Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Hajvi Viktor boy

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Hajvi Viktor boy

Источник: Muqimiy. Asarlar. Toshkent 1974.

Страницы: 360.

Язык: узбекский, стихотворение.

Сатира на русского коммерсанта В.Д. Ахматова, управляющего кокандской конторы бр. Каменских, похитившего крупную сумму денег. Текст сатиры с переводом на русский был опубликован Н.Остроумовым (Записки Восточного отделения русского археологического общества. Т. 9. 1895.

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Андижан Виктор Коканд Контора Оценка Русские слова

Editor

B.S.

Text

Qissa bozi daftarga olgon ekan Viktor boy,

Boylar boyi boylarga kordon ekan Viktor boy,

Ma’lum, mashhur Xo‘qandga shayton ekan Viktor boy,

Kanturalar ichinda yomon ekan Viktor boy,

Temir sandiq degani yolg‘on ekan Viktor boy.

Hissat xaris davonlar xushomatgo‘ nechasi

Mashvaratni(ng) bobida borur erdi kechasi,

Molu, mato‘ himmatlik sanga berdi onchasi,

– Man xonai puxta, – deb olding jahon oqchasi,

Sanga bergan odamlar nodon ekan Viktor boy.

Man mun’im, – deb yurganlar, davru davron surganlar,

Farosatni(ng) yo‘lida oqilman, deb yurganlar,

Ming lak so‘mni berganlar, yig‘lab kelib turganlar,

........... Andijonlik bechora mehmon ekan Viktor boy.

Bilmaslarni bildurding, sudxo‘r ko‘nglin tindurding,

Makru hiyla ishlatib, qo‘noq qilib, qo‘ndurding,

Ko‘p boylarni sindurding, sudxo‘r ko‘nglin tindurding,

Yo‘q joylardan unduro‘b, sandiq pulga to‘ldurding,

Bir kurashda yiqitgan polvon ekan Viktor boy.