Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Qazonli Xaritunuf matbaasinda tahrif tab’ qiling‘on Kalomi sharifni tabo‘ig‘a

Description

Автор: Каримбек Ками.

Название: Qazonli Xaritunuf matbaasinda tahrif tab’ qiling‘on Kalomi sharifni tabo‘ig‘a

Источник: Oyna. 7 декабря 1913г № 7. А также: Karimbek Kamiy. Dilni obod aylangiz. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1998.

Страницы: 70.

Язык: узбекский, сатирическое стихотворение.

Тема - Коран, изданный с опечатками в Казани в типографии Харитонова.

Каримбек Ками (1865-1922)- узбекский поэт, уроженец Ташкента.

Categories

Адам Бог Географические названия Издательство Казань Ками Коран Мухаммад Оценка Печать Писание, Священное Религия Самооценка Харитонов

Editor

B.S.

Text

Xudodin qo‘rqmayin ham xalqdin sharmu hayo qilmay,

Na deb qilding, ayo taboh, tahrifi Kalomulloh?!

O‘zing insof qilig‘il, bu nechuk jur‘at, nechuk zillat,

Magar san dushmani mag‘ruru johildursan, ey badroh.

Na maqsad o‘ldi sanga, haq kalomin aylading botil,

Na qasding bor edi dini Muhammadda, ayo badhoh?!

Taajjub, bir gunohe ayladingkim, sonisi bolmas,

Sani qilg‘an gunohing Odam o‘g‘li qilmadi, billoh.

Ayo hazratlar, dindoshlar, qarindoshlar, ortuq

Musulmonlarg‘a bu katta musibat bo‘ldi beashboh.

Alo, ey vorisi payg‘ambaron, ey hodiyi millat,

Qilinglar gayratu aylang bu ishni chorasin dilhoh.

Eshitgach boyla bir noxush xabarni hushdin kettim,

Kelib hushimg‘a bu g‘amdi yaqo chok ettimu, ming oh.

Kamiyning bir duosi shuldir, ey mo‘minlar, omin deng,

Ilohi, ketmasun hech kimsa kaj turub tuz roh.