Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Dar mazammati sageki (усл.)

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Dar mazammati sageki (усл.)

Источник: Muqimiy. Asarlar. Toshkent 1974.

Страницы: 392-393.

Язык: узбекский, таджикский, стихотворение.

Автор, создавший целую галерею типов байско-чиновничьей среды, высмеивает одного из ее представителей - пятидесятника

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Администрация Восточные слова Мединский Пятидесятник Религия Самооценка Собака Суфи Таджик Этнические и племенные группы

Editor

B.S.

Text

Dar Mazammati sageki,

ellikboshi nomi nihoda budand

(Ellikboshi deb atalgan bir itning hajvi)

Qarilig‘ yuki tushubon manga, qadi mavzunim bukulib ketib,

Soqolim oqi o‘lum elchisi, yana xotirim cho‘kulib ketib,

Muni ustig‘a laqabim yomon, qutulaymukan ko‘mulib ketib,

O‘la qolayin tirik o‘lgucha, hama junlarim to‘kulib ketib,

Tojik ahlini chorig‘i kabi, jigorim choki so‘kulib ketib.

Badanim chaqa anga yo‘q chaqa, desam hoziqa rangim ko‘rsatay,

Bu kasal meni dame qo‘ymag‘ay, qichishib desam nafasi yotay,

Bu alamlari ila yurgucha, qilingiz duo o‘lubon ketay,

Noni qoqi manga beradur tishim o‘tmasa na iloj etay,

Bitta qolmadi to‘kulib tishim,suyak og‘zimi o‘purub ketib.

Tura tur dami eshit arzimi, aka sufiyo sanga aytayin,

Jaylov yer kabi jasadim qo‘tur, bu sitamlarim kima aytayin,

Chiqayin desam ko‘cha sori el, deb ellikboshi qilishur qiyin,

Kecha-kunduz istiqomatim, hamma mullaga teshilib biqin,

Yana vaqfdin manga bermagay,qopoyinmukin quturib ketib.

Manga mullolar qilibon jafo qo‘g‘a birla bo‘ynimi bog‘ladi,

Bo‘g‘ubon yomon yitalab yurub, tomog‘imga keskini joyladi,

Yig‘ilib hama meni qo‘ymayin, ellikboshilikka sayladi,

Medinskiyga qiloyinmu arz, bu sahar meni xafa ayladi,

Dam-badam kelib so‘fi bachchag‘ar, manga changitib supurib ketib.

Bu jahonda bir musofiram va na manda ona na padar,

Der edi meni bu shahar ichi kuchimi borida sheri nar,

Bu jarohatim siza arz etay, o‘limima berdilar xabar,

Yotib erdimu ko‘z edi yumug‘, “mana non” dedi bitta

bachchag‘ar,

Xira qildi ta’bimi, bir kishi, ochsam og‘zimi tupurib ketib.

Qilib iltijo so‘fig‘a dedim: “qichidi tanim badanim sila,

Uvalab ezib qichi (qo‘llarim), mana manda nifati to‘n tila,

Kasal ustig‘a xafa qildilar, sababi bukim qilaman gila,

Ko‘chaga quvib chiqadur urib, bir oxun akam zulm ila,

Belima tepib bitta boqqoling, chiqa yozdi jon uzilib ketib.

Necha kun erur tumov o‘lmisham, yana ko‘k yo‘tal yuragim ezor,

Tilaganda ta’b bir taom qilib, bergali qani bit tabor,

Yedurub manga so‘fi o‘n sobun, dilim avlabon dedi “jun chiqor”,

