Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Voqiai Viktor

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Voqiai Viktor

Источник: Muqimiy. Asarlar. Toshkent, 1974.

Страницы: 362-367.

Язык: узбекский, стихотворение.

Сатира на русского коммерсанта В.Д. Ахматова, управляющего кокандской конторы бр. Каменских, похитившего крупную сумму денег.

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Администрация Андижан Вексель Виктор Деньги Иудей Коканд Лахтин Москва Оценка Рудник (фам.) Русские слова Русский Самовар Самооценка Срок Торговец Торговля Хлопок Этнические и племенные группы

Editor

B.S.

Text

Eshit, turfa so‘zlar hikoyat qilay,

Hikoyat agarchi, shikoyat qilay.

Janobi o‘shal Hodi Xo‘ja eshon,

Olur o‘zlarin ag‘niyoi zamon.

Xayolida Xo‘qanda diydur: “qani,

O‘zumdin bo‘lak xo‘ja sayyid, g‘ani?”

Berib oqcha Viktorga o‘n yetti ming,

O‘tar qon bilan ichlaridin yiring.

Qilib maxfi eldin pulin qistag‘ay:

– Sango manda jon oshnosi, – degay.

Chunonchi bu yil Andijon odami

Hayon ayladi sandin o‘n ming kami.

Olib baski yetti yarim paxtani,

O‘n ikki yarimg‘a itardi sani.

Ba va’da ipak olibon sanga man,

Bahosida bergan edim tan ba tan.

Bo‘laklarni bir so‘mig‘a o‘n baqar,

Berilganda ham shulki haqqing ketar.

Kelib tushtilar boylari Andijon

Afandimni havlisida mehmon.

Muqarrarki, hojim sanga uchragay,

Alar oqchasi vajhidin so‘zlagay.

Kelib bo‘sh afandig‘a sen zinhor,

Butun bermag‘il pullarin zinhor.

Berib ko‘nduray bir somig‘a yarim,

Charokim o‘zimni tug‘ushkonlarim.

Biri xolabachcham, birisi akam,

Kichigi ukam, mo‘ysafidi dadam.

Xatim ko‘zga surtib qilishgay tumor,

Qabul aylagay manda deb ixtiyor,

Degaylar: ishim bor ketay, bormu may?

Yomon diqqat o‘ldim bukun oz ichay.

Ko‘tarilsa shoyad ko‘ngildin g‘ubor,

Vale kimsag‘a qilmag‘il oshkor.

Birov ichkanim bilsa yaxshi emas,

Icharmanda bo‘lsang kishiga demas.

Ko‘ngullar tilab sanga derman sirim,

Degaylar meni barcha mardum: pirim.

Shariatda mayki, bilurman xarom,

Kishi bilmagay deb, budur iltijom.

Qilib ichkilik du-badu yoshirin,

Ketar chog‘da havlisig‘a kechqurun.

Degaylar Karim oxunum mehmon,

Borur bu kecha odaming bir zamon.

Samovar qo‘ysun, deb olib ketib,

Eshik, teshiku, darchani berkitib...

Bir oqshom edi: “bor!” dedi, bormadi,

Beri qildi Oxun boshin yormadi:

To‘lib o‘pkasi yig‘labon zor-zor,

Dedi: “Muncha oxir deding, – bor-bor.

Eshikingda qo‘ysang agar ot boqay,

O‘lumga buyursang boshimla chopay,

Borib qay kecha bo‘ldi korim tamom,

Tomog‘imdan o‘tmas hanuz ham taom...

Javobimni berg‘il, agar bor desang,

Yuray yoki qo‘y bormag‘il, bor desang”,

Eshitkach Oxun ushbu hangomani,

Ollib boshga qotti kulib jomani.

O‘tib bo‘yla pinhon qiziq mojaro,

Uruslarga bo‘ldi magar bir balo:

Bu ham sindi nogoh Laxtin sabil,

Berishtimu bilmamki bir-birg‘a til.

Yig‘ildi tamomi puli borlar,

Qilib jonlarig‘a bu g‘am korlar.

Demang ushbu so‘zlarni siz o‘truk,

O‘tuz ikki oyg‘a olishti suruk.

Xabar do‘g‘ma berdi puldor kelib,

Olur eski veksilni yangi qilib.

Bo‘shon bist hazor oqchag‘a begumon.

O‘n ikkiga veksilni yangilogon:

Sakkiz mingig‘a o‘zi maxfi borib,

Bo‘lak yangilab keldi charchab-horib.

Bu ishga jamii tijoratchilar,

Dedilarki, devona – Majnun magar.

Bu asnoda topdi Musajon shikast,

Qilib gardi nakbat yuzig‘a nishast.

Puli bor edi ming so‘m munda ham,

Urusdin yomon muncha chekdi alam.

O‘shal oqshomi uyqusi kelmadi,

Nihon dardu so‘zi kshi bilmadi.

Dedi uchrab o‘tkanda Mavlon aka:

“Siza iltimosim bu kim: jon aka,

Olib bersangiz oqchami olti ming,

Boring besh yuzini o‘zingiz oling!”

Dedi boyki “Andin pul olmoq qiyin,

Busotida anqo erur bir tiyin.

Agar yetsa edi unarga ko‘zim,

Olur edim avval pulimni o‘zim”.

Yo‘liqti bu o‘tib, kelib Rudnik,

Debon: “Nu, davay idras” olib ilik.

Musajonga “aqchang, – dedi, – qancha bor?”

Dedi: “Bir ming uch yuz va olti hazor”.

Bu so‘z ham, deyin, qolmag‘ay to nihon,

Kelib Qosimi suyidin Andijon.

Dedikim: “Qani uch mingimni bering,

Va garna shariat desangiz yuring!”

Iki mingchani oldi, bir mingini,

Tushib o‘rtasig‘a og‘oyu ini;

Otang yaxshi deb elkasiga qoqib,

Xalos ettilar otka zo‘rlab toqib.

Bu ham borki, o‘g‘li edi chitfurush,

Do‘konini berkitdi, deb, “qildi kush”.

Xo‘qand oldurib keldikim mol olib,

Beray yig‘lamay borib, o‘ltur solib;

Kishi bermadi va’daga molini,

Kafil nusrat oldi juhu sholini.

Qilib mehmon nonu choyi bilan,

Jo‘natti yahudini boyi bilan.

O‘tib so‘mi bir ming, yoqib jonni ham,

Ololmay baholab, olindi gilam.

Okosini o‘g‘lin yana dam-badam,

Yubormoqchi Maskovga – yo‘q bir diram...

Putin olti tiyindan qaror ayladi,

Bo‘lush oqchasini shumor ayladi.

Giloba berib uzdi qiymat baho,

Olib surdilar ko‘zga aylab duo.

Kelib kimnikim oqchasi bor edi,

Unish bir so‘m o‘lguncha dushvor edi.

Agarchand narxi ziyod o‘lsa ham,

G‘animat ko‘rib oldilar beshu kam.

Agar qistasa qarzlar aqcha yo‘q,

Va lekin bu yanglig‘ toroqo-turuq;

Sonur o‘zlarin Xo‘ja Axrori vaqt,

Piyoda jilovida iqbolu baxt.

Saroy – o‘rdasi, nazdida xon edi,

Iki yonida yursa iki ....

Agar xayrdin so‘zlasa har kishi,

Urarkim, sinar o‘tuz iki tishi.

Gado qo‘lida ko‘rsa nogoh non,

Degay: “bergan odam emas musulmon!”

Qilay man ham emdi so‘zumni tamom,

Malolovar o‘lg‘ay cho‘zilgan kalom.