Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Sizlarg‘a mujda

Description

Автор: Сидки Хондайлики

Заглавие: Sizlarg‘a mujda

Источник: Sidqiy Hondayliqiy. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1998.

Страницы: 115-116.

Язык: узбекский, стихотворение.

Тема – радость женщины, муж которой вернулся домой после прифронтовых работ во время Первой мировой войны.

Сидки Хондайлики(1884-1934)- узбекский поэт.

Categories

Оценка Самооценка Чужбина

Editor

B.S.

Text

Falakni javridin singan o‘shal bolu parim keldi,

Vujudim bog‘i naxli, ravshani chashmi tarim keldi.

Xudoning shukrini qaysi zabon birla ado aylay,

Karam daryosi jo‘sh urdi, duraxshon gavharim keldi.

Firoqida damodam, ey, ko‘zum qonlar to‘kar erding,

Bas emdi qon yoshingni to‘kmakim, ul dilbarim keldi.

Musofirlikda rangi qahrabo yanglig‘ sarig‘ bo‘lg‘on,

Qizil guldek yuzi so‘lg‘on, mening bog‘u barim keldi.

G‘ariblig‘da jafo chekkan, sitam tortgan, alam ko‘rg‘on

Qadi g‘amdin duto bo‘lg‘on, mashaqqatparvatim keldi.

G‘aribliq yurtida hayronu sarson o‘lmasun hech kim,

G‘aribu notavon o‘lg‘on sitamkash rahbarim keldi.

G‘aribliq yurtida ochin-to‘qun ishlab sovug‘larda,

Qadi hamliq, ko‘zi namliq, yuzi chun za‘farim keldi.

Zamona gardishidin ko‘p jafolar chekmagan kim bor,

Xudoga shukrkim, ko‘zimni nuri – sarvarim keldi.

Jafo birla ezilg‘on dil shifo tobti, bukun Sidqiy,

Ki ul hozuq tabibi g‘amzada nek axtarim keldi.