Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Maskovchi boy ta’rifida

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Maskovchi boy ta’rifida

Источник: Muqimiy. Asarlar. Toshkent, 1974.

Страницы: 348-351.

Язык: узбекский, стихотворение.

Сатира на нравы туркестанских предпринимателей, осуществлявших торговлю с Россией (Москвой), отсюда заслуживших прозвище maskovchi boy («московский бай»).

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Андижан Географические названия Деньги Коканд Купец Москва Оценка Печать Ремесло и промышленность Русские слова Русский Торговля Фабрикант

Editor

B.S.

Text

Hikoyat qilay, turfa davron ekan,

Xaloyiq hama maxvu hayron ekan.

Chiqib yangi maskovchidin boylar,

Sinar o‘tmayin ba’zisi oylar.

Xususanki eshoni Hodixo‘jam,

Yo‘q og‘zida qarzini vahmida nam.

Kerak bersa Maskovga bir lak, qani,

Bitib va’dai pul, (o‘zi mo‘ltani),

Der ermishki, o‘rusga nisfin beray,

Kelar yilga yarmiga muhlat so‘ray.

Qacho‘n bo‘lmagan gap qabul aylasin,

Muqarrar degaykim, pechat boylasin.

Muning ustiga qarzidur Andijon

Kim, o‘z xalqidin – barchadin bu yomon.

Bu ham qirq ming so‘m emish, dedi qarz,

O‘tub va’dasi bersalar vaqti farz.

Netarmiz, debon qistamas el pulin.

– Berurmen,– desa, – so‘miga o‘n tiyin.

Chunonchi xo‘jam, Poshshoxo‘jani

Chu Maskov yuborgan bilan mol qani?

Fabrikantlar va’daga molini

Berishmay,–dedi, yig‘lab ahvolini.

Borib mol uchun, mol ololmay kelish

Yomon, ahli tujjorga mushkul ish.

Olib sulsini aqchasin xo‘jayin,

Berib mol kontorga qildi tayin.

Olay desa, kontorda yo‘q bir baqar

Desa: olmayin, ul zakolat kuyar.

Bu savdo bilan boshida kechqurun,

Borur ko‘he yo orqadin, yo burun.

Qochib ketti machchoyilar aksari.

Borib shulki yurtiga ta’kidlari:

– “Saroyeki, o‘ boshadash, zinhor,

Daronjo marav memuri, ey tabor”.

Saroy egasi kambag‘al Bobojon

Ko‘rar tojike yo‘q, bolur toza qon.

Ochilgach kelib ertasi hujrasi,

Qilur jangu janjol har ertasi:

– “Ko‘tarmakka yuk deb, malay saqlasam,

O‘ziga degay, ishlaturlar akam”.

O‘risga ijora qo‘yib zovutin,

Borur erdi ishlik bo‘lib, chiqti kun.

Chiqib qochti bir-bir hama mardikor,

Kupes qoldi bu sirga hayronu zor.

Topib mardikorini – “Seychay yuring,

Pojalista, –der edi, – emdi turing”.

Dedi: – “Har kun bersang o‘n so‘m ham.

Borilmaydi, qo‘y zovutini, xojam”.

Dubora yana bordi bir ishga shul,

Sokib “net, –dedi, – kelma durrak, poshyo‘l!”

Xo‘qand ichra essizgina havlilar,

Kelib ikki ming aqchaga sotdilar.

Olur erdi uch-to‘rt mingga, qarang

Netar, bo‘lsa, qarziga o‘lguncha tang?

O‘zi oqshom havlisida, har kimi

Ko‘rar keldi eshon, qochar odami.

Agar borsalar qaysi hammomga

Chiqar xodimiylar qochib tomga.

Sabab so‘rdi hammomchi qochqonidin,

Dedilarki: “Biz kechtuk ehsonidin”...

Berib arza ma’murga: “Ey hokimim,

– Dedi, – bor to‘qqiz yuz oltmish so‘mim”,

Olib buyruq otig‘a Xayrullaxon

Shariatga qamtu o‘tirgan zamon,

Kelib qoldi o‘ziga nogah qasam,

Sariq bo‘ldi yolg‘onlig‘i muttaham.

Qizini olib go‘rkavi sho‘rlik,

Turushlik tushib, bo‘lmadi jo‘rlik,

Kelib toshqidin ichkari kirmadi,

...............................

Dedi oh urib: “Bolsa er holi bu”,

Fig‘onidin el ichra tushdi g‘ulu.

– “Darig‘oki, baxtim qaro bo‘lmasa,

Senga tushmas erdim, xudo urmasa”.

Chiqib ichlarida nihon qotishib,

Bazo‘r qo‘ydi hamsoyalar bosishib,

Vale rastada savlatin ko‘rsangiz

Kim, arziydi shayxi zamon bilsangiz.

Ot ustida mardum qilurlar gumon,

Mudarrislari “Beg”ni, deb Tosh eshon.

Amoma boshida, safid jomalar,

Xayol aylagaysizki allomalar.

Qilib muxtasar, so‘zni qildim tamom,

Malolovar olg‘ay chozilgan kalom.