Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Toshkanlik Kamiy degan shoirning temir yo‘l xususida aytg‘on manzumasidur

Description

Автор: Каримбек Ками

Заглавие: Toshkanlik Kamiy degan shoirning temir yo‘l xususida aytg‘on manzumasidur

Источник: Turkiston viloyatining gazeti. 1895, 23 avgust, № 34. А также: Karimbek Kamiy. Dilni obod aylangiz. Tanlangan asarlar. Toshkent. 1998.

Страницы: 112-114.

Язык: узбекский, стихотворение.

Тема – хвала железной дороге, построенной благодаря заботам Российского государства. Благодаря ей паломникам теперь легче совершать хадж.

Каримбек Ками (1865-1922)- узбекский поэт, уроженец Ташкента.

Categories

Администрация Географические названия Железная дорога Ками Оценка Паломник Религия Россия Самарканд Самооценка Ташкент Транспорт Хадж Чиназ

Editor

B.S.

Text

Toshkanlik Kamiy degan shoirning temir yo‘l xususida aytg‘on manzumasidur

Qalamg‘a aytdim: “Ey jam’i zabondon,

Xaloyiqlarg‘a bir so‘z ayla e’lon.

Zamoni mozi birlan bu zamondin,

Gapurgil san o‘zing ikki zabondin.

Burung‘i asr qaydog‘ erdi, alon,

Erur qaydog‘ ey kilki suxandon”.

Dedi: “Ma’lumu ravshan aylayin men,

Eshitsang bul zamonu ul zamondin.

Qadim ayyom ko‘b erdi mashaqqat,

Suubat, kulfatu ham ranju mehnat.

Qilay taqrir man yuzdan birisin,

Gumon qil xoh yolg‘on, xoh san chin.

Biri shulkim, o‘zig‘a hajni lozim

Ko‘rubon bo‘lsalardi yo‘lg‘a ozim.

Dili dog‘ erdi yo‘lning mehnatidin,

Tani nosog‘ edi yo‘l kulfatidin.

Piyoda yo suvora yol kezardi,

Balandu past, tog‘u cho‘l kezardi.

Yurardi xavf birlan turfa g‘amnok,

Ko‘zida nam bo‘lib joni alamnok

Ki, ul hin erdi yollar ko‘b xatarnok,

Bo‘lurdi rohzanlar anda safnok.

Yetushmay maqsadi a’lolarina,

Tavofi ravzai Batxolarina.

Tegib bechora hojilarga rahzan,

Olibon ancha amvolu zarindan.

U miskinlarg‘a tortib xanjari tez.

O‘shal saffoklar aylardi xunrez.

Boribon bu tariyq ilan u yona,

Bir-ikki yilda qaytardi bu yona.

Eshitsang, vah, bu hol erdi o‘shal hin,

Bu taqririmda yalg‘on yo‘q bari chin.

Bas, endi o‘zgacha bo‘ldi zamona,

Agar sharh aylasam kelmas bayona.

Bul avon masarati tu amonda,

Hama obod bo‘ldi oz zamonda.

Magar Rusiya shohi davlatidur,

Ra’oyosig‘a mehru shavqatidur,

Tariqi adlni bunyod qildi,

Ra’yonlar barisin shod qildi,

Temir yo‘l etti inshosini jori(y),

Beribon jumla o‘z mulkig‘a yori.

Yaqin qildi uzoq yo‘llarni turfa,

Durust aylab yiroq yo‘llarni turfa.

Ne xush hujjojlarga bo‘ldi oson,

Temir yo‘l birla bormak hajga, ey jon.

Bo‘lub bexavfu bevahmu xatarsiz,

Borur, ham tez kelgaylar zararsiz.

Qaroqchi, rohzanlardin amonda,

Temir yo‘l bo‘lurkim, har qayonda,

Mashaqqat, ranju kulfat ko‘rmag‘ay hech,

G‘amu anduhu mehnat ko‘rmag‘ay hech.

Bu yanglig‘ rohatafzodur temir yo‘l,

Huzuri jumla jonhodur temir yo‘l.

Temir yo‘l dema, bir taxti ravon de,

Yururda go‘iyo obi ravon de.

Yaqin muddat Samarqanddin yetishgay,

Yo‘li bu Toshkand sorig‘a tushgay.

Kelur lekin Chinos atroi birlon,

Ko‘rursan, ey Kamiy, bo‘lsa amon jon.

Temir yo‘l kelsa yo‘qtur hech ziyoni,

Ajab ermaski, bor o‘lsa hayoni”.

Qalam bu nav’ tahrir etti so‘zin,

Xaloyiq tashlasun deb so‘zg‘a ko‘zni.