Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Dar ta’rifi paxta

Description

Автор: Сидки Хондайлики

Заглавие: Dar ta’rifi paxta

Источник: Sidqiy Hondayliqiy. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1998.

Страницы: 106-108.

Язык: узбекский, стихотворение.

Тема – хлопок и хлопководство.

Сидки Хондайлики(1884-1934)- узбекский поэт.

Categories

Андижан Бог Земледелие и ирригация Оценка Самооценка Хлопок

Editor

B.S. A.E.

Text

Haq o‘zi manga mehribon o‘ldi,

Boshima lurfi soyabon o‘ldi,

Toleim yana ham’inon o‘ldi,

Maqsadim gul qilib ayon o‘ldi,

Xastadil turfa shodmon o‘ldi,

Kim bori hojatim ravon o‘ldi.

Man edim bir kun nishot talab,

Har tariqadin turur edim so‘zlab,

Mani to keldi bir kishi yo‘qlab,

Ochdi ul dam-badam fasonag‘a lab,

Xastadil turfa shodmon o‘ldi,

Ya’ni bu tarzi qissaxon o‘ldi.

Dedikim: “Andijon erur ma‘mur,

Chunki Haq rahmatin nishoni erur,

Barcha ofoq aro erur mashhur,

Ahli ayshi nishot ila masrur,

Xastadil turfa shodmon o‘ldi,

Kambag‘al tuxmi benishon o‘ldi”.

Man dedim: “Bu emasmu fazli Xudo?

Bo‘yla davlat alarg‘a qildi ato,

Ki desang ushbu ayshu no‘shu navo, –

Boisi paxta,– bu so‘z asru xato!”

Xastadil turfa shodmon o‘ldi,

Bu so‘zingdin sanga ziyon o‘ldi.

Ul dedi: “Ore, fazli rab bo‘lg‘ay,

Qayda bir narsa betalab bo‘lg‘ay,

Paxta olmoqda ko‘p taab bo‘lg‘ay,

Sa’yimiz, ya’ni ro‘zu shab bo‘lg‘ay,

Xastadil turfa shodmon o‘ldi,

Bosh chekib g‘o‘za zarson o‘ldi”.

Men dedim: “Toki chekmas mehnat,

Kimsa tobmas sharofatu izzat,

Kimki mehnat qilur, ango rahmat,

Qurusun qilsa kim anoniyat,

Xastadil turfa shodmon o‘ldi,

Elning ko‘ziga ul yamon o‘ldi”.

Ikkimiz o‘rtamizda so‘z qochdi,

Yona ul ushbu so‘zg‘a lab ochti,

Paxta madhig‘a durin sochti,

Ta‘rifi haddi g‘oyadin oshdi,

Xastadil turfa shodmon o‘ldi,

Andijon chunki zarg‘a kon o‘ldi.

Bo‘libon ushbu xayl fasonanavoz,

So‘z samandig‘a beribon taku toz,

Anga man ayladim bu qissani boz,

Ya‘ni yo‘q Andijonda ahli niyoz.

Xastadil turfa shodmon o‘ldi,

Ayshdin pirlar javon o‘ldi.

Ul dedi, yona lutfi Haq birlan,

Keldi bu shahri Andijong‘a vagon,

Keltirur tojir ahli g‘allau don,

Shukrilillah, bari erur arzon,

Xastadil turfa shodmon o‘ldi,

Andijon ahli komron o‘ldi.

Man dedim anga ushbu so‘zni go‘zal,

Qilmayin shahri Andijonni o‘sal,

Saqlasun ul xudoy izzu jal,

Yetmasun chashmi baddin anga zalal,

Xastadil turfa shodmon o‘ldi,

Andijon go‘yiyo jinon o‘ldi.

Ul dedi: “ Fasli kuzda bir necha oy,

To‘ladur paxtaga do‘konu saroy,

Solibon zovud ichra bir necha boy,

Qilg‘oy obod paxtadin ko‘b toy,

Xastadil turfa shodmon o‘ldi,

Paxtalardin do‘konu vagon to‘ldi”.

Men dedimki: “Xudoyo, shamsu qamar

Solmasun ahli Andujong‘a zarar,

Ham yana qilmasun mizohi saqar,

Esmasun gulistonig‘a sarsar,

Xastadil turfa shodmon o‘ldi,

Loyiqi izzati Andijon o‘ldi”.

Markab ahli toziyona urub,

Har sori chobqay erdi oni surub,

Ul aroda kelur edi yugurub,

Ot boshini man sori der erdi burub:

“Xastadil turfa shodmon o‘ldi,

Har kishi o‘z boshig‘a xon o‘ldi”.

Ushbu so‘zdin mango erdi bu murod,

Mani har kim agar qilay desa shod,

Yaxshi so‘z birla aylasun mani yod,

Bo‘lsun ani, ilohi, umri ziyod,

Xastadil turfa shodmon o‘ldi,

Qilkim oxirda xushbayon o‘ldi.

Qilki Shevan bu qissalarg‘a chunon,

Ko‘rguzub sur’at ani yozdi ravon,

Qo‘ydi dahr ichra o‘zdin ushbu nishon,

Kim gul umri keldi bepoyon,

Xastadil turfa shodmon o‘ldi,

Elg‘a bu so‘z chu armug‘on o‘ldi.