Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Saodatlu hurriyatimiz uchun tabrik

Description

Автор: Сидки Хондайлики

Заглавие: Saodatlu hurriyatimiz uchun tabrik

Источник: Sidqiy Hondayliqiy. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1998.

Страницы: 145-179.

Язык: узбекский, поэма.

Тема - поздравления по поводу обретения свободы после Февральской революции.

Сидки Хондайлики(1884-1934)- узбекский поэт.

Categories

Администрация Деспот История Миршаб Оценка Политика Полиция Правительство Право и судопроизводство Русские слова Самооценка Свобода Старая власть Ура Февральская революция

Editor

B.S.

Text

Sizlarg‘a bo‘lsun ushbu yangi zamon muborak,

Beruh tang‘a kirg‘on bu toza jon muborak.

Har ko‘chalarda “Urra!” tortib, qilib namoyish,

Bayroq tagida aytg‘on nutqu bayon muborak.

Yangi hukkumatimiz bizg‘a berib hurriyat,

Yaxshi ko‘z ila boqti, ey, musulmon muborak.

Ul barcha eski zolim zindon aro yopildi,

Sizlarg‘a, ey, musulmon, mundog‘ nishon muborak.

Boroni adl birlan bizlarni bu viloyat

Bo‘lsa ajab yo‘q aslo, rashki jinon muborak.

Hurriyat oyi tug‘di adl osmoni uzra,

Vaqti sadoqat o‘ldi, amnu amon muborak.

Aylab fido tanu jon xo‘b qildilar namoyish,

Bas, baxtimizga bo‘lsun yoshlar omon muborak.

Ul shumu nahs tole’, Eski Hukumat ahli

Bir kunda el ko‘zidin bo‘ldi nihon muborak.

Mirshab-palisa itdek tishlardi el ayog‘in,

Bir kechada yo‘q o‘ldi, ketdi qayon muborak.

El qonini icharg‘a ko‘b tashnalab edilar,

Xunxorlar yo‘q o‘ldi, ey, musulmon, muborak.

G‘am vaqti o‘tti, lekin sevinch zamoni yetti,

Kim to‘ldi xushxabarlar olamg‘a, jon, muborak.

Iydi hurriyatingiz, Sidqiy, bu sheva birlan

Qildi na yaxshi insho, ey, do‘ston muborak.