Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Dar shikoyati Laxtin

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Dar shikoyati Laxtin

Источник: Muqimiy. Asarlar. Toshkent 1974.

Страницы: 368.

Язык: узбекский, стихотворение.

Обличительная сатира на русского предпринимателя Лахтина, который, по-мнению автора, суть аферист, обманывавший простой народ.

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Имущество Лахтин Мусульманин Оценка Самооценка

Editor

B.S.

Text

Musulmonlar haqiga ko‘zlading javru ziyon, Laxtin.

Bularning ham jazosi der edi: dorul-amon, Laxtin.

Karim oxun, Qosim dallol pir ushlab etogingdin.

Xayol aylardilar insoflig‘ shayxi zamon, Laxtin.

Kerak puldorlarni muncha ham qaqshatmasang erdi,

Bo‘lar ish bo‘ldi emdi el pulig‘a toza qon, Laxtin.

Yemay-ichmayki, berdi ikki qo‘llab xalq dunyosin,

Iloji bo‘lsa, yeb ket, bir tiyin ham berma, jon Laxtin.

Temur sanduq debon xo‘b mu’tamad bilgan kishilarga,

Ketar haqqing agar berganda bir qopdin samon, Laxtin.

Qo‘ying, pul qistamang, agar jon salomat bo‘lsa topilgay,

Mabodo tonmagay deb qo‘rqaman johil yomon Laxtin.

Birov kuydi, birovlar sindi, munga muncha kuymaklik,

Muqimiy, qo‘y na hojatdur demog‘liq: “Inu on Laxtin!”