Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Madrasai gimnaziya tamoshosi husisida

Description

Автор: Каримбек Ками

Заглавие: Madrasai gimnaziya tamoshosi husisida

Источник: Karimbek Kamiy. Dilni obod aylangiz. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1998.

Страницы: 109-112.

Язык: узбекский, лирическое стихотворение.

Тема – рассказ о посещении одной из русско-туземных школ (гимназии) и хвала методике обучения в них.

Каримбек Ками (1865-1922)- узбекский поэт, уроженец Ташкента.

Categories

Астрономия Географические названия Гимназия Директор Ками Культура Латынь Медицина Мусульманское образование Наука Немецкий Остроумов, Н. Оценка Россия Русские слова Русский Русское образование Самооценка Сартия Старославянский Язык

Editor

B.S.

Text

Borub erduk kuni uch-to‘rt ahibbo,

Qilib gimnoziya sayrin tamanno.

Nikolay O‘stro‘umov direktor,

Ijozat berdi aylang deb tamosho,

Kirib ko‘rdukki, o‘g‘lonlar batartib,

O‘qubon ham yozar erkanlar imlo.

Ekanlar aksarisi to‘razoda,

Fatonat jabinidin huvaydo.

Tavozu’, xulqi xush, odob birla,

Qilib har birlari bizga musovo.

Biroz o‘z bilgan ilmu fanlaridin,

Ko‘ring deb, ayladilar oshkoro.

Birinchi xonada rusiy zaboni,

O‘qulurkan ikinchida farangcho.

Uchinchi darsxona ilmi lotin,

Beshinchi xonada ta’lim nemiso.

O‘qub bir jamiyat say’ ila doim,

Shashum darsxonada islovansko.

Oqulmay hech ilme qolmas erkan

Yetinchi, sakkizinchi xonasido.

Falakiyotu ham ilmi faroiz,

Nujumu hikmatu tibbi atibbo.

Yana bir necha ozga ilmlarg‘a

Bo‘lub komil, qilarkan so‘ngro.

Mudarrislar bor ekandurki, anda

Daqoyiq xayliga hushyoru dono.

Ul o‘g‘lonlarga aylab mehru shafqat,

Qilurkan ertadin to kech parvo.

Qiyom o‘lg‘och tushubon barcha o‘glon,

Xo‘rak aylar ekan tanho-batanho.

Yana bir katta yaxshi zol – imorat

Ki, bordur anda tasviri shahansho.

Bor ekan bir ibodatxonai xos,

Berilgan turfa anga zebu oro.

Yana bir necha o‘zga xonalarda

Jamii hikmat asbobi muhayyo.

Tuganmas nomin aytsam oni bir-bir,

Va lekin aylayin bir nukta imo.

Billur oyinadin bir charx ko‘rduk,

Bo‘lur aylansa misdin barq paydo.

Qilibon oncha tahsinu ofarinlar,

Ko‘rub, hayron qolib tushtuk sarpo.

Ko‘rub ibrat olurg‘a har shay’ini,

Kerakdur bo‘lmak avval chashmi bino.

Darig‘okim, bizing ham xonu shahlar,

Bo‘lub o‘tgan ekanlar hukmfarmo.

Bulardek qilmayin qonunu tartib,

Bulardek qilmay ilm ahlig‘a parvo.

Base, mag‘rur o‘lub davlatlarig‘a,

Ishi donish eliga bolmay aslo.

Qayerda ko‘rsa fozil yo hunarmand,

Alarg‘a yetkurub ozoru iyzo.

Ani suhbatlariga bermayin yo‘l,

Chiqorib balki o‘z shahridin imdo.

Yururlar erdi ishrat birla aylab,

O‘ziga necha bedonishlarni hamro.

Bular chun ko‘rsalar bir ahli fozil,

Qilibon izzatu ikrom barjo.

Ani suhbatlarig‘a xos aylab,

Navozishlar qilib ta’yin etar jo,

Binobar, ilmning xosiyatidin

Bo‘lubdur davlati Rusiya a’lo.

Bale, har shah nizomi bolsa bu tarz,

Bo‘lur, albatta, davlat ichra yakto.

Ko‘ring Rusiya ahli davlatidin,

Erur obod shahru dehu sahro.

Hisob etganda yuz Rusiya ichra

Chiqar bir omi, ul ham itifoqo.

Vale, Sartiya xalqi ichra yuzdin

Chiqar bir mullo, ul ham unda-mundo.

Qabul etmaz esa bu sozni har kim,

Qiyos aylab tafakkur aylasunlo.

Kamiy, so‘z ko‘bdurur, base qilg‘il emdi,

O‘qur elga malomat kelmasun to.