Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Firoq namunasi

Description

Автор: Сидки Хондайлики

Заглавие: Firoq namunasi

Источник: Sidqiy Hondayliqiy. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1998.

Страницы: 110-111.

Язык: узбекский, стихотворение.

Основная тема стихотворения – пессимистические размышления героя, привлеченного на тыловые работы во время Первой мировой войны.

Сидки Хондайлики(1884-1934)- узбекский поэт.

Categories

Военное дело Оценка Разлука Самооценка

Editor

B.S.

Text

Dema holing nechuk, sharhi bayonidan adashganman,

Qarini dardu g‘am, shodi jahonidan adashganman.

Agar bir piri komil iltifoti tutmasa ilkim,

Tamanno manzilin rohi ravonidan adashganman.

Yuzum sarg‘arg‘oni holi dilim bir-bir bayon aylar,

Magar bu hol ila bir dilsitonidan adashganman.

Falak zulmi, zamona gardishi bag‘rimni qon etti,

Bu yanglig‘ qahri foniy shodmonidan adashganman.

Nedin qumrisifat faryod ila man hamnafas bo‘lmay,

Nazokat bog‘ining sarfi ravonidan adashganman.

O‘zum nodonlig‘im boshimg‘a yetti, kambaho bo‘ldum,

Shariat bahrining durri garonidan adashganman.

Ko‘rubon gungu lol ayb aylamangiz, do‘stlar, hargiz,

Xazon fasli chu bulbul gulsitonidan adashganman.

Bilolmasman na yerg‘a borishimni telbarab, Sidqiy,

Ki bul kun ixtiyorimni inonidan adashganman.