Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Voqiai ko‘r Ashurboy hoji

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Voqiai ko‘r Ashurboy hoji

Источник: Muqimiy. Asarlar. Toshkent, 1974.

Страницы: 369-371.

Язык: узбекский, стихотворение.

Тема – социальная справедливость после прихода русских в Туркестан.

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Администрация Бедняк Богач Оценка Пристав Русские слова Русский Самооценка Тысячник Фергана Шариат

Editor

B.S.

Text

Ajab xalq ekanmiz, ajab ro‘zg‘or,

Qiziq hodisa, turfa laylu nahor,

Ashurboydin eshiting qissaye,

Ayo ey bu Farg‘onada nomdor.

Qorovul uyidin yarim oqshomi,

Banogoh bo‘ldi fig‘on oshkor.

Mahalla bu hangomadin uyg‘onib,

Eshigiga keldi sag‘iru kibor,

Qorovul, ishtarshi-yu, mingboshilar,

Chopib keldilar, deb: nachuk kor-zor?!

Bosib kirdilar bu nachuk dod deb,

Qorovulning uyig‘a, beixtiyor...

Ko‘rub dedilar: boy ekan, qochiring,

Ashur ko‘r o‘zi ham bo‘lub beqaror.

Qo‘yub tomga bir buzuq norvon,

Qo‘lidin tutib ko‘rni, qildi duchor.

Iki-uch pog‘ona chiqib, shoshilib,

Yiqildi, sinib shoti, ul murdavor.

Itorib ketidin pishanglar bilan,

Azob ila tomga qilishdi suvor.

Qochar erdi tomda sarosima ko‘r,

Chapu rostig‘a muztaru beqaror.

Xalojo edi, tiynukidin ani–

Ketib boshi birlan o‘shal nobakor.

Turub hovlining sohibi nogihon,

Chirog‘ila naqzi vuzug‘a chiqor,

Xalojoda pish-pish qilur bir nima

Dedi: ne balodursan, ovozing chiqor!

– Sekinroq gapir, men Ashurboy... – dedi.

Qochib o‘ltiribman, senga intizor.

Bu so‘zda xaloyiq, g‘uluv aylashib,

Tutib chiqdilar etgali sangsor.

Qorovulni, xotin, qizi boyni

Garonishga keltirdilar har chahor.

Kirib ilgariroq kordon qoshig‘a,

Sirimni ocib qilma, deb sharmsor.

Qo‘lingga tushub fe’li shayton bilan,

Dedi: tovba qildim hazoron-hazor.

Pristupga malum qilmoq uchun,

Olib kirdilar to‘g‘ri aylab qator.

Dedi: nega bosting birovning qizin

Bobo hoji bo‘lsang, kupes – moldor.

– Urushub edi eru xotin bular,

Yaroshturg‘ali qilg‘an edim guzar.

O‘ris, to‘ra oldida munkir kelib,

Dedi: tuhmat aylar olurg‘a niqor.

Shariatga aylab havola, dedi:

Bu da’voga teyishli qozig‘a bor.

Haqorat qilingan kishilar qolib,

Topib boy so‘zi bunda zo‘r e’tibor.

Qachon kambag‘allarning so‘zi o‘tar,

Agar bo‘lsa aqchang, so‘zing zulfiqor.

Nihoni sochib siymu zar suv kabi,

Bosildi mashaqqat bilan bu g‘ubor...

Xaloyiqg‘a qilmas edi ixtilot,

Agar tab’ida bo‘lsa nomusu or.

Muqimiy senga ushbu so‘z ne kerak,

Bo‘lak har kimi koru a’moli bor.

Va lekin eshitkonga tanbih bo‘lub,

Qolur safhai dahrda yodgor.