Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Tar mevalar

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Tar mevalar

Источник: Muqimiy. Asarlar. Toshkent, 1974.

Страницы: 385-386.

Язык: узбекский, стихотворение.

Тема – отношение российских властей к выращиванию фруктов и овощей в Ферганской долине.

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Абрикос Географические названия Дыня Еда и напитки Земледелие и ирригация Коканд Огурец Оценка Русские слова Русский Самооценка Тысячник Уезд Фергана Флора Яблоко

Editor

B.S.

Text

Oh ne kunkim yesang, tayyor ekan tar mevalar,

Qari chandon yo‘q ekan – bis’yor ekan tar mevalar,

Xobi rohatbaxshi jismi zor ekan tar mevalar,

Ushbu yil Farg‘onamizda xor ekan tar mevalar,

Bog‘liq odamga yomon dushvor ekan tar mevalar.

Yurt mingboshilari [ham] keldilar yonib-tutab,

Nozu ne’mat jurmini Xo‘qand uyozidin tilab,

Muxtasar aylab tamomi muddaosin – muntaxab

Qildi dehqon arz hokimg‘a, dedikim yaxshilab,

Sotmag‘il, farmoyishi jondor ekan tar mevalar.

Zomucha chiqqan nazarlardin tushib beixtiyor,

Bir tiyin bersang etaklatmush edilar beshumor,

Hech arzon qolmas erkan qimmat etmay ro‘zgor,

Bodiringgu olucha xalq ichra topti e’tibor,

O‘zgasi to handalak bekor ekan tar mevalar.

– “Olma, o‘rukni kishi bozora olib kelmasun,

Chunki illatlik, yeganlarga balosi tegmasun,

Bir musulmon, ot tutib, shaftoli, chilgi demasun,–

Rus hukumatdonlari man’ etdi, – mardum yemasun”,

Yesalar, ofat tegib o‘lor ekan tar mevalar.

Bog‘bonlar ham bo‘lurmi bog‘iga kirsang tajand,

Minnatidin umrlar kirgan chekar erdi gazand,

Darhaqiqatkim buzuq niyatlari bo‘lmay pisand,

Chilgi, shaftolu – kepak birlan, chigitga ikki chand,

Sotquchi qishloq yurib, attor ekan, tar mevalar.

Ko‘rani paykalga dehqon ham temurlardin qurub,

Kimki o‘tsa ilkidin olur edi itdek hurub,

Fe’li badlarni ajab bo‘ldi jazosini ko‘rub,

Soy, arig‘larga savat birlan paliska og‘darib.

Pishganidin bo‘g‘ulib bezor ekan tar mevalar.

Oshkoro bog‘da zardolu teralmay xayfkim,

Bir qoshiqdonda biravga kelturalmay xayfkim.

Tosh-tarozular qaboqlardin quralmay xayfkim.

Shahrga bir dona sahrodin kiralmay xayfkim,

Murtadi har rastayu bozor ekan tar mevalar.

Siflaparvar charx yetkurdi falakka nolishim,

Qaltirab, titrab bo‘lungan erdi tobiston, qishim,

G‘arq pishgan ko‘kcha qovun, tegmagay ammo tishim,

Yoz ham ne’mat bilan, shundoq guzarlar cho‘lkim,

Chorsu, chorsu der ekan, gar bor ekan tar mevalar.

Turfa issig‘kim havolar tobishi nori jahim,

Har nafas aylab haroratlar fuzun o‘tlug‘ nasim,

Tashnalig‘din ho‘l tabiat xohladi qaytib damim,

Va’dalar qildi kelar yil aylayin ro‘zi Muqim,

Yedirish mendin, bu yil qarzdor ekan, tar mevalar.