Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Avliyo

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Святоша

Источник: Muqimiy. Asarlar. Toshkent 1974.

Страницы: 382

Язык: узбекский, стихотворение. Автор высмеивает святошу, изменяюще своей вере под влиянием внешних событий.

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Женщины Конфессиональные группы Распутство Религия Русские слова Самооценка Святой Четки Шапка

Editor

B.S.

Text

Boshlarida shapka gohe, goh dastor avliyo,

Qo‘llarida subhayu bo‘ynida zinnor avliyo.

“Tavba” deng oxir zamona chiqsa bu yanglig‘ chibok,

Har (xotinga) oshiqu har (qizga)xushtor avliyo...

Shul erur kashfi karomatiki bo‘ylab subhu shom,

Chiqsa har yerdin bir is hozir xabardor avliyo.

Doimo beparda so‘z xalq ichra aytur beibo,

Bo‘lmagay deb qo‘rqaman nogoh sangsor avliyo.

Toza ilkini yuvib, yeydur halol anglab gumon,

Uchrasa har yerdakim makruhu murdor avliyo.

Gar muqallid bo‘lsa po‘stun birla toqat qilmasang,

Muz qiziqliklar, yog‘ar taqlididin qor avliyo,

(Gavdasidin) yo‘q bo‘lak og‘irligi dunyoda hech,

Oxirat sori safar qilsa, sabukbor avliyo...

Filhaqiqat bo‘lma g‘aflatdin badandesha, Muqim,

Baski shuhrat topti rasvolikda bis’yor avliyo.

Chiqsa har yerdin bir is hozir xabardor avliyo.

Doimo beparda so’z xalq ichra aytur beibo,

Bo’lmagay deb qo’rqaman nogoh sangsor avliyo.

Toza ilkini yuvib, yeydur halol anglab gumon,

Uchrasa har yerdakim makruhu murdor avliyo.

Gar muqallid bo’lsa po’stun birla toqat qilmasang,

Muz qiziqliklar, yog’ar taqlididin qor avliyo,

(Gavdasidin) yo’q bo’lak og’irligi dunyoda hech,

Oxirat sori safar qilsa, sabukbor avliyo...

Filhaqiqat bo’lma g’aflatdin badandesha, Muqim,

Baski shuhrat topti rasvolikda bis’yor avliyo.