Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Tarixi zilzilayi Andijon az Mavlono Muqimiy Xo‘qandiy

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Tarixi zilzilayi Andijon az Mavlono Muqimiy Xo‘qandiy.

Источник: Muqimiy. Asarlar. Toshkent, 1974.

Страницы: 168-169.

Язык: узбекский, стихотворение.

Тема-землетрясение в Андижане 1902г. Поэт был свидетелем этого стихийного события. Описывается состояние людей после землетрясения, а также помощь русских в ликвидации последствий.

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Андижан Город и архитектура Доктор Завод Землетрясение Мукими Оценка Паровой котел Русские слова Самооценка Стихийные бедствия

Editor

B.S.

Text

Eshiting, ey do‘stlar, aylay bayon,

Bandalarin haq ayladi imtihon.

Qahr qilib ibrat uchun oshkor,

Zo‘rini bildirdi xudoyi jahon.

Zilziladin lahzada shundog‘ shahar,

Bo‘ldi chu vayronai chug‘z oshyon.

Ro‘zani o‘n oltisi seshanba kun,

Qoldi imorat tagida insu jon.

Madrasa-yu masjidu zovidlari,

Og‘nadi hammomu saro-yu do‘kon.

Turfatul’ayn ichra binosi tugab,

Chiqdi falak uzra g‘irivu fug‘on.

Kimki – tirik qochti yalong‘ochu och,

Kiysa – kiyim yo‘q, yesalar – parcha non.

Olsalar andoqkim ochib mardikor,

Ulki tom ostida qolmishti nihon.

Go‘yi bo‘lib ul kuni yavmul jazo,

O‘zdin umid uzdi qari-yu juvon.

Holig‘a ul qavmni beixtiyor,

Oy kuyub, yig‘ladi qon osmon...

Xayru xudoyi yig‘ib har mulkdin,

Qismat ila berdi bo‘lub mehribon.

Nonpazu qassob topib daf’atan,

Qurdi tanur o‘rtag‘a moshin qazon.

Sartcha oshlar pishirub erta-yu kech,

Beva-yu bechoraga suzdi shalon.

Aksari uryonu havolar sovuq,

Tutti alar boshlarig‘a soyabon.

Ham yaradorin qarotib do‘xtura,

Topti sihat doru-yu darmon bilon.

Sur’at ila xayr ulusdin yetib,

Borlig‘i ham hayriyat o‘ldi vog‘on.

Bo‘yla agar ko‘rmasalar iltifot,

Sahl erdi kim qolmasa bir jon omon...

Sirri haqiqat bu, Muqimiy xamo‘sh,

Sanga na darkor demak inu on.

Jon boshina zilzila qasd aylagach,

Tarixin aql aydi: “darig‘ Andijon”.