Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Darig‘o mulkimiz

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Darig‘o mulkimiz

Источник: Muqimiy. Asarlar. Toshkent 1974.

Страницы: 356-357.

Язык: узбекский, стихотворение.

Автор повествует о падении нравов и упадке мусульманской религии с приходом русских.

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Кади Оценка Религия Самооценка Шариат

Editor

B.S.

Text

Darig‘o mulkimizning sohibi ahli sharor o‘lmish,

Shariat hukmi qozilar qo‘lida pur g‘ubor o‘lmish,

Ba joyi amri ma’ruf, kori munkar oshkor o‘lmish,

Hakimu, olimu, sohib fasohat xoru zor o‘lmish,

Bu kuna kimki imonin sotar ul e’tibor o‘lmish.

Zamona ahlini bir xayli bordur hayf insonliq,

Shul insofi bilan ul aylagay da’vo musulmonliq,

Birovga hiylayu makr aylayur, af’oli shaytonliq,

Bo‘lur xursand o‘z qilg‘on ishig‘a bo‘yla nodonliq,

Berib qiz keksa boyga faxrila xeshu tabor o‘lmish.

Hama modar zinolar hamnishini qoziyul islom,

Rasolar bo‘ldilar tortib o‘zin har go‘shada gumnom,

Tunu kun fisqning yo‘lig‘a nodon qo‘ydilar iqdom,

Buningdek qo‘rqaman, do‘stlarkki, badtar bo‘lmag‘ay ayyom,

Nechun kim maslahatdoni zamon ahli qimor o‘lmish.

Hazor afsuskim, ilm ahlig‘a bir zarra izzat yo‘q,

G‘aniylarda saxovatdin asar, xayr ila himmat yo‘q,

Xiradmand ahli donishlarda ham qadr ila quymat yo‘q,

Faqr ahlig‘a mardumlarda ehsonu muruvvat yo‘q,

Baxilu ko‘r kabi el ko‘ngli ham toriku tor o‘lmish.

Bo‘za, xamru, musallas, bo‘zagardan tark bo‘lmaydur,

Xaloyiqlar hujum aylab eshigidin uzulmaydur,

Xumini katta odamzodlar kelguncha buzmaydur.

Xaloyiq... o‘zgani manzur qilmaydur,

Mahalli fisqi mardumlar qadam joyi mazor o‘lmish.

Ketardim bosh olib gar bo‘lsa erdi, ro‘zgorim yo‘q,

Netay bezodi to‘sha yo‘lga yurmakka madorim yo‘q,

Turarga qolmadi toqat, ko‘ngulda ixtiyorim yo‘q,

O‘zingin o‘zga yorab, rahbari layli nahorim yo‘q,

Hidoyat aylagaymu deb Muqiming intizor olmish.