Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Muxammas

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Muxammas

Источник: Yangi bayoz. Toshkent, 1997.

Страницы: 34-35.

Язык: узбекский, стихотворение.

Вариант стихотворения Darig‘o mulkimiz (см.) о падении нравов и упадке мусульманской религии после прихода русских.

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Ислам Мусульманин Оценка Религия Самооценка Шариат

Editor

B.S.

Text

Darig‘o, dini islom hokimi ahli kuffor o‘lmish,

Shariat ko‘zgusikim kufr gardidin g‘ubor o‘lmish,

Ba joyi amri ma’ruf nahyi munkar oshkor o‘lmish,

Sayid, sodotlar behurmatu ko‘p xoru zor o‘lmish,

Bu kunda kimki imonin sotibdur, e’tibor o‘lmish.

Zamona ahlining bir firqasig‘a hayf musulmonliq,

Qilurlar, bilmagay “Alhamd”, da’voyi musulmonliq,

Biravga hiylayu makr aylamak af’oli shaytonliq,

Bo‘lur xursand bu shahrning bo‘lg‘onig‘a kofiristonliq,

Berib qiz kufr elig‘a, ba’zilar xeshu tabor o‘lmish.

Hama modarzinolar hamnishini qoziyul islom,

Rasolar bo‘ldilar, tortib o‘zin, har go‘shada gumnom,

Tunu kun fisqning yo‘lida mardum qoy’dilar aqdom,

Bu kundin, qo‘rqaman, do‘stlarki, badtar bo‘lmag‘ay ayyom,

Nechunkim, maslahatdoni zamon ahli qimor o‘lmish.

Hazor afsuskim, ilm ahlida bir zarra izzat yo‘q,

G‘aniylarda saxovatdin asar, xayr ila himmat yo‘q,

Xiradmand, ahli donishlarda ham qadr ila qimmat yo‘q,

Gado xaylig‘a mardumlarda ehsonu muruvvat yo‘q,

Baxil go‘ri kabi el ko‘ngli ham toriku tor o‘lmish.

Beku bekzodalar monandi xas poymol o‘ldi,

Tamomi og‘zi katta shanqilardin oqsaqol o‘ldi,

Alar oldida olim so‘z deyolmay gungu lol o‘ldi,

Ko‘torub bosh yurumak ko‘chada amri muhol o‘ldi,

Tamomi hezu xunso, o‘g‘rilar to‘bchoqsuvor o‘lmish.

Saidu xojaning egnidakim yangi chafoni yo‘q,

Alardin o‘zga el nazdida odamning yamoni yo‘q,

Jaholatdinki aksar xalqning rangida qoni yo‘q,

Bisotin oxtarib kelsang agar, bir kaf samoni yo‘q,

Ajabkim, ko‘chalarda kiymishi atlas tavor o‘lmish.

Desa xamru musallas, ul kishidin tark o‘lmaydur,

Xaloyiqlar hujum aylab, eshikidin uzulmaydur,

Xumidin katta odamzodlar kelmasa, buzilmaydur,

Xaloyiq kusfurushdin o‘zgani manzur qilmaydur,

Mahalla fisq mardumg‘a qadamjoyi mazor o‘lmish.

Ketardim bosh olib, gar bo‘lsa erdi, ro‘zgorim yo‘q,

Netay, bezodu to‘sha yurmakka yo‘lda madorim yo‘q,

Turarga qolmadi toqat, ko‘ngulda ixtiyorim yo‘q,

O‘zingdan o‘zga, yo rab, rahbari layli nahorim yo‘q,

“Hidoyat aylagaymu?” deb Muqiming intizor o‘lmish.