Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Hajvi Viktor

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Hajvi Viktor

Источник: Muqimiy. Asarlar. Toshkent 1974.

Страницы: 418.

Язык: узбекский, стихотворение.

Сатира на русского коммерсанта В.Д. Ахматова, управляющего кокандской конторы бр. Каменских, похитившего крупную сумму денег.

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Андижан Виктор Контора Оценка Русские слова

Editor

B.S.

Text

Falokat shum badragsan kasofat tav’aman Viktor,

Siyoqi kundai do‘zax, jahannam oshiyon Viktor,

Musulmonlar haqiga ko‘zlading javru ziyon Viktor,

Sinib qilding o‘zindek ko‘p kishilarni xazon Viktor,

Bularni ham jazosi der edi dorul-amon Viktor.

Ziyofat aylamog‘liklar, talosh yuz ming takalluf-la,

Yugurdi xizmatingda piru yosh yuz ming takalluf-la,

Chiqordilar yo‘lingga necha bosh yuz ming takalluf-la,

Payo-pay tortishibon non-osh yuz ming takalluf-la,

Eshitkach borishingni xossa boyi Andijon Viktor.

Qidirgon birla omborida chumchuqlarga don chiqmay,

Qachon bergay gadoga bir tiyin ruhi ravon chiqmay,

Banogah avliyoyi bir tarafdin kelsa non chiqmay,

Otiga oxuridin erga bir kafdan somon chiqmay,

Bo‘lur erding kafi dasti muazzaz mehmon Viktor.

Ko‘rib da’volaringni bilmas erdilar yurokingdin,

Hamisha sudror erdilar kirib egri uchokingdin,

Karim oxun, Qosim dallol pir ushlab etokingdin,

Burun, albatta, ogoh bo xabar voqif kechokindin,

Xayol aylardilar insoflik shayxi zamon Viktor.

Kelib ohista kanturga dedilarkim mavosodin,

Sotib naqd aqcha qildi ba’zi odam mulku ashyosin,

Yemay, ichmayki berdi ikki qo‘llab xalq dunyosin,

Bu rangda ko‘zladilar o‘zlarin toroju yag‘mosin,

Iloji bo‘lsa yeb ket bir tiyin ham berma, jon Viktor.