Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Eski hukumat zulmi

Description

Автор: Сидки Хондайлики

Заглавие: Eski hukumat zulmi

Источник: Sidqiy Hondayliqiy. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1998.

Страницы: 113-114.

Язык: узбекский, стихотворение.

Основная тема стихотворения - осуждение произвола прежней власти, существовавшей до Февральской революции 1917г. и хвала новой.

Сидки Хондайлики(1884-1934)- узбекский поэт.

Categories

Администрация Оценка Политика Самооценка Сидки Тирания

Editor

B.S.

Text

Ohkim, ko‘z to‘kti qon, Eski Hukumat dastidan

Bo‘ldi tanlar notavon, Eski Hukumat dastidan.

Molimizni, jonimizni, zulm ila bosib olib

Bo‘ldi el muhtoji non, Eski Hukumat dastidan.

Bevayu bechoralar ochu yalang‘och yig‘lashur,

Bas, buzuldi xonumon, Eski Hukumat dastidan.

Ehtiyot etmas esang, pul deb ... qo‘l urar,

To‘zdi, yirtildi chafon, Eski Hukumat dastidan.

Bir belat olmoqqa besh so‘m, baski, mandin oldilar,

Aylamaymu yuz fig‘on, Eski Hukumat dastidan?

Zulm o‘ti birla jigarlar, kuydiyu bo‘ldi kabob,

Chunki o‘rtandi jahon, Eski Hukumat dastidan.

Gar bozorg‘a bir nimarsa tushsa oldi zo‘r ila,

Ko‘rdi ko‘p odam ziyon, Eski Hukumat dastidan.

Xoinu zolim, qaroqchi, kissaburlar erdilar,

O‘ldilar ko‘b kordon, Eski Hukumat dastidan.

Mehru shafqat bitdiyu, yo‘q bo‘ldi elning ko‘nglidan

Kim, topilmas parcha non, Eski Hukumat dastidan.

Shod emas, yoshu qari hech, yer aro bu jazm erur,

Kim bo‘libdur notavon, Eski Hukumat dastidan.

Mardikor olmoq xususida qirildi ko‘p kishi,

Bo‘ldi bas, o‘qg‘a nishon, Eski Hukumat dastidan.

Soldi qirg‘izlarni boshig‘a, bilursiz qatli om,

Oqti suv o‘rnig‘a qon, Eski hukumat dastidan.

Sotduku berduk hama uyda bor yo‘q narsani,

Qolmadi singan qozon, Eski Hukumat dastidan.

Shukrkim, Yangi Hukumat, Sidqiyo, shod ayladi,

Yo‘qsa, chiqg‘ay erdi jon, Eski Hukumat dastidan.