma’rakada sobitqadam turdilar. Musulmonqul lashkari tamoman mag‘lub va munhazim bo‘ldi. Oxirulamr, tamomi qipchoqiya Musulmonquldan yuz o‘girib, uni(ng) tadbiri va maslahatiga quloq solmay, Musulmonqulni ushlab, “Yamonimiz shul erdi”, deb Xudoyorxonga tutib topshurdilar. Bu qilgan ishlari qipchoqiyaga hech naf’ va foyda bermay, balki Hotamqul parvonachi va Xolmuhammad dodxoh va munga o‘xshash tamomi akobir va sardorlarini Xudoyor o‘ldirib va Musulmonqulni Yo‘lchibek dodxoh qo‘lidan Xo‘qand yuborib, dorga osib o‘ldirib, o‘zi qaytib, Xo‘qand kelib o‘lturdi.

Ammo Mallaxon bag‘yat tundmizoju bebok edi. Marg‘ilon Xo‘qandga yaqin bo‘lgani uchun Xudoyor Mallaxon vahimadan tashvishnok bo‘lib, har nimadur yiroqroq joyda tursun, deb Muhammadniyoz qushbegini Toshkand hukumatidan olib, mallabekni hokim qilib yubordi. Mallabek Toshkand borib, Abduvali degan odamni Oqmasjidga hokim qilib yubordi, o‘zi andak muddat ichdan Xudoyorxonga yov bo‘lib, xonlik da’vosini qildi. Xudoyorxon Mallabek daf’i uchun tamomi Xo‘qand askari birla otlanib, Xo‘jand yo‘li birla yurib, Xo‘jandga Muhammadnazar parvonachi o‘rniga (Yoqubbek) Badavlatni hokim qilib, o‘zi Toshkand borib, Mallabekni oldi.

Rusiya ikkinchi martaba Oqmasjidni muhosira

qilg‘onini(ng) bayoni turur

Bu orada O‘rusiya bir katta sardor bir muncha askar va to‘pu to‘pxona bilan kelib, Oqmasjidda Abduvalini muhosira qildi. Mazkur sardor Abduvaliga urush yaxshi ermas, har nimadur isloh bilan topishaylik, deb odam kirgusga ham, Abduvali tundxo‘ylik bilan o‘rus sardoriga: “Siz qo‘rg‘onga keling, ikkovlon so‘zlashib ahdu paymon aylab, topishib, musoliha qilaylik”, deb odam yuboribdi. O‘rus sardori uning so‘ziga ishonib, boshlig‘lari bilan miltiq ushlamay, be yarog‘u anjom, xotirjamlik bilan qo‘rg‘on oldiga kelibdi. Abduvali xiyonat qilib, tamomi merganlarini qo‘rg‘on ustiga chiqarib, hammalari o‘rusiyani nishona qilib, “Otinglar!” deb buyuribdi. Hammalari yakbora o‘rusiyani otibdilar, ammo Xudovandi taolo saqlab biror nafar o‘rusiya yo otalariga o‘q tekmay, hammalari salomat joylariga qaytaribdilar. Undan so‘ng o‘rus sardori Abduvaliga: “Bu qilg‘on g‘adur xiyonat birla sening qoning menga muboh bo‘ldi”, deb muhosirani qattig‘ qilibdi. Qo‘rg‘on devoriga naqb kovlab, doru to‘ldirib, ko‘p o‘t qo‘yub, qo‘rg‘onni yiqitib, raxnadan askar shaharga yuguribdi. Abduvali bir necha tavobei birla o‘lib va yarador bo‘lgan yarador bo‘lib, Rusiya askari qahru g‘alaba birla shaharga kiribdi…

Bu tarafdan Mallabek Xudoyorxonga muqobiladan ojiz kelib, Buxoro tarafiga qochti va Xudoyorxonga Toshkand fath bo‘lib, Shodmonxo‘ja qushbegini hokim qilib, o‘zi qaytdi. Shodmonxo‘ja Toshkand qo‘shini va to‘pu to‘pxona bilan Rusiya daf’i uchun Oqmasjid tarafiga otlanib bordi. O‘rusiya tarafidan bir muncha askar chiqib orada andak muhoriba voqe’ bo‘lib, Shodmonxo‘ja qushbegi eski askar xushmandligi va oqilligidan bildikim, Rusiya askari bilan urushib, obro‘ olib bo‘lmaydi. Nochor tadbir ustidan bir xat chiqorib: “Menga xondan o‘rus bilan urushmang, men o‘zim improturi a’zam xizmatlariga elchi yuborib so‘zlashurman, degan mazmunda inoyatnoma qilibdurlar”, deb aytdi. Shu tadbir birla urushni mavquf qo‘yub, to‘pxona va asbobu anjom birla salomat murojaat qildi.

Ammo Qosim mingboshi nihoyat nodonlig‘ va hamoqatidan: “Shodmonxo‘ja beg‘ayrat va nomard odam ekan, Toshkand qo‘shini bilan o‘rusni olmay va Oqmasjidni fath qilmay qaytmog‘dan ortu’groq nomardlik ishi bo‘larmu?! Men agar lochin va qarchig‘aylarimni buyursam, Rusiyani changollari bilan ko‘tarib tashlab, tamom qilur edilar”, deb aytdi. Xudoyorxon bu ahmoqona so‘zlariga ishonib, Shodmonxo‘ja qushbegi va Sarimsoq dodxoh, Muhammadkarim shayx dodxoh – bu uch nafar sardorni tahqiru ihonat birla Xo‘qand olib borib, Xo‘qand o‘rtasida ayni jamoat va salom vaqtida zamona (ayollarni) libosin kiydirib, oldilariga charx va duk qo‘yub, behuda obro‘larini to‘kti.

Qosim mingboshi tamomi Xo‘qand askari va to‘pu to‘pxona va Toshkand askarini olib, “Fitirburxgacha o‘rusdan asar qoldirmayman”, deb g‘urur va lofu kazof bilan Oqmasjid ustiga jo‘nadi. Bular borib, bir qazon labiga qo‘ndilar. O‘rusiya askari Oqmasjiddan chiqib, ro‘baro‘ bo‘lib, O‘rusiya tarafidan besh-olti to‘p otilib, o‘qlari Qosim mingboshi lashkariga oralab tushib, hech kim o‘lmay va yarador bo‘lmabdi, ammo Xudovandi taolo ko‘ngillariga xavfu haybat solib, to‘pu to‘pxona, qo‘shu pilta va xaymayu chodar va molu amvol, hatto boshlaridagi marvorid telfaklarini tashlab, ot qamchi(lab), Toshkand tarafiga qochibdilar. Yo‘lda ochlik va chanqoqlik kulfatini totib, it azobida doxili Toshkand bo‘lib, hadsiz infiol va xijolat va sharmandalik bilan doxili Xo‘qand bo‘lib keldilar.

Qosim mingboshini(ng) Xudoyorxon va tamomi ahli sipoh va fuqaro nazarida qadru e’tibori qolmadi. Andak muddatda Xudoyorxon Qosim mingboshi va Namangon hokimi So‘fibek dodxoh Davronbek o‘g‘li, Mullo Sayfiddin dasturxonchi, Muhammadnazar parvonachi va mo‘minxo‘ja dodxohlardan xafa bo‘lib, Qosimbek mingboshi, So‘fibek va Qambarbeklarni Qorategin tarafiga chiqorib yubordi. Mullo Sayfiddin dasturxonchi, Muhammadnazar parvonachi va Mo‘min dodxohlarni Xo‘qandda o‘ldirib, Muhammadniyoz qushbegini mingboshi va Fozilbek dodxoh Arslonbek dodxoh o‘g‘lini dasturxonchi qildi. Yana Xudoyorxon og‘a-inilik jihati va silai rahm o‘yidan Buxoroga Mallabekka jarchi yuborib, jam’i gunohidan o‘tibdi. U ham Xo‘qand kelib, yana og‘i-ini topishib, ittifoq bo‘ldilar. Bu hangomda Mallabekni ota-ona bir (ayniy) ukosi va Xudoyorxonni(ng) ota bir ona boshqa ukosi Andijon hokimi So‘fibek Sheralixon o‘gli Andijonda to‘y boshlab, Xudoyorxon Mallabek birla to‘y uchun Andijon keldilar.

Astag‘firulloh! Ne maqomda erdim va ne yerga keldim. Amirlashkari marhumni(ng) bayoni ahvoli edi, tahrir topmoqi lozim edi, ammo avvaldan yozilib, so‘z oraladi.

Hosili kalom, ul qish ul bahorda Shodmonxo‘ja mingboshini Balig‘chidan chiqorib, Turkistonga hokim qildi. Va kamina mingboshidan bir hafta ilgari Turkiston bordim. Rustambek o‘rniga amakivachchasi Shodibek Abdusamad Oqsoqol o‘g‘li hokim bo‘lib, Turkiston askari chunon xarob ekanini, shuncha askar ichidan ikki tosh yo‘lga yaraydurg‘on ot topilmadi. To mingboshi borguncha, Oqmasjiddan bir o‘rus sardori bir muncha askar bilan otlanib kelib, bo‘lak yoniga qo‘ndi. Alqissa, Shodmonxo‘ja mingboshi dohili Turkiston bo‘lib, Sayidxo‘ja otlig‘ odamni elchi qilib, yaxshi, shirin va muloyim so‘zlar aytib, sulhdan so‘z boshladi. Mazkur Rusiya sardori ham joyidan harakat qilmay turdi. Bu orada Toshkand hokimi Qanoat otaliq so‘zi bilan Shodmonxo‘ja mingboshi o‘rniga Do‘stmuhammad qaroqalfoqni Turkistonga hokim qilib, mingboshini Xo‘qandga olib kelib, to‘pu to‘fanglarni topshirib, noib qildi.

Uchinchi martaba O‘rusiya askari Yangi Qo‘rg‘onni

muhosira qilg‘oni bayoni turur

Muni(ng) ustiga, o‘rus sardori Yangi Qo‘rg‘onni qamadi, degan xabar keldi. Mallaxon darhol Shodmonxo‘ja mingboshini Normuhammad qushbegi qipchoq va Bahodurbek dodxoh va Qurama hokimi Yoqubbek Badavlat va meni to‘pu to‘pxona va sarbozlar bilan Rusiya daf’i uchun Yangi Qo‘rg‘on buyurdi. Bizlar shitob bilan Turkistonga borsak, Rusiya Yangi Qo‘rg‘onni olib, ichidagi askar va odamlarni sihatu salomat Turkistonga yuborib, Yangi Qo‘rg‘onni yondirib ketgan ekan.

Alqissa, Yangi Qo‘rg‘on borib, qayta boshdan ta’mir qilmoq va devor urmoq uchun kamina sarboz bilan Yangi Qo‘rg‘onda qolib, tamomi qo‘shin Jo‘lak ustiga ketdilar. Bu miqdor qo‘shin to‘pu miltiq xavfidan Jo‘lak qo‘rg‘oniga yaqin borolmay, uch-to‘rt nafar arobaga pichan yuklagan ruslarga ro‘baro‘ bo‘lib, ruslarni otamiz, deb hamla qilibdilar. Ruslar miltiq otib Bahodurbek dodxohni badanidan yardor qilib, o‘zlari salomat Jo‘lak qo‘rg‘oniga, bu qadar qo‘shinlar esa, arobaga qo‘shgan besh-olti adad ho‘kuzlarni o‘lja qilib, Yangi Qo‘rg‘onga qaytib keldilar.

