Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Yaxshi

Description

Автор: Каримбек Ками

Заглавие: Yaxshi

Источник: Turkiston viloyatining gazeti 1902, 20 iyun, № 29. А также: Karimbek Kamiy. Dilni obod aylangiz. Tanlangan asarlar. Toshkent. 1998.

Страницы: 106-107

Язык: узбекский, дидактическое стихотворение.

Тема – утверждение духовных ценностей перед лицом материальных. В этой связи автор утверждает, что поп и церковь лучше, чем безнравственный муэдзин и мечеть с дурной славой.

Каримбек Ками (1865-1922)- узбекский поэт, уроженец Ташкента.

Categories

Богач Босяк Дэвона Мечеть Муэдзин Оценка Поп Религия Родственник Самооценка Церковь Чужак

Editor

B.S.

Text

Suxan yaxshimu yo durdona yaxshi,

Suxandona suxan, dur kona yaxshi.

Qarindosh, nomufoviq oshnodin

Muvofiq yetti yot begona yaxshi.

Puli ko‘p, aqli kam yangi chafondin,

Yalang‘och janda-yu devona yaxshi.

Dilekim, onda yoqdur otashi ishq

Ki, andin sham’ ila parvona yaxshi.

Kishidan sharbat ichgandin baminnat

Ki, to og‘zidin botg‘an qona yaxshi.

Kishi dunon elidin non yegondin,

Urub sindursa tish sandona yaxshi.

Kimekim, vada’e qilsa birovga,

Yetursa va’dasin poyona yaxshi.

Durug‘u kizb so‘zidin ming marotib,

Desakim bir so‘zi haqqona yaxshi.

Muqarrar, do‘stkim, bo‘lsa nodon

Ki, andin dushmani farzona yaxshi.

Hayou sharmu odobu tavoze’

Emas hayvonakim, insona yaxshi.

Muazzin chirku masjid bo‘lsa nopok,

Ki andin pop ila butxona yaxshi...