Alhosil, Yangi Qo‘rg‘on devorlarini ko‘tarib, Turkiston hokimiga topshirib, murojaat aylab, Xo‘qand keldik. Mallaxon Shohmurodbekni Namangon hokimligidan olib, Shodmonxo‘ja qushbegini hokim qildi. Qushbegi mazkur dohili Namangon bolib, muddati bir yarim oy o‘ygandan so‘ng, Ahror to‘ra degan odam Mallaxondan bir inoyatnoma ko‘tarib keldi. Unda Namangon qo‘shuni darhol Xo‘qandga hozir bo‘ling, deb buyurgan ekan. Shul sababdan qushbegi mazkur kaminani o‘rinlariga qo‘yub, o‘zlari Namangon qo‘shuni bilan Xo‘qand keldilar. Mazkur qo‘shunbegi Xo‘qand qo‘nganlaridan so‘ng, Olimbek dodxoh va qipchoqiya odamlari Mallaxonning xos odamlaridan Xidir qirg‘iz dodxoh, Muhammad Ibrohim mirzaboshi va Do‘st mehtar, bularga o‘xshash Mallaxon badxo‘yligidan jondan to‘ygan odamlar ittifoq bo‘libdilar. Bir kecha Mallaxon yotqan joyiga bosib kirib, Karimquli qipchoq qilichi zahmi bilan shahid qilib ertasi Shohmurodbekni xon ko‘tardilar. Shodmonxo‘jani mingboshi Xudoynazar dodxoh turkni Namangonda hokim qildilar. Kamina ham Namangondan Xo‘qand keldim. Yana Mallaxonni o‘ldirib, Shohmurodbekni xon va Shodmonxo‘ja qushbegini mingboshi qilg‘onlarini suyunchi tariqasida xat qilib, Qanoat otaliq va (Yoqubbek) Badavlatgakim, Turkistonda edilar, Do‘st mehtar qo‘lidann yubordilar. Qanoat otaliq Shodmonxo‘ja qushbegini mingboshi qilg‘on vajhidan parishonxotir va tashvishnok bo‘ldi. Tez Buxoroga kishi yuborib, Chinos va Chordara yo‘li bilan Xudoyorxonni Toshkandga keltirib,xon ko‘tardi-da, Xo‘qandga yov bo‘ldi. Bu xabarni eshitgan zahoti Shohmurodxon, mingboshi va amirlashkar tamomi Xo‘qand qo‘shini bilan Toshkand tarafiga otlanib, Xo‘jand yo‘li bilan Nav qal’asiniki, Xudoyorxon tarafidan Do‘st Muhammad dasturxonchi hokim ekan, qamab, o‘shal kuni fath qildilar. Do‘stmuhammad dasturxonchini O‘zgandga yubordilar. Daryodan o‘tib, Kirovuchi ustigakim, Xudoyorxon tarafidan Badavlat hokim erkan, borib qamaldilar. Badavlat ahd rioyasi uchun boshdan o‘n-o‘n besh to‘p o‘q o‘tkuncha sabr qilib, so‘ngra musoliha bilan chiqib, Kirovuchi qo‘rg‘onini topshirdi. Bu mavzedan ko‘chib borib, Toshkand muhosirasiga mashg‘ul bo‘lib, fath yaqinlashgan vaqtda qipchoqiyadan Mingboy dodxoh va Irisali ponsad, qirg‘iziyadan Xidir dodxoh va Namangon hokimi Xudoynazar dodxoh turk shunga o‘xshash fitnachi odamlar Shodmon mingboshini, Alimquli amirlashkar va Beknazar dodxohni o‘ldirmak va boshqa tariqa ish tutmak taraddudiga tushtilar. Bu so‘zni mingboshi va amirlashkari marhum fahmlab, dushman ustida muxolifat qilmoq yo muxoliflarni tutmoq va o‘ldurmoq yaxshi bo‘lmagani uchun Toshkand ishi ma’tal va muhmal qolsa ham, Xo‘qand tarafiga murojaat qildilar. Kirovuchidan o‘tgandan so‘ng badavlat Xo‘jandga hokim bo‘ldi. Ammo dushmanlarni kundan-kun qarshiliklari ziyoda bo‘lib, hadlaridan oshib, behuda harakat qila boshladilar. Simg‘or qo‘ng‘on kuni Xidir, Xudoynazar va Irisali bir necha muxolifatlar bilan xuftan vaqtidan so‘ng mingboshi chodariga kelib to yarim kechagacha o‘tirdilar. Mingboshi ham ehtiyot va hushyorliq birla muomala qilib, hech ish qilolmay qaytdilar.

(Shodmonxo‘ja) mingboshi: “Ko‘ch nag‘orasi kuygan zahoti meni uyg‘oting”, deb meni ta’kidlab, istirohatga mayl qildilar. Faqir uyg‘oq o‘tirib, subhi sodiq ko‘ch nog‘arasi kuygan zahoti mingboshini ogoh qildim. Turib, tahorat olib, otlanib, xon xizmatiga ketdilar. Faqir namozi bomdoddan so‘ng qo‘shu pilatalarni yuklatib, mingboshi tug‘ini ko‘tartirib, tobe’ lashkar bilan yo‘lga tushtim. Andak fursat o‘tkandan so‘ng yana Xidir, Xudoynazar va Irisalilar paydo bo‘lib, “Mingboshi akom qayon yetdilar?” deb faqirdan so‘radilar va kamina: “Ko‘ch nag‘orasi kuygan hamono otlanib erdilar, bilmadim, xon huzurlarida ekanlarmu”, deb javob berdim. Bu javobni eshitib, ular ham xon tug‘iga qarab ketdilar va bir soatdan so‘ng mingboshidan ko‘nglim tashvishnok bo‘lib, xon tug‘i ostiga bordim. U yerda mingboshidan asar topmay, Ko‘l mavzeidan chiqib, Xoja yagona dashtiga kelsam, bu yerga qo‘sh qo‘nib, mingboshi saroparda soyasida o‘turg‘on ekanlar. Kamina kelib salom bergan edim, iltifot aylab, qo‘llarida bir jom iskinjin sharbatini berdilar. Ichib, duo qilib, xonni(ng) yaqinlikidan xabardor qildim.

O‘runlaridan turub, xon chodariga borganda, xon ham keldi. Dasturxon o‘tgandan so‘ng mingboshi o‘z qo‘shlariga kelib, o‘toviga kirib, istirohatga mashg‘ul bo‘ldilar. Kamina havo haroratidan va gardu g‘ubor kasratidan soch oldurmoqg‘a mashg‘ul edim. Birdan Alimqul amirlashkari marhum paydo bo‘lib: “Soch oladurg‘on vaqti emas edi”, deb faqirga itob qilib, mingboshini so‘radilar. Kamina: “O‘tovida istirohatda”, deb javob berdim. Har daf’a uyg‘otib bering, deb faqirga buyurar edilar, ammo bu daf’a o‘zlari kirib uyg‘otib, yana ikkovlon xon huzuriga ketdilar. O‘shal lahza ikkovlon xon huzuridan kelib, “Peshin vaqti bo‘libdirmu?” deb savol qildilar. Faqir soatga qarab, “Avvali vaqt”, deb javob berdim. Darhol azonga buyurib, namozdan so‘ng kaminaga: “Xayr Muhammad yovarga ayting tamomi sarbozlari bilan mani chodarim va chodar qanoti orqasida zohir va tayyor bo‘lib tursin”, deb amr qildi. O‘zlari Amirlashkari marhum chodarga kirib: “Maslahat bor, tamomi sarkarda va umaro jam’ bo‘lsun”, deb odam buyurdilar. Va sarkarda-umarolar jam’ bo‘ldilar. Ammo Xidir tezda hozir bo‘lmay, hammadan so‘ng kamina chodarim bilan mingboshi chodarlari qanoti orasinda bir tor yo‘ldan kirib keldi. Ammo ayog‘ida etik yo‘q, sar-poy bilan kirib o‘tirdi. Suhbatni boshqa tariqa fahmlab vahmga tushib: “Men etik kiyib kelay”, deb mazkur tor yo‘l bilan qo‘shiga ravona bo‘ldi. Ammo sarboz yo‘lini to‘sib miltiq havola qilg‘ondan so‘ng qochib, kamina chodarimga kirdi, orqasidan yigitlar kirib, qilich bilan chopib, chodardan sudrab olib chiqib, chodarim yonida o‘ldirdilar.

Kamina chodaru paloslarim qonu harom bo‘ldimikin, xabar olay, deb chodarimga kirdim. Orqamdan Qo‘ychi dodxoh qirg‘iz kirib nos chekib, meni so‘zga mashg‘ul qilib turg‘onda Irisali ponsadboshi qipchoq kirib: “Men bu mufsidlarga qo‘shulgan emasman, xos davlatxohman, meni arizamni mingboshiga ma’lum qilinglar”, deb tavallo va zori qila boshladi. Ammo Bekmuhammad dodxoh: “Bugun har jamoa o‘z yomonlarini o‘lduradurg‘on kun. Qipchoqni(ng) yamoni Irisali. Uni o‘ldiringlar”, deb baland ovoz birla chaqirib, mening chodarimga yugurdilar.

Kamina va Qo‘ychi dodxoh qochib chiqib, yigitlar kirib, Irisalini qilich ostiga oldilar. Lekin sovut va choroyina boylangan ekan, qilich tezda ta’sir qilmay, chodardan sudrab chiqib, Xidir yoniga tashlab, otib o‘ldirdilar. Xudoynazar dodxoh turkni mingboshiga tobe’ Rustam Elbek otlig‘ yigit bir qilich zarbi birla oxirat safiga ozim qildi. Ammo Mingboy dodxoh daryodan o‘tib qo‘ng‘on ekan va ham o‘zi istisqo va chilaashur kasaliga mubtalo bo‘lgani uchun Bekmuhammad dodxoh iltimosi bilan bu ofat va balodan salomat qoldi.

O‘sha kuni Alimquli eshik og‘osi qirg‘iz qipchoqinkim, oxir udaychi ham bo‘ldi, Olim dodxohni o‘ldurmak uchun Xo‘qandga buyurdilar. Ul ham xufton vaqtida doxili Xo‘qand bo‘lib, Olimbek dodxohni o‘ldirib, mufsid va mufatinlar ishi tugab, itmomiga yetdi. Ertasi o‘zimiz ham ul mavzedan ko‘chib doxili Xo‘qand bo‘ldik. U tarafdan podshoh kelib Xo‘qandni qamab, Xudoyorxon o‘z tavobeoti bilan kelib, Xo‘qand muhosirasiga qo‘l urdi. Ammo Badavlat Xo‘jandda harchand sa’y va taraddud qilsa ham, fuqarosi yov bo‘lib, Sayid Fozil Miri Asadniki, Domullo Mir Boqi marhum o‘g‘li va Xo‘jandning rukni edi, urub o‘ldirib Badavlat qasdiga yugurdilar, (Yoqubbek) Badavlat ham nochor qochib, amirni ko‘rib omon qoldi. Ammo Xo‘qandni Xudoyorxon To‘qaytepaga qo‘nib muhosira qilganda, Shodmonxo‘ja mingboshi tog‘lik darvoza va Amirlashkari marhum Marg‘ilon darvoza va Bekmuhammad dodxoh va boshqa sardor har qaysilari bir darvoza muhofizatiga mashg‘ul bo‘ldilar.

Bu orada bir kecha mingboshi va Amirlashkari marhum kaminani bir xizmat uchun shahar ichiga buyurdilar. Kamina ham ul xizmatni bajarib, subhi sodiq Tog‘lik darvozasiga keldim. Mingboshi to avvalgi vaqt uxlamay uyg‘oq ekanlar. Marhamat qildilarki: “Men bu kecha uxlamadim. Xo‘ja kalonto‘ra va Shayxul-islom menga xat yozibdurlarki, fuqaro tamoman sizlarga yov bo‘lib, erta Xudoyorxonni shaharga olib kirib, sizlarni tutadurlar, deb. Munga nima tadbir qilsak ekan?” Kamina arz qildimki: “Amirlashkar va Bekmuhammad dodxoh ukalarimiz bilan mashvarat qilib, savob qaysi ishda bo‘lsa, uni qilsunlar”.

Mingboshiga ham ma’qul tushib, darhol otlandi. Amirlashkar qo‘shi Marg‘ilon darvozasi tarafiga yurdi. Amirlashkar va Bekmuhammad dodxohlar bilan mingboshi so‘zlashti. Mingboshida ikki yuz nafar toshkandlik yigit bor edi. Ularning ishi shu ediki, har kuni shomdan so‘ng qo‘rg‘onni aylanib, xabardorlik qilib, subhi sodiq Tog‘lik darvoza qo‘shlariga kelib uxlar edilar. Amirlashkari marhum va mingboshi Marg‘ilon darvozadan kaminaga: “Borib o‘shal ikki yuz nafar yigitni uyg‘otib, beta’xir darhol olib keling!” deb buyurdilar.

Kamina borib mazkur yigitlarni uyg‘otib, olib kelsam, mingboshi va Amirlashkar Marg‘ilon darvozasidan chiqib ketib, hech odam qolmabdi. Toshkand yigitlari ham nochor ularni topolmagandan so‘ng, Xudoyorxon tarafiga yurdim. Mazanglikka borganda, Abdulloh eshikog‘osi uchrab, mendan ahvol so‘radi. Kamina ahvolni mufassal bayon qildim. Abdulloh eshikog‘osi kaminani man’ qilib, dediki: “Qanoat otaliqni ko‘rmay Xudoyorxonga etmak sizga mumkin emas. Qanoat otaliqqa muloqot qilsangiz, bo‘lar ish ma’lum (bo‘ladi). Maslahat shulkim, men birlan shahar kirib, mening hovlimda turing. Peshindan so‘ng, shaharga kiradurgan xon xizmatlariga arz qilib, undin so‘ng ko‘rsatayin”, dedi.

Binobarin on, kamina shaharga kirdim va Abdulloh eshikog‘osi arz qilib, inoyatnoma olib, ertasi xon(ning) saodati muloqotlariga yetkardi.

Amiri Buxoro Xo‘jandni olib Qaroqchiqumga kelg‘onda, Xudoyorxon: “Bizlar Xo‘qandni olib xotirjam bo‘ldik”, deb Qanoat otaliqni yubordi. Amiri Buxoro Xo‘qand kelmay, Qanoatni olib, Buxoroga murojaat qildi. Buxoroga borgandan so‘ng, Qanoatni o‘ldirib, rishtai hayotini uzdi. Bu tarafdan Amirlashkari marhum va mingboshilar Xo‘janddan chiqib, yo‘lda So‘xdan kelib turg‘on Xudoyorxon mulozimi Yo‘lchibek dodxoh ro‘baro‘ kelib va uni odamlari bilan o‘ldirib, Andijon uyezdi Toshloq qishloqda Amirlashkari marhum hovlisiga qo‘ndilar. Amirlashkari marhum qirq-ellik ming naqdina siqqani olib chiqib, mingboshi va arkoni davlat oldiga qo‘yib: “Hozir bu naqdinani askarga beringlar, yana shundan so‘ng, harnima lozim bo‘lsa, jonu dil birla tayyor va muhayyo qilurman”, dedi. Tamomi arkoni davlat bil-iitifoq bu pul naqdinani olib: “topqon siz va sarf qilg‘uchi ham o‘zingiz bo‘lursiz, ne ixtiyoringizda, bizlarda itoat va inqiyoddan boshqa ish yo‘q”, deb aytdilar. Amirlashkar ham nochor qabul qilib, tamomi askariga xarj va imkoni boricha yorog‘u aslah yasab, tamomi qo‘shun bilan Andijonga kelib, Xudoyorxon amriga tobe’ odamlarni qochirib, Andijonni fath qildilar. Bu xabarni Xudoyorxon eshitib, xafa bo‘lib, Xo‘qand askari bilan otlanib Marg‘ilondan o‘tib qo‘ndi. Bu tarafdan Amirlashkar Andijondan jo‘nab, Xo‘jason mavzeiga qo‘ndi, ertasi Sho‘r mavzeida ikki lashkar bir-birlariga ro‘baro‘ bo‘lib, urush boshlandi. Xudovandi taolo fazlu karami bilan Amirlashkar askari g‘olib va muzaffar bo‘lib, Xudoyorxon lashkari qochib tarqab, qanchasi o‘lib, boshqalari majruh va xasta bo‘ldi. Qolganlar Xudoyorxon va ukasi Sulton Murodbek bilan bozorchilar arobasi va to‘pxona arobasiga yashirinib qochib, qilichu xanjar zarbidan xalos bo‘ldilar. Ammo Amirlashkari marhum askarlari ularni qurshab oldi. Xudoyorxon va ukasi tobe’lari bilan har vajhdin, xususan, avqot jihatidan nihoyat tanglik va mehnatga qolib, Xo‘qand fuqarolaridan madad tilabdilar. Nodon fuqaro janobi katta hazrat Domullo Fayzi qozi rais va bir necha ulamo va akobirlarni jabr bilan otlantirib, oldilariga solib, Xudoyorxon madadi uchun Marg‘ilondan o‘tg‘onlarida, Amirlashkar ularni qochirib, bir nechasi o‘lib va bir nechasi yarador bo‘ldilar. Qolganlari ot va libosdan ajrab, it ahvolida Marg‘ilonga qochib kirdilar. Ammo Amirlashkar mingboshi bir birodari birlan so‘zlashib, “Lashkarga to‘p va zanbarak lozim, agar bizlarda to‘p bo‘lsa edi, Xudoyorxon ishini qachonlar tamom qilur edik. Hali bo‘lsa, sizlarga har nimarsadan to‘p zarur ekan”, dedi.

Bil-ittifoq, bir tunda to‘p qasdida hujum qilib, Xo‘qandga keldilar. Tongda Xo‘qand xalqi ogoh bo‘lib Xudoyorxonga tobelar Buxoro tarafiga qochdi. Amirlashkar va mingboshi shaharga kirib, u kecha shaharga yetib, to‘pdan keraklicha olib, to‘pchilardan Abdusamadxon va Habibulloxonlarni olib, o‘radan chiqib, Hashtchamanga qo‘ndilar.

Bu tarafdan Xudoyorxon Amirlashkar va mingboshi askaridan asar ko‘rmay, voqea nima ekanini bilmay, hasratga qoldi. Oxiri xabardor bo‘lib, u ham tamomiaskar bilan Xo‘qandga keldi va nodon fuqarolar Xudoyorxonni shaharga kirguzib va Amirlashkar darvozaga qo‘ygan odamlarni bandi qildi. Fuqaro va Xudoyorxon ham Hasht chamanga keldilar. Amirlashkar ham darhol to‘plarni qo‘rg‘on rahnasidan tashqari chiqorib, ham qo‘rg‘ondan chiqqanda namozi asru shom orasida urush boshlandi. Necha karrot Xudoyorxon askarini qochirib shaharga qamadilar. Bu orada Jarqinboy dodxoh Muhammadyor lashkarboshi ukasikim, qipchoqiya orasida bahodirlig‘ va dildorlig‘da mashhur edi, qorong‘ulikda oti sholipoya loyiga botib shahid bo‘ldi.

Hosil (ul-kalom), u kecha namozi xuftondan so‘ng, soyga qo‘nib, ertasi to choshtgoh Amirlashkar ko‘chmay, “Agar Xudoyorxon chiqsa, to o‘rdagacha quvib tanbehini beray”, deb harakat qilmay turdi. Ammo Xudoyorxon na o‘zi va na askari hargiz qoralarini ko‘rsatmadilar. Nochor choshtgohdan so‘ng jo‘nab, Somonchi mavzeiga kelib, to‘p arobalari xarob (bo‘lgani) uchun har bir yigitga “Xns(?) mavzeiga yetkazib beringlar”, deb bir adad to‘p o‘qi xatlab topshirildi. Va shu payt ham Somonchi tarafdan quyuq dud (tutun) ko‘rindi. “Bu nima hodisadur? Xabar olinglar”, deb bir toifa askarga buyurdilar. Ular borsalar, Roshidan, Oq yer va munga o‘xshash qishloqlarini(ng) avboshi fuqarolari ekankim, kelib bu oradagi qirg‘iziya va elotiyani talab uylariga o‘t qo‘ygan ekan. Askarlar borib bechora qirg‘izlarni qutqarib, falonchi fuqarodan qo‘liga tushganini o‘ldirib, ulug‘larini Somonchi soyiga tashlab keldilar. Ul kuni Somonchi soyidan suv ichgali bo‘lmadi.

Ba har taqdir, ul kecha Somonchida yotib, ertasi ko‘chub Xns(?)ga Qo‘sh parvonachi manziliga qo‘nib, ul yerda arobachi ustalarni yig‘ib, to‘p arobalarini ta’mirladilar. U yerdan ko‘chib, Yormozordan Quboga qo‘nub, bir-ikki marta to‘p otishlari bilan Qubo akobirlari va fuqarolari peshkashu hadya bilan chiqib, duo qildilar, va tobe’ bo‘lib, marhamat va iltifot toptilar.

Undan o‘tib, Asaka mavzeiga qo‘nub, Bekmuhammad dodxohni ko‘rib, e’zoz va ehtirom bilan shaharga olib kirib, sidqidillik bilan mute’ va mindoq bo‘lganlig‘i xabarini undan oldilar.

Asakani jam’iyati xotir bilan Andijonga kelib, hazrati… buzurgvor alayhi rahma taraflaridan Andijon muhosirasiga mashg‘ul bo‘ldik. Bu mavzeda Qo‘ychi dodxoh O‘zganddan qirg‘iziya askari bilan kelib qo‘shuldi va ertasi Andijon shaharini ikki-uch tarfidan to'’ga tutdilar. Amirlashkar bir cho‘yan to‘p ba bir muncha askarni olib, Andijon shahri ichiga jo‘nadilar. Valekin ko‘p fursat o‘tib Amirlashkardan hech asar zohir bo‘lmagan sababli, Shodmonxo‘ja mingboshi xabar olmoq uchun orqalaridan bordi. Yana o‘sha soat qaytib kelib, kaminaga dedilarki: “Amirlashkar yamon joyda Gultepada, atroflarini tamoman fuqaro qurshab o‘rtaga olgan. Bir nav’ bilan qutqarmasak bo‘lmas, ikki-uch dasta askarni tayyorlab olib keling”, deb buyurdilar. Kamina darhol uch dasta qirg‘iziya, qoraqalfoq askarini hozir qildim. Bu askarlar qilichlarini g‘ilofidan chiqorib va nayzalarini rostlab, mingboshi oldilariga ot chopib bordilar. Fuqaro bu askarni ko‘rib, har tarafga qochib (ketdi). Amirlashkarni ular orasidan salomat ajratib oldik. Ammo cho‘yan to‘p Gultepada fuqaro qo‘lida qolib, olmoq muyassar bo‘lmadi.

Andijonni har kun har tarafdan qattig‘ muhosiraga olindi. Andijon hokimi Qodiraulbek dodxoh va Xudoyorxon ilg‘orlari va tamomi fuqaro qo‘llaridan kelgan sa’y va taraddudlarini bajo keltirib (mudofaada turdilar). Ayomi muhosira rabi-ul-avval oyining ibtidosidan, to rajab oyining oxirigacha davom etib, oxiri Xudoyi taolo karami birla fath topib, musaxxar bo‘ldi. Qodurquli dodxoh tamomi quzzot, ulamo va ulug‘;ari bilan chiqib, ko‘rdi. Amirlashkar va mingboshi bularni gunoh va jaroyimlaridan o‘tib, sarpolar va xil’atlar berib, marhamati benihoya birla sarafroz qildilar. Lekin, Xolnazar cho‘loq, Kamol va Boqi – Xudoyorxon ilg‘orlari chiqib ko‘rmay, qochib, yo‘ldagi askar qo‘liga giriftor bo‘lib, halokatga yettilar.

Andijon fathidan so‘ng, mingboshi va tobe’ marhumlari qoraqalfoq askari, sartiyadan Muhammadnazarbek qushbegi va qipchoqlardan Mingboy dodxoh bilan Balig‘chi fathiga buyurdilar. Kamina ham (Shodmonxo‘ja) mingboshi iltimosi bilan u safarda hamroh bo‘lib borib, Balig‘chini olib, Mingboy Balig‘chida Muhammadnazarbek qushbegi, Mingboy dodxohlar Namangon tarafiga bordilar.

Bu asnoda Amirlashkardan mingboshiga maktub kelib, kaminani talab qilg‘on ekanlar. Kamina Balig‘chidan jo‘nab, Amirlashkar Andijondan ko‘chib, Asakaga kelganda, u yerda sharafi dastbo‘s hosil qildim. Janobi Amirlashkar marhamat qildilarki: “Biz ushbu qish ichra Marg‘ilon ishi ham saranjom topsa, deb Asakaga keldik. Emdi siz borib Mingboshi akamga (Shodmonxo‘jaga) ma’lum qiling. Agar ul kishga ham ma’qul bo‘lsa, sizni yuborsunlar. Mingboy dodxohlarni ko‘rub, alarg‘a ham maqbul bo‘lsa, kelib bizga qo‘shulsunlar, toki jam’iyat tamom birla Marg‘ilon uzasiga boraylik”, dedilar.

Kamina bu xizmatga muraxxas bo‘lib, Balig‘chi kelib, mingboshiga aytdim, u kishiga ma’qul bo‘lib, Mingboy dodxoh qo‘shiga buyurdilar.

Mingboy dodxoh huzurlariga keldim. Abdurahmon oftobachi va qipchoqiya akobirlari bilan o‘tirgan ekan. Ularga janobi Amirlashkar so‘zlarini bayon qildim. Mingboy dodxoh dediki: “Nihoyat ma’qul so‘z, ammo boshlig‘imiz Muhammadnazar qushbegidir, avval u kishiga anglatib, bilittifoq javob beraylik”, deb o‘rinlaridan turdilar. Shu vaqtda qorovuldan: “Bugun yov qorovullarini shiddati ziyodroq, bir muncha mergan bering”, deb odam keldi. Mingboy dodxoh besh-olti nafar mergan qo‘shib qarovga yuborib, otlanib, Muhammadnazarbek qo‘shiga keldik. Bu yerda shirchoy tayyor ekan, shirchoy tortti va Amirlashkar maslahatlari bu kishiga ham ma’qul tushti. Shu asnoda qorovuldan “mergan” deb odam keldi. Mingboy dodxoh savol qildiki: “Dushman u ko‘frukdan yiroqmu yo yaqinmu?” Javob berdiki: “Yaqin desa ham bo‘lur, yiroq desa ham bo‘lur”. Yana mergan berib jo‘natdilar.

Shirchoyni ichib tamom qilmagan ediki, “dushman ko‘prikdan o‘tti”, deb xabar keldi. Darhol otlanib, jam’iyat bilan bizlar bordik, tamomi Namangon askari va Xudoyorxon qoshidan kelgan ilg‘or tamom chiqib kelgan ekan. Nochor choshtgohdan urush boshlandi.

Balig‘chidan mingboshi xabardor bo‘lib qoraqalfoq askari bilan madad uchun keldi. O‘sha kuni to ikki xuftangacha urush bo‘lib, Namangon qo‘shini qochib, ko‘p odam o‘lib, ko‘p bandi, tug‘u bayroq va o‘n olti karnay o‘lja ushdi. Namangon yigitlari azobu uqubat bilan qochib, qolganlari Namangon qo‘rg‘oniga kirdilar. Bizlar o‘sha kecha shu mavzeda turib, tushgan bandi, o‘lja va g‘animatlarni sarishta aylab, xotirjamlik bilan ko‘chib, Amirlashkarga qo‘shilib, Marg‘ilon ustiga keldik. Marg‘ilondan Mullo Sulton dodxoh va Mirzo Ahmad qushbegi tamomi Marg‘ilondagi askariyalar bilan chiqib, oxiri peshindan, to ikki xufatngacha qattig‘ urush va muhobira qildilar. Xudoyorxon tobe’laridan Davlat qo‘rboshi va shunga o‘xshash nech nafar katta odam bandi bo‘lib, ko‘pi o‘lib, boqiy lashkar qochib shaharga kirdi. Bizlar o‘sha kecha mavzei mazkurga qo‘nib, andin so‘ng, Yormozor ichiga ko‘chib kirdik. Va har kuni mingboshi Toshloq darvozasida Mullo Sultonga qarshi, Amirlashkar (Alimquli)hazrat Muoz Jabal darvozasida Mirzo Ahmadga qarshi, boshqa askarlar har tarafdan Marg‘ilon muhosarasiga mashg‘ul bo‘ldilar.

Bir kuni Amirlashkari marhum mingboshiga dedilarki: “Bugun joyimiz badal bo‘lsin. Mullo Sultonga muqobil man boray, Mirzo Ahmadga qarshi siz boring”, deb. Ushbu ittifoq bilan jo‘nab ko‘rdilarkim, Kirgi arig‘i suvi Marg‘ilonga kirar ekan. Shu sababli, o‘n nafar mahramni kaminaga qo‘shib, buyurdilarki: “Kirgil arig‘i suvini Marg‘ilondan bog‘lab, dashtga solib yuboring”. Kamina bu xizmatga mashg‘ul edimki, ikki tarafdan urush boshlanib, Amirlashkar tomonidan Mullo Sultonga o‘q tegib o‘ldi. O‘ligini Amirlashkar amri bilan bir otga ortib, mingboshi (Shodmonxo‘ja) huzuriga keltirdilar. Urush ham tamom bo‘ldi. Amirlashkar Mullo Sulton o‘ligini ko‘p taqdim bilan yuvib, kimxob va atlas bilan yoptirib, jam’iyati azim bilan janoza o‘qib dafn aylab, ruhiga xatmi Qur’on va hayrot berdilar.

Sulton o‘lgandan keyin, Marg‘ilon ishi kundan-kunga va lahza ba lahza xarob va vayron bo‘lib, askarlari Xo‘qand tarafiga qochib, Marg‘ilon fath bo‘ldi. Marg‘ilon fathidan so‘ng, Xo‘qand ustiga jo‘nab Xo‘qand qo‘rg‘oniga yaqin Mingtut mavzeiga qo‘nib, Xo‘qand muhosirasiga mashg‘ul bo‘ldik.

Ittifoqdan bir namozi peshin hadida bemahal va bemavrid urush boshladi. Mingboshi (Shodmonxo‘ja)ni Sayid g‘ozi otliq katta o‘g‘liga qazoi ilohiy birlan to‘p o‘qi tegib, oti bilan qo‘shib necha pora qildi. Va muning ustiga, qorovullarimizdan “Amiri Buxoro qo‘shini bilan Konibodomdan jo‘nab, muqaddimai lashkari Beshariq qo‘ndi”, deb xabar keldi. Bu ikki voqeadan qo‘shinimiz parishonhol bo‘lib, Sayid g‘ozi xo‘ja namozi janozasini o‘qug‘ondan so‘ng, Xo‘qand tomonga ko‘chib, Somonchiga< undan Oltiariqqa, Keyin Yormozoriga nuzul qildik. Bu manzilda xudovandi taolo irodasi bilan mingboshidan bir ish sodir bo‘ldiki, amirlashkari marhumning rishtai iroda va ixlosini undan qaytardi. Shunga o‘xshash ish Andijonda ham vuqu’ topib, binoyi e’tiqodini munhazam qilg‘on edi. Va bu ikki ishni malol kelmasligi uchun bayon qilmadim.

Hosil ul-kalom, amiri Buxoro va Xudoyorxon otlangan xabari kelgandan so‘ng, Yormozordan ko‘chib, Qubo, keyin Asaka, Andijon va undan Hazrati Yunus Alayhissalom tepalri ostiga qo‘ndik va podshoh (amir Muzaffar) va Xudoyorxonlar ham O‘sh tobei Qoshg‘ar qishlog‘iga qo‘ndilar. Amirlashkar Xol ponsad va shunga o‘xashash bir necha jasurlar qarovul tariqida Hazrati Yunus alayhissalom tepalarida qo‘yub, boqiy askari daryodan o‘tib, Xonobod va Burgutchi mavzeiga qo‘ndilar. Bu mavzeda mingboshiga andak za’f va bemorlik oriz bo‘lib, kuchi bilan ilg‘ori jo‘nab ketdi. Ammo u Amirlashkarga ko‘p nasihatlar qildi. Nasihatlardan biri bul edikim: “Zinhor podshoh bilan urush va muhoriba qilmang, na uchunkim, urushning ikki boshi bor: yo shikast, yozafar. Xudo asrasun, mabodo shikast bo‘lsa, yana bu jam’ita mumkin bo‘lmaydur. Agar muhoriba qilmasangiz, podshoh ham bu yerlarda haftadan ortuq turolmaydi. Avbosh lashkari fuqarolarni g‘orat va taroj aylab, ekinu ziroatlar xarob va zoye qilganda, xalqulloh podshadan tamoman bezor bo‘lib, uni nafrin va la’nat qilib, Xo‘qand va Farg‘ona fuqarolari sizni duo qilib, boshlariga ko‘taradilar”, deb bu nasihatga ko‘p ta’kidlar qildilar.

Hosil ul-kalom, podshoh Qoshg‘ar qishloqdan otlanib jo‘naganda, Hazrati Yunus alayhissalomdagi qarovullarimiz to‘nu qarovul bilan andak muhoriba qilib, bir asir va bir-ikki o‘lja olib, daryodan o‘ttilar. Podshoh askari hazrat mozori ostiga qo‘ndi.

Amirlashkari marhumning amir bilan urushmoq va muhoriba qilmoqg‘a shavqu rag‘bati g‘olib bo‘lsa ham, mingboshi nasihati unga mone’ tushdi. Kamina ham nafas ba nafas mingboshi maslahatlarini xotiri muboraklariga solib turardim. Podshoh daryo labiga qo‘ng‘onda bo huzuri tamom asta-sekin Xonariqqa qo‘nib, nafaslarimizni rostlab turdik. Podshoh askarini yiroqdan tomosha qilib, jam’iyati tamom birla Qulinchoq ustiga qo‘ndik. Podshoh ham daryodan o‘tib, xonobodga qo‘ndi. Ertasi Qulinchoqddan ko‘chib O‘zgandga, undan ko‘chib Qarog‘ulchaga qo‘nib, keyin Qarog‘ulcha darasiga kirib, tog‘ orasini toshu loy bilan mustahkam qo‘rg‘on qilib to‘sib, darvoza qo‘ydik va to‘plar qo‘rg‘on ustiga chiqorib, xotirjam’ va forig‘ul-bol bo‘ldik. Podshoh ham bizlarni keyin O‘zgand keldi va askari O‘zgand fuqarosini g‘orat va talon-taroj qilib, tamomi molu amvollarini olib, yalang‘och va uryon aylab, so‘ng jo‘nab Qarog‘ulcha dahasiga yaqin kelmay, yiroq qo‘nib, bir hojazodani elchi tariqasida kirguzdikim: “Man bu yergacha keldim, chiqib mani ko‘rib duo qilinglar va man kimni xohlasalaringiz xon qilib, sizlarga ko‘p iltifotlar ko‘rsatay”.

Amirlashkar va mingboshi javob aytdilarki: “Bu qadar takalluf va xushomadga hojat yo‘q, bir ko‘chmanchi xon kerak emas. Obro‘ va davlat bilan amir qaytsinlar, o‘zimiz kimni xohlasak xon qilib, Xudovandi karim iroda va taqdiri nima bo‘lsa, ko‘rarmiz”.

Podshoh ham nochor hech ish uxdasidan chiqmag‘on sababli izzati ketib, obro‘yi to‘kilib, Xo‘qand tarafiga murojaat qildi.

Bizlar ham Qarog‘ulchadan chiqib, ul marguzori jannatosorda, sabza va rayohin va Xudovandi Robbul-olamin yaratgan go‘zalliklarni tamosha aylab, O‘zgandga kelib, bir-ikki kun turdik. Keyin o‘ttuz adir yo‘li bilan yurib O‘sh tobe Qo‘rg‘oshim dashtiga qo‘ndik. U yerda O‘sh fuqarolari va Marg‘ilon hokimi Bahodur to‘ra peshkash va tortuq bilan kelib, tobe’ bo‘lib qoldilar. Xo‘qanddan Yoqubbek otaliq Badavlat va Mirzo Ahmad qushbegi Xudoyorxondan qochib keldilar. Bu yerda har tarafdan akobiru ashrof kelib qo‘shilib, nihoyat jam’iyati azim hozir bo‘ldi. Shodmon mingboshini Toshkand fathiga buyurib, kaminani ajratib olib qoldilar. Mingboshi harchand: “Bu bo‘lmasa, men ham bormayman”, deb sa’y qildi, ammo Amirlashkar: “Alhol bizlar podshoh birlan so‘zlashib turibmiz, bizga zarur va lozim. Ammo sizga Toshkandga hech darkorligi yo‘q. Har vaqt Xo‘qandga kirib xotirjam’ bo‘lsak, xizmatingizga yuborurmiz”, deb meni olib qoldilar.

Podshoh Xo‘qandda ham turolmay, bir nav’ Buxoro tarafiga murojaat qildi. Amirlashkar jo‘nab, Yormozor qo‘rg‘oniga qo‘ndi. U yerda Marg‘ilon, O‘sh, Andijon, Shahrixon, Namangon, Chust, Xo‘qand va tamomi atrofu tevarakning ulamo, fuzalo, quzzot va akobiru ashroflari jam’ bo‘lib, Mallaxoni shahidning o‘g‘li Sulton Sayidxonni Namangonga olib kelib, bilittifoq xon taxtiga ko‘tardilar. Ammo yurtdorlig‘ ishini chunonchi, daxlu sarf, azlu nasb, qatlu rahm va tamomi muhimoti mulku mol tasarrufini Amirlashkarga taslim va taslid ayladilar. Bu ma’niga kamina qalami birla ahdnomai muaqqad va paymonu vasiqa yozilib, bul ahdnomaga janobi xon boshlig‘ tamomi ulamo, fuzalo va akobir sidqidil birla qo‘l qo‘yub, muhr bosib, mustahkam qildilar.

Bu ishlardan xotirjam’ bo‘lg‘ondan so‘ng, jo‘nab Xo‘qandga doxil bo‘ldik. O‘sha kuni mingboshi (Shodmonxo‘ja) tarafidan Solihxo‘ja Mirzo Toshkand fath bo‘lg‘onini(ng) xabarini olib keldi. Amirlashkar o‘shal kuni xazinai oliyga kirib, bir katta tillo kimxob to‘n kaminaga kiydurub, marhamat qildilarkim: “Farg‘onani(ng) xirojini, tanobona va zakot pullari, askariyaning qishloq va g‘alloti, qishloqlar ijoroti, sarkoru amloklar tahqiqi va hisobu, askariya yarog‘u asliha daftari sizga taalluqlidir. Bulardan yaxshi xabardor bo‘lung va mukohila qilmang”.

Yana qo‘limga to‘rt kimxob to‘n berdilar: biri Do‘stga mehtarlik, ya’ni, zakotchilik sarposi, yana biri Muhammad Ibrohimga inoqli sarposi, yana biri Tursun Muhammadga sarkorlik, ya’ni, nikohona, tarakona va kema ijoralarini olmoq sarposi, yana biri Mirzo G‘afurga sarrofona, ya’ni, tillo va sikkarlarga zarb urg‘uchi boshlig‘i sarposi. Kamina bularni(ng) liboslarini berib, duo qildirdim. Mushofihat, og‘zaki ularni menga tobe’ bo‘linglar, deb amr qildilar. Bu orada Toshkand bormoq irodasini qilib, kaminani askar qishlog‘i va barotlarini bermoq uchun Xo‘qandga tashlab, o‘zlari Xo‘jand yo‘li bilan Mirzo Ahmad qushbegini ham hamroh olib, Toshkand bordilar. Toshkandda Yormozor va Andijonda voqe’ bo‘ldi, deb ishorat qilg‘on voqelar sababli, balki xotimai umr va intihoi ajal birla mingboshi (Shodmonxo‘ja) vafot etdi. O‘rniga Normuhammad parvonachini Toshkandga hokim aylab, murojaat qilib, Xo‘qand keldilar.

Kamina bir necha mahal topib arz qildimki: “Alhamdulilloh, bu davlat yangii va jadid davlatdur. Bizlarni askarimizdan ham fuqaromizga hech bir ozor va zahmat lohaq bo‘lg‘on emas. Shu vaqtda bir xushyor odamni elchilik tariqi ila yuborib, improtur davlatigakim, davlati azimdur, takya qilsak, yaxshi bo‘lur erdi”.

Janobi amirlashkarga so‘zlarim ma’qul bo‘lib, dedilarki: “Nihoyat maqbul maslahatdur. Muni o‘ylab topibsiz, emdi boradurg‘on odamni ham mulohiza aylab arz qiling”. Kamina arz qildimki: “Agar askariya< umaro va sardorlardan borsa, loyiq odamni janoblaridan yaxshiraoq bilmaydur va agar yurt akobiru ulamolaridan borsa, Toshkand tobe’ida turkistonlik Aliakbar hoji naqib va toshkandlik Xontoraxon eshoni marhum o‘g‘illari Abdulqosimxon eshon va Nizomuddin qozi o‘g‘illari Eshon qozi va Xo‘qanddan Yo‘ldashboy karvonboshilardan qaysisi borsa ham, loyiq va munosibdur”. Savol qildilarkim: “Bu qadar xalqulloh ichidan bu to‘rt nafarni nima sababdan ko‘rsatasiz?” Kamina javob berdimki: “Odamizod hamma barobaremas, balki zukkoligi, aqli va hushu fahmi o‘tkirligi bilan ajralib turadur. Muhammad Alixoni shahid asrida janobi Miyon Xalil Sohib hazrat elchilik bilan Fitirburx borg‘onlarida, ul janobni O‘rusiya tobe’ida nug‘oy toifasi va boshqa toifadin muridu muxlis, yoru, do‘stlari ko‘p ekan, har qaysilari o‘z hokimlari bilan istiqbolga chiqib, bu tariqa O‘rusiya kattalariga qadru manzalatlari ma’lum bo‘libdi. Borg‘ondan so‘ng, o‘zlari nihoyat daraja oqil va xo‘shmand (bo‘lg‘onlari) uchun nizom biladurg‘on yoru do‘st mashvarati birla muvofiqi qoida ish qilib, nihoyat izzat va obro‘ bilan qaytgan edilar. Bu to‘rt nafarni ham O‘rusiya kattalaridan yoru oshnolari ko‘p va ham o‘zlari g‘oyatda oqilu hushyor odamlardur. Taqdir bo‘lub borsalar, umidkim, bo maslahat, qonun-qoidadan chiqmay, albatta hurmat va obro‘ bilan murojaat qilsalr kerak”.

Janobi Amirlashkarga (Alimquliga) maqbul bo‘lib, bulardan birini yubormoq fikru mulohazasiga tushtilar.

Bu orada sultoni Rum, ya’ni, xalif xizmatlariga Tibet yo‘li bilan yuborgan Ahmadxo‘ja eshon elchini Xitoy yo‘l bermay, Yorkendda tutib turur, deb xabar qildi. Janobi Amirlashkar muztarib bo‘lib: “Bu elchini(ng) bormog‘i nihoyat zarur”, deb kaminaga marhamat qildilarki: “Avval Qoshg‘ar borib, na tariqa birla mumkin bo‘lsa, Ahmadxo‘ja eshon elchini o‘tkazib yuborib keling. Undan so‘ng, improtur xizmatlariga elchi yuborurmiz”.

Ramazon namozi o‘qulg‘on kuni birinchi shavvol kaminani Qoshg‘arg‘a buyurib, Ahmadxo‘ja eshon o‘rniga xalifai Rum xizmatlariga elchi Hoji Meliboy va Inglis davlatiga elchi Mullo Xo‘jabek udaychi, Qobul va Kandahorga podshohi amir Sheralixonga elchi kosonlik Muhammadnazar eshikog‘asi, Jamud va Kashmir Maharajasiga Shukurxon oqsoqol o‘rniga Xamroquli eshikog‘asi oqsoqolni (elchi) qilib, bularni(ng) hammasini kaminaga topshirib, shavvolning ikkinchi kuni Xo‘qanddan chiqib, muddati o‘n olti kunda dohili Qoshg‘ar hokimi Qutlug‘bek bilan muloqot qilib, Xitoy anballari bilan so‘zlashib, bu elchilarni Tibet yo‘liga solib jo‘natguncha uzoq muddat o‘tib ketdi. Iydi qurbon namozini ham Qoshg‘arda o‘qib, andin so‘ng xoqoni Xitoy Qosimbek degan sart bekini ko‘p hadiya va tuhfalar bilan elchilik tariqasida kaminaga qo‘shib, muharram oyi o‘ratalarida Qoshg‘ardan chiqib, Xo‘qand tarafiga jo‘nadik va oxiri muharram, balki avoili safar Xo‘qandga dohil bo‘ldim. Mazkur elchi va hadiyalarni jo‘natib Amirlashkari marhum va janobi xon nazari muboraklaridan o‘tkazdim. Ular bag‘oyat xursand bo‘lib, kaminaga ko‘p iltifotlar aylab, marhamat qildilarkim: “Bu ishlaringizdan ko‘p masrur va rozi bo‘ldik. Ammo uzundan-uzoq yurib fursat o‘tib, Turkiston qo‘ldanketdi. Kaminaga ham ba qadri hol dilosolik berib, mazkur elchini ham tezlik bilan xushvaqt va masrur qaytarib, safaroyining yigirmasi yoki yigirma birinchisi (Amirlashkar) tamomi Xo‘qand va Farg‘ona askari, to‘pu to‘pxonasi bilan ba davlati tamom Chimkent otlandilar.

Amirlashkari marhumning Chimkent ustiga O‘rusiya

muhorabasiga otlangonlarining bayoni

Simg‘ar yo‘li bilan yurib, Toshkand borg‘ondan so‘ng, kaminani pul olib bormoq uchun Toshkandga tashlab, o‘zlari tamomi qo‘shin va to‘pxona bilan Chimkentga qo‘ndilar. Kamina amirlashkardan so‘ng ikki kun turib, orqalaridan Chimkentga borsam, Amirlashkar muhoriba uchun o‘rus tarafiga ketgan ekanlar. Kamina ham u mavzega bordim. Tamomi Farg‘ona askari saf tortganda, Rusiya ham bir joyda to‘planib, musulmonlarni to‘p o‘qi bilan muztarib va parishon aylabdi. Amirlashkar bir tepalikda yolg‘uz o‘tirgan ekanlar. Kamina chiqib, salom va duo qilib, sharafi dastbo‘s hosil ayladim. O‘zlaridagi ikki ko‘zli durbinni berib, “Bu turg‘on Rusiya askaridur, ko‘ring!” deb marhamat qildilar. Kamina durbin bilan qarab: “Uch yuzdan ziyodaroq ma’lum bo‘ladur”, dedim. Iltifot qildilarki: “Siz bog‘lagan oq yuklarni ham odam gumon qilibsiz, ular ikki yuzdan ziyodroqdur. Ammo, bul ajabki, shul miqdor qo‘shin bu ikki yuz o‘rusga barobar bo‘lolmadi”. Faqir arz qildimki: “To‘pu miltiq g‘olib bo‘lmoqg‘a qo‘ymaydur. Bizlar ham to‘p olibkelsak, qando‘g‘ bo‘lur ekan”.

Darhol Amirlashkar to‘pga odam buyurib, hozir qilib, O‘rusiya qo‘shiniga qarab, besh-olti jilav to‘p otildi. Faqir undog‘ aqida qilurmankim, to‘p o‘qi bilan Rusiya xeyla iztirobga tushgan edi. Ammo, vaqt tanglik qilib, asr namozi vaqti bo‘lib, Amirlashkar: “Rusiya kechasi harakat qilsa, to‘pga ofat yetmasun”, deb to‘plarni qaytarib joyiga olib bordilar. Ul kecha Rusiya va musulmon joy-joyimizda hushyorlik bilan yotdik.

Subhu sodiq: “Udaychilar shahid va yarador bo‘lg‘oni sababli dastalarni rostlang”, deb menga amr qildilar. Kamina dastani o‘z joyiga qaror berib, o‘ng-so‘lini tayyor qilg‘ondan so‘ng, kaminaga buyurdilarki: “Siz shitob bilan Chimkent borib, Jomador noibni Xo‘qand to‘pxonasi va Xo‘qand sarbozi bilan darhol bu tarafga yuboring. Xayr Muhammadxon yovar Toshkand to‘pxonasi va sarbozi bilan qo‘shinni muhofizat qilsun. Ul yerda har qancha mutafariqa va parokanda askardan bo‘lsa, hammasini jamg‘arib, Mingboy parvonachiga topshirinki, Manqat tarafidan Turkboshi yo‘lini tossun, na uchunkim, Avliyo otadagi O‘rusiya madad uchun kelmoqchi ekan. Ular kelib qo‘shilsa, ish yaxshi bo‘lmaydur. Mingboy parvonachi ularni o‘tib qo‘shulmog‘iga mone’ bo‘lgay”.

Kamina Jondor noibni jo‘natib, Mingboy parvonachiga odamlarni topshirib, siporishlarni yetkazib, o‘zim Amirlashkar taraflariga jo‘nadim. Ammo, qo‘shinlarga barcha, aqli qisqa va andishasiz amirlar va sardorlar, to Jondor noib va to‘pxona borguncha sabru toqat qilmay, Amirlashkarga: “O‘rusiya askari oz, agar hujum qilsak, hammasini bosib olarmiz”, deb arz qildilar. Amirlashkar ham nihoyat g‘ayrat va shijoatdan bularning hol so‘zlarig‘a kirib, tamomi askarni Rusiya ustiga yugurtiribdi. Rusiyaning nizomlik o‘qi birla ko‘p shahid va ko‘p yarador bo‘lib, havli mashhar zuhur qilibdi.

Amirlashkari marhum avvalgi tepada g‘amgin va mahzun o‘tirg‘on ekan, kamina salom va duo qilib: “Bu tariqa ishlar janobi payg‘ambarlar va katta podshohlaru salotinlarga voqe’ bo‘lg‘on, munga g‘amgin va mahzun bo‘lmoq lozim ermas, sabru toqat darkordur. Olloh taolo muning badaliga ko‘p zafar va nusrat bermog‘i mumkindur”, deb ba qadri hol tasalli berdim.

Avliyo otadan keladurg‘on Rusiya ham Mingboy parvonachini oldig‘a suribdi. Mingboy parvonachi yo‘ldan qochibdi va O‘rusiya yo‘l bilan kelib, bu yerdagi o‘rusga qoshildi. Yana O‘rusiya sardori odam yuborib, xabar berdiki: “Maydonda o‘liklaring yo tiriklaring bo‘lsa, topib olinglar. Bizlar daxl va taarruz qilmasmiz”.

Binobarin on, o‘lik va yaradorlarni topib, sarishta qildik. Ul kecha yotib, ertasi u yerdan ko‘chmoqchi bo‘lg‘onimizda, Rusiya to‘pu o‘qi ko‘p besaranjom qilib, nochor qir orqali yurib, bir-ikki kun tavaqquf qildik. Kamina janobi Amirlashkarga: “Biror odamni Rusiyaga elchi qilib borsak, bu orada bir-ikki kun o‘tib, ishimiz andak saranjom topar edi”, deb arz qildim, ma’qul bo‘ldi. O‘ratepalik Avliyo otaning eski hokimi Mir Sobirbekni elchi qilib yubordilar. Rusiya sardori izzat qilib, ul ham bir to‘rani qo‘shib yuboribdi. Janobi Amirlashkar kelgan elchini kamina chodarimda ko‘rdilar. Xati va tili, so‘zi andog‘ ekan: “Musoliha va yarash hammaga maqbul ishdur. Ammo men bu viloyatlarni buyruqqa binoan ochib, fath qilib improturi a’zam xizmatlariga ma’lum qilg‘onman. Endi menda ixtiyor qolg‘on emas, ammo siz improturi a’zam xizmatlariga xat yozib, har na murod va maqsudingiz bo‘lsa, qoldurmay darj qilib boradurg‘on elchini menga topshiring, men yo‘l xarojotin tamoman o‘zimdan to‘lab, improturi a’zam hazratlariga yuboray. Agar improturi a’zam Oqmasjidni ham beringlar, deb hukm qilsalar, men Oqmasjidni buzilgan devorlarigacha rostlab topshuray, agar o‘rusni uezi musulmonlarga va bul uezi Rusiyaga bo‘lsunlar, munga amal qilayluk”, deb erkan.

Bu ish nihoyatda yaxshi va g‘animat ish erdi. Ammo Amirlashkari marhum mabodo raoyoi Turkiston tarafiga O‘rusiyaga tobe’ bo‘lsa, besh tamg‘alik jamoasi qo‘ldan chiqadur, deb mulohaza aylab, mundog‘ g‘animat ishni qo‘ldan berdilar.

Hosil ul-kalom, ul yerdan ko‘chib, Chimkentga yaqin bir maydonga qo‘ndik. Udaychilar yo‘qlig‘idan yasavul dastasini ikkiga bo‘lib, yarmini kaminaga, yarmini Ahrorxon to‘ra shig‘ovul topshirdilar. Har kuni ikkovlon Rusiya tarafiga qarovullikka mashg‘ul bo‘ldik.

Hosil ul-kalom, bir kuni salomga yig‘ilg‘on vaqtida, Badavlat qo‘lida bir kimxob to‘n, Mirzo Ahmad qushbegi qo‘lida ham bir kimxob to‘n olib chiqdilar. Badavlat kaminaga kimxob to‘nni kiydurib, tosh uqqog‘on tillo asoni “siz shig‘ovul”, deb qo‘limga topshirdilar. Mirzo Ahmad qushbegi to‘nni Ahrorxon to‘raga kiydurib, yana bir tillo asoni “siz udaychi”, deb ani qo‘liga topshirdi. Hosil ul-kalom, Ahrorxon to‘ra bag‘oyat g‘amgin va mahzun bo‘lib, xijolatu infiol tortib, nochor g‘amu g‘ussa birla o‘zini sabrga oldi.

Bir kuni O‘rusiya askari tamomi to‘pu to‘pxona bilan Chimkentga yaqin bir tepada urush boshladilar. Bu tarafdan Jomador noib ham to‘pxonalarini rostlab, ul tepa atrofiga qoraqundo‘g merganlarni joyladi. Rusiya to‘pi musulmonlarni bezovta qildi, ammo musulmonlar to‘pxonasi va qoraqundog‘ mergan o‘qi ham O‘rusiyani xo‘b besaranjom aylab, rus askarlarini mazkur tepadan surishib, pastga tushib, o‘rus tarafiga yurib, bir yerda to‘plandilar. Musulmon askari ularning orqasidan tushganda, ular miltiqlari bilan daf qildilar. Mingboy parvonachiga miltiq o‘qi tegib shahid bo‘lganda, ikki askar bir-biridan ajradi.

Ul kecha yotib erta bilan xabardor bo‘lsak, O‘rusiya tamomi Arasdan o‘tib ketibdi. Binobarin on, Badavlatni (Yoqubbekni) bir muncha askar bilan o‘rus orqasidan buyurib, Normuhammad parvonachi, Niyoz Ali dodxoh, Temur ponsad, Muhammad Yunus ponsadlarni: “Avliyo otaga boringlar, u yerdan kelgan o‘ruslar Avliyo otaga kirolmasun”, deb yubordi. Ammo Badavlat O‘rusiyaga ba ta’jid borgan ekan, deb yetolmay qytib keldi. Ammo Mormuhammad parvonachilar Tulkibosh va Qulondan o‘tib, Tezsuvga bormay, “O‘rusiya Avliyo otaga borib qolibdur”, deb yolg‘on aytib keldilar. Hol onki, Avliyo ota rusiyasi suvsizlik, uzoqlik vajhidan nihoyat tanglik va azob tortib, Normuhammad parvonachilar Chimkent kelganlaridan so‘ng, bir-ikkilab Avliyo otaga yetubdilar. Bu sababdan, Amirlashkar bularni beg‘ayratlik va bejur’atlik qilg‘on vajhidan g‘azabnok bo‘lib, Bayzoq dodxoh, qirg‘iz, qozoq, Mullo Zarif ponsad, Temur ponsad va Muhammad ponsadlarni Chimkentdan tashqari chiqorib, mazkur Bayzoqni to‘p og‘ziga bog‘lab, ottirib, boshqalarini sarboz miltiqi birla otib o‘ldirdi. Normuhammad parvonachini Toshkand hukumatidan olib, uning joyiga Mirzo Ahmad qushbegini hokim qilib, Normuhammad parvonachi sarkori va zakotchiyu amloklarini daxlu sarfini so‘rab, hisob-kitob qilish uchun kaminani Toshkandga buyurdilar. Faqir Toshkand kelib, hanuz ishi tamom bo‘lmay, Amirlashkar o‘zlari ham kelib, Eshon qozini xalifa sultoni Rumga elchi qilib, unga loyiq tuhfa va peshkashlarini topshirib, Eron va Qizilbosh yo‘li bilan jo‘natib, o‘zlari ham murojaat aylab, dohili Xo‘qand bo‘ldilar.

Bu tarafdan Chernaef jondorol O‘rusiya askari bilan Chimkentni qamab, bir-ikki kundan so‘ng, tadbir ustidan o‘zini qochg‘ong‘a o‘xshatib, andak orqasiga qaytibdur. Mirzo Ahmad qushbegi nodon mag‘rur bo‘lib, “O‘rusiya qochti va shikast topti”, deb tamomi askari bilan Chimkentdan chiqib, Rusiya orqasiga tushibdi. Chernaef jondiorol qaytib hamla qilib, bularni qochirib, Chimkentga kirmoq uchun majolu fursat bermabdi. Chimkent ichiga Rusiya askari tushib, Mirzo Ahmad qushbegi tamomi tavobiotu asbobu asliha, libosu anjomdan ajrab, otu qamchini tashlab, Toshkand tarafiga qochti. Bu xabar Xo‘qandga yetgandan so‘ng, Amirlashkar bag‘oyat mahzun va g‘amgin bo‘lib, janobi Badavlat marhumga buyurdilarkim: “Siz Toshkandga Mirzo Ahmad beaql qoshiga borib xabardor bo‘ling, minba’d mundog‘ majnunlik va ahmoqlik qilmasun. Mabodo Rusiya askari Toshkandga kelsa, shikast va xazinat topib to‘pu qo‘rg‘ondan tashqari chiqmasun, qo‘rg‘onni saqlasa, kifoya”, deb ko‘p ta’kid qildilar.

Necha kundan so‘ng, Chernaef jondorol Rusiya askari bilan Toshkand qasdida chiqdi, deb xabar keldi. Yana Amirlashkar ko‘p ta’kidi balig‘ birla inoyat yuborib, o‘zlari ham tamomi Farg‘ona lashkari bilan otlanib, Oqjar kemasidan daryodan o‘tib, ertasi Bobo tarxonga qo‘nib, namozi asrdan so‘ng Amirlashkar bilan men ikkovlon sho‘rbo ichib turgan vaqtda, Yusuf Qoshg‘ariy degan yigit: “Toshkandni Chernaef jondorol Rusiya askari bilan kelib qamab, qo‘rg‘onga yugurdi va janobi (Yoqubbek) Badavlat ko‘p g‘ayrat va shijoat ko‘rsatib, Rusiya askari shikast topib qaytdi”, degan mazmunda ariza olib keldi. Amirlashkar: “Qo‘rg‘ondan hargiz chiqmanglar”, deb ba ta’kid inoyatnoma birla bu odamni qaytarib, o‘zlari ham tez Bobo tarxondan otlanib, Kandir dovonidan o‘tib, Kelov mavzeiga, undan To‘ytepa, To‘ytepadan Toshkandga Ming o‘rik mavzeiga qo‘ndilar. Tamomi Toshkand, ulamo-fuzalosi va mashoix u yerda sharafi muloqotga musharraf bo‘lib,bir-ikki kundan so‘ng, Toshkand o‘rdasi dorul-amorasiga kirib, muhimoti zaruriyai mulkga jahd qildilar.

Janobi Amirlashkar Qoshg‘ar va uni tavobioti ta’rifini va fuqarolari farmonbardor va jam’uyati betakallufligini ko‘p eshitgan sababli, kaminadan necha karrot ul viloyat avzoi va atrofini so‘rab, uni qo‘lga kirguzmoq va tasarruf qilmoq shavqi ko‘gullariga tushgan va istilo topgan edi. Bu fikr bilan uch kungacha hech kimga salomga va suhbatlariga yo‘l topmoqqa ijozat va ruxsat bermadilar. Faqat kamina atrofu javonib axborini olib kirur erdim va hech odam ushbu muddatda janobi Amirlashkarni ko‘rolmadi. Ammo janobi Badavlat bu voqeadan bag‘oyat vahmnok va andishamand bo‘lib, kamina manziliga kelsam, “Jon uka, az baroi Xudo, ogoh qiling, bu nima ish va nima voqeadur”, deb so‘radilar. Kamina javob berdimki, janobi Amirlashkar sizni podshoh qilmoq xayoli va andishasida yururlar. Mundan boshqa sizga bir zarra zararu zahmat va nuqson yetgurmoq hargiz go‘shan xotirlarida yo‘q”, deb qasam birla xotirjam’ qildim.

Janobi Amirlashkar uch kundan so‘ng, tamomi sarkarda va umaroi sipohlarini salomga ruxsat berib, arkoni davlat bilan Qoshg‘ar maslahatini o‘rtaga soldilar. Oxirlari bu ma’no qaror topdikim, Jahongirxon to‘ra o‘g‘li Buzrukxon to‘rani hozir qilib dedilarki: “Siz Qoshg‘arga to‘ra va xon, ammo yurtdorlikka va olmaqu bermoq va urmoq, o‘ldirmoq va azlu nasb va munga o‘xshash ishlar tamoman (Yoqubbek) Badavlat ixtiyorida bo‘ladur. Anga siz hargiz daxlu taarruz qilmay, xonlik va to‘ralik otiga qanoat aylab, ayshu ishratga mashg‘ul bo‘lib, Badavlat ishoratidan hargiz chiqmaysiz”, deb, ushbu ma’niga qattiq qasamlari birla ahdu paymon qildurub, Qur’on ko‘tardilar.

Janobi Badavlat o‘zlari minmoq uchun kaminaning bir otini so‘radilarva faqir mazkur otni tillo jabduqi va tillo qo‘tozu zarrin kajimlari bilan xizmatlariga yuborib va har taqdir xushu xurram Qoshg‘ar tarafiga jo‘nattilar.

Amirlashkari marhum Iqon muhoribasiga

otlanganlari bayoni turur

Andin so‘ng, Amirlashkar Iqon g‘azotiga taraddud qildilar. Biz uning asbobu anjomlarini rostlab, tamomi askariya va to‘pu to‘pxona bilan Sariog‘och yo‘lidan Chimkentga kirmay, Arsan bo‘yiga qo‘nib, undan ko‘chib, Chilik qishlog‘iga, keyin ko‘chib Iqonga qo‘ndik. U mavzeda namozi shomdan so‘ng, xufton vaqtiga yaqin bir muncha o‘rus askari Turkistondan chiqib kelib, Iqon yaqiniga qo‘ndi, deb xabar keldi. Amirlashkar marhum: “Siz qo‘shu pilta va xazinalarni Iqon ichidan tashqari olib chiqib, xabardor bo‘lung”, deb buyurdilar.

Kamina Iqon ichidan chet mavzega qo‘sh va xazinalarni olib chiqib, ul kecha hushyorlik va bedorlig‘ bilan bo‘ldim. Ertasi Amirlashkar xizmatlariga kelib ko‘rdumki, O‘rusiyaning yuz nafarga yaqin odami bir joyda to‘pdur. Bizning askarlarimizning tamomi atrof va javoniblarini olib, ammo to‘pu miltiq o‘qidan hech kim ularga yaqin borolmaydur. Nochor qorabo‘yra qilmoq taraddudiga tushib, shohu namad va samonu arqon jam’ qilib, tamomi askariya o‘ruslar atrofu javonibidan qorabo‘yrani andak-andak surub, ani panohida askar ham O‘rusiyaga yaqinlashib va nohoyat yaqin bo‘lg‘ondan so‘ng, askariya qorabo‘yra orqasidan chiqib, O‘rusiya qo‘shiniga hujum qildilar. Rusiyadan ajal yetgani o‘lib, boqimonda elik nafardan ortiqroq o‘rus to‘pini ko‘ziga sug‘oron po‘lod six qoqib, o‘zlari qo‘ldan chiqib, soniy ohistalik bilan Turkiston tarafiga yurdilar. Musulmon askari ularni atrof javoniblarini qurshab, sa’y taraddud qildilar. Ammo Rusiyaning nizomlik va qonun bilan otadurg‘on miltiqi o‘qidan ularni olmoq muyassar bo‘lmay, salomat Turkiston viloyatiga kirib ketdilar. Amirlashkar tamomi Iqon fuqarosini amvolu asbob va muto‘u ashyolari bilan tamoman Iqondan ko‘chtirib, tevayu otlarga yuklab, borg‘on yo‘limiz bilan Toshkandga qaytdi. Iqon fuqarolarini Toshkandga joylab, Marg‘ilon hokimi Qo‘sh parvonachini Toshkendga va Toshkand hokimi Mirzo Ahmad qushbegini Marg‘ilonga hokim qildilar. Andin so‘ng, o‘zlari murojaat aylab, dohili dorus-saltanati Xo‘qand bo‘ldilar.

Bir necha muddatdan kaminai haqir hamisha sulh orzuyini qilar erdim. Yana fursat topib, janobi Amirlashkar xizmatlariga borib: “Hozir qish fasli va urushu muhoriba yo‘q, tinchlik va xotirjamlik mahalidur. Shu vaqtda bir xushyor odam Toshkand borib, Chernaef jondorol bilan musoliha vajhidan so‘zlashsa, yamon bo‘lmasa kerak”, deb arz qildim. Janobi Amirlashkarga maqbul bo‘lib, “Bu ishga o‘zingiz munosib va loiq”, deb kaminani Toshkandga buyurdilar. Kamina Toshkand borib, o‘z jonibimdan qilmay, Mullo Nurcha zakoti tilidan Chernaef jondorol nomiga sulh vajhidan nihoyat muloim va muhabbatangiz xat yozib, savdogar ahlidan Mullo Abusaid hoji va Muhammad Karimbekni elchilik tariqasida Chimkentga yubordim. Jondoroli mazkur bularni izzat va ikrom aylab, kitobatlarini ko‘rib, “Menga bu xatni yozmoq uchun Mullo Nurcha zakotining haddi sig‘mas. Xat egasi kim ekanini o‘zim bilurman. Mendan salom aytursizlar”, deb shirin va dilpisand iborat bilan xat yozib, elchilarni qaytardi.

Hosil (ul-kalom), bir-ikki va uch daf’a odam borib kelg‘ondan so‘ng, bir daf’a Chernaef jondorol kaminaga yozibdurki, “Man o‘ylaymanki, sulhu oshti va yarash sizlarni tillarinda bor, ammo dillaringda yo‘q. Na uchunkim, ikki podshoh orasinda har qancha urush va muhoriba bo‘lsa ham, savdogarni bormoq-kelmog‘i man’ bo‘lmasa kerak. Sizlar bu yil savdogarni yubormadinglar va ham Chimkentga o‘ruk va mayiz bermakni man’ qildinglar”, deb yozibdur.

Kamina javob berdimki, “Rasmu qoida shu erdiki, Toshkand, Xo‘qand va tamomi Turkistonu Farg‘ona savdogarlari yuklarini bog‘lab tayyor bo‘lganda, sizlar tarafidan tojirlar tevalar bilan kelib, yo‘l yuklarini kira qilib, olib ketardilar. Bu yil tojirlar yubormadingiz, tamomi musulmonlar moli kirakashsiz qolib, ko‘p zarar bo‘ldi. Mulohiza qilmoq kerakkim, savdogarni man’i bizlardanmu yo sizlardanmu? Ammo o‘ruk va mayiz bo‘lsa, bu yili Toshkandu Xo‘qandda qish nihoyat qattiq bo‘lib, daraxtlarni sovuq urib, meva jinsi nihoyat oz va qiymatdur. Shu sababli, savdogar o‘zi bormadi, hech kim man’ qilgan emas”.

Alqissa, oramizga kitobat birla oshnolig‘ va muhabbat tushgandan so‘ng, kamina yozdimki: “Ikkovlon sababimiz birla ikki podshoh oralariga sulh voqe’ bo‘lsa, tamomi xalqullohga naf’u foydasi yetsa kerak. Ammo, avvalan, chegara muqarrar va muayyan bo‘lsa, yaxshi bo‘lur edi”.

Chernaef javob yozdilarki: “Sizning murodingiz sarhaddin Chimkentdur. Bu ish hargiz bo‘lmasa kerak, chunki men Chimkentni ko‘p mehnat va mashaqqatlar bilan oldim va uni tobe’ bo‘lg‘onini improturi a’zam xizmatlariga arz qilg‘onman. Mundog‘ joyni sarhad qilmoq mumkin ermas. Lekin chegara Sharobxona bo‘lsin. Sharobxonadan Chimkent tarafiga musulmon askari va Toshkand tarafiga Rusiya askari o‘tmasin. Bu ma’noda xon va Amirlashkardan xat olib bering, man ham improturi a’zam qo‘llarini qo‘ydurub berib, mustahkam qilaylik”, debdi.

Kamina bu musolahani (sulhni) davlati azim va katta g‘animat fahmlab, janobi Amirlashkar xizmatlariga ariza yozib, jondorol xatini qo‘shib berdim. O‘zim shukronaga hazrati Zangi ota ziyoratiga mashg‘ul bo‘ldim. Ul mavzeda Bahrom otlig‘ g‘ulom janobi Amirlashkar xizmatlaridan muboraknoma kelturdi. Mazmuni shulkim: “Musoliha ishini mavquf qo‘yub, o‘zingiz Toshkanddan Shodibek dodxoh, Xayr Muhammad yovar va Chordara hokimi Berdi Murod eshiko‘alarni hamroh olib, Xo‘jand (kelib), mani duo qiling”.

Kamina nochor bitgan ishlarni tashlab va tayin qilg‘on odamlarni olib, Toshkanddan jo‘nab, Kirovuchiga, Kirovuchidan sahar vaqtida jo‘nab, avvali vaqti peshin Xo‘jand daryosi labiga borib, daryodan o‘ttim. Amirlashkar ark ostidagi bog‘da istirohatga mashg‘ul ekanlar. Sharafi qadambo‘si uchun bog‘ga kirdim va udaychilar Amirlashkarga xabar bermoq uchun jur’at qilmadilar. Nochor kamina tuhfa va peshkashimni olib, bog‘ omorati tarafiga muyavajjuh bo‘ldim. Bu asnoda yakbora Amirlashkari marhum imorat eshikini ochib, baland ovoz bilan: “Sizga istiqbol chiqsam”, deb iltifot qildilar. Kamina sharafi qdambo‘s hosil qilganimda, muborak qo‘llari bilan qo‘limdan olib, ark tarafiga mutavajjuh bo‘lib, arkka olib kirdilar. Alhosil, peshin xangomidan to xuftan vaqtigacha xizmati shariflarida bo‘lib, bo‘lgan tamomi voqeot va hodisotni arz qildim. Janobi Amirlashkari marhum nihoyat xursand bo‘lib dedilarkim: “Bu muhosila nihoyat yaxshi va pisandidadur va mundan yaxshi maslahat yo‘q. Ammo, bir nukta meni qabul qilmoqdin man’ qiladur”.

Faqir arz qildimki: “Ul nuktani kamina ham anglasam, yamon bo‘lmas”. Marhamat qildilarki: “Bu musoliha, albatta, xalqulloh manfaati va yurtosoyishi, dinu millat rivoji erur. Ammo… bu musolihani qilsak, odamlarimiz nodonlikdan, Amirlashkar va shig‘ovul degan ikki mal’un o‘z osoyishi va ayshu ishratini ko‘zlab, bu qadar musulmonlarni o‘rusga tashlab, sulh qildilar. Agar bular g‘ayrat va hamiyat qilsalr, hammamiz g‘azotga otlanib, bul taraf O‘runburxga va ul taraf Simifulod, Shamaygacha olar erduk”, deb o‘zimizga va o‘lganimizdan so‘ng, farzandu nabiralarimizga la’natu nafrat yuborsalar kerak. Emdi urush bo‘lsa, mendan boshqa kishi o‘lmay, tanho men o‘lub, xalq halos topar. Muncha nafrin eshmak nima hojat emdi. Bizga musoliha vajhidan so‘z qilmang, toki savdom qo‘zg‘olib, sufram g‘alaba qilmasun”, dedilar.

Kamina ham so‘zlashga majolim qolmay, sukutdan o‘zga chora topmadim. Alhosil, Xo‘jand hukumatidan Ahrorxon to‘rani olib, o‘rniga Tog‘ayquli dodxoh o‘g‘li Muhammad Ayyub mirzoni nasb aylab, dorussaltanatga Xo‘qandga murojaat qildilar. Ho‘andga kelg‘ondan so‘ng, sipohiya va askariya libosu sarpo bermak taraddudiha tushib, sarpo berib turgan vaqti Toshkand hokimidan “Chernaef jondorol tamomi Rusiya askari va to‘pu to‘pxonasi bilan Toshkand qasdida Chimkentdan chiqti”, degan xabar keldi.

Amirlashkari marhum Toshkandda Chernaef

jondorol bilan muhoriba qilib shahid

bo‘lg‘onlari bayoni turur

Amirlashkari marhum darhol lashkar jam’ bo‘lishi uchun Marg‘ilon, O‘sh, Shahrixon, Namangon va Chustga odam yuborib, ularni askari yetguncha sabru tahammul qilmay, Xo‘qandga hozir bo‘lg‘on askar va to‘pxona bilan Toshkand tarafiga otlandilar. Chilmahram kemasidan daryodan o‘tib, Simg‘ar mavzeiga o‘tub, subhi sodiqda qo‘shin Simg‘ardan ko‘chub yurg‘ondan so‘ng, kaminani: “Siz qo‘shin oldig‘a tushub, Sarimsoqli davonidan o‘tkondin so‘ng, bir joyda qo‘shunni qo‘nduring”, deb buyurdilar. Kamina ta’jil va shitob birla yurub, Sarimsoqli davonidan o‘tub, bir yaxshi sabzazoru alafzor joyga qo‘shinni qo‘ndirmoqchi bo‘ldim. Xon va Amirlashkar xayma va borgohlarining joyini tayinlab turgan vaqtda Amirlashkar o‘zlari ham yetib kelib: “Mundan andak ilgari yiroq o‘tung”, deb buyurdilar. Kamina yana qariyb bir farsax yurib, bir suv og‘zig‘akim, nihoyatda pokiza va alafzor ekan, qo‘nub, qumg‘on va choyjo‘shlarga o‘t qo‘yub, suv qaynagan vaqtda, Amirlashkar yetib kelib qo‘ndilar. Bir-ikki piyola choy ichgan mahalda Toshkanddan Aliqul udaychidanki, Toshkandga ilg‘orlik tariqasida borgan edi, ariza keldi. Mazmuni shulkim: “Chernaef jondorol kelib, Sho‘rtepaga qo‘nub, Toshkand muhosirasiga mashg‘uldir. Ammo Toshkand fuqarolari avzoi boshqa bo‘lub, aqidalari buzilg‘onga oxshaydur”.

Janobi Amirlashkar arizani o‘qib, kaminaga “Muni ko‘rung”, deb tashladilar. Kamina ko‘rub: “Bul bir behuda xayol va vasvasadur. Aliquli udaychi o‘zi fahmi noqis birla shul tariqa o‘ylabdur, ammo to janobingiz ayomi hayotda borsiz, Toshkand ahlining ixlosu aqidasi hargiz tag‘yir va zavol topmas”, deb arz qildim. Amirlashkari marhum marhamat qildilarki, “Siz va Rustambek dodxoh o‘g‘li Rajabbek bilan Toshkandga borib, fuqaro ahvolini xo‘b fahmlab, menga ariza yozinglar, to anga qarab ish qilayluk”. Faqir arz qildimki: “Ikkimiz na darkor? Birimiz kifoya qilurmiz. Ammo tamomi Toshkand ahlidan g‘ayr az jonbozlik va jonsiporlik hech bir noloyiq ish sodir bo‘lmasligiga men kafilman”, dedim. Yana savol qildilarki: “Bu mavze bilan Kirovuchi orasi masofati qancha ekan?” Kamina: “Men o‘zum yurib ko‘rgan emasman, illo xalq so‘zidan ma’lum bo‘lardiki, masofati bir farsaxga yaqinemish”. Janobi Amirlashkari marhum: “Andog‘ bo‘lsa, Kirovuchiga tushsak, Toshkandga o‘zungiz borursiz. Toshkand hokimi va akobiru ashroflariga inoyatnoma yozub, namozi shomdan so‘ng: “Otlaringizga xoshoku yem berib, tayyor bo‘lung, kechalab yurursiz”, deb buyurib, o‘zlari o‘tovdan xos xaymaga tashrif keltirdilar.

Kamina inoyatnomalarni yozib, otlarga yem berib, xos xayma eshigiga borsam, ittifoqan Amirlashkar harorati oshib, isitma shiddatidan o‘zlaridan bexabar va behud qo‘l-oyog‘larini tashtdagi suvga solib yotgan ekanlar. Muloqot qilmoq muyassar bo‘lmay, Bahrom otlig‘ g‘ulambachchaga: “Har vaqt Amirlashkar hushlariga kelsalar, mening hoziru muntazirligimdan xabar qil, vaqt o‘tmasun”, deb ta’kidlab, xayma eshigida o‘tirdim. Xili muddatdan so‘ng, hushlariga kelib, kamina ham xizmatlariga kirib, muborak muhrlarini olib, inoyatnomalarni muhrladim. Toshkand hokimi, akobiru ashrofiga loyiq va munosib libosu sarpolarni xazinai olydan olib, janobi Amirlashkar bilan vido‘ qilib, kechasi jo‘nab, ertasi choashtgohda dohili Toshkand bo‘ldum. Qo‘sh parvonachini ko‘rib, uning libosu sarposini berdim. Undan so‘ng shahar ichiga tushub, qozikalon, ulamo, fuzalo va mashoyixlarni ko‘rib, ularga tayin bo‘lg‘on libos va sarpolarni berib, Amirlashkar xaqlariga duo oldim. Namozi shomdan qo‘rg‘onni aylanib, har jam’iyat va darvozada to‘xtab fuqarog‘a dildorlik berib, Amirlashkar marhamatlarini va yaqin kelg‘onlarini yetkazdim. Alhosil, namozi bomdod vaqtidan so‘ng, qo‘shu manzilimga kelib, ikki-uch kecha tamoman uyqudan qolg‘anim sababli va saraton oftobining haroratidan tamomi a’zo va ajzolarimdan qattiq harorat istilo topib, behush yiqilib, o‘shal kuni olamdan nima o‘tg‘onini va nima bo‘lg‘onini hargiz bilmayman. Ertasi to‘p ovozi bilan filjumda o‘lik misoli bemajolo‘zimga keldim. Xabardor bo‘ldimki, Kirovuchidan men jo‘nag‘ondan so‘ng, qazovu qadar va ajali muqaddar tortishi birla Amirlashkar Toshkandga kelib, O‘rusiya askari bilan urush va muhoribaga mashg‘ul bo‘lg‘on ekan. Rusiya askari musulmonlar to‘pu miltiqi zarbidan besaranjom bo‘lub turg‘on vaqtda taqdiri ilohiy birla O‘rusiya askaridan bir o‘q Amirlashkarga tegib, otdan yiqilibdilar. Musulmon askari urushni qo‘yib, ul kishini otga olib, shaharga kirg‘uzmoqqa mashg‘ul bo‘lganda, Rusiya lashkari amon va g‘alaba topti. Agar bir soat yoki yarim soat muhlat bo‘lsa edi, vallohi a’lam, O‘rusiya askariga shikast va mag‘lubiyat nasib etardi. Lekin Xudovandi azza va taolo irodasi Turkiston va Farg‘ona viloyati improtur tasarrufiga kirmoqg‘a taaluq ekan, fursat bo‘lmay, bu hodisa yuz berdi. Ammo, Amirlashkari marhum shaharga kirib o‘lgunlaricha umaro va sipohlarni g‘azotga va qo‘rg‘on muhofizatiga targ‘ib aylabdilar. So‘ng ruhi shariflari qafasni qoldirib, oshyoni qudsiyga parvoz aylabdi. Olloh ularni rahmat qilsin. Ul vaqtda umri shariflari taxminan o‘ttiz uch yo o‘ttiz to‘rt yoshida edi. Amirlashkar vafotidan so‘ng, Mirzo Ahmad qushbegi va Bekmuhammad qushbegi va Toshkand hokimi Qo‘sh parvonachi tamomi Farg‘ona askarini boshlab, Xo‘qand tarafga qochtilar. Kamina bularni harchand har qaysilariga odam yuborib: “Bu qilg‘on ishlari savob va maslahatdan yiroqdur, shaharga kirsunlar, O‘rusiya dushman bo‘lsa ham… Amirlashkar shahid bo‘lg‘onini ma’lum aylab, yaxshilik bilan qaytaylik”, desam ham qabul qilmay va quloq solmay, yuborgan odamlarimga javob bermay, Xo‘qandga kelib, Bekmuhammad qushbegi, Mirzo Ahmad dasturxonchi bo‘lib, Xudoyquli degan manqubi falokatzadani xon ko‘tarib, Farg‘ona viloyati qasru hukumatini aylab, buzdilar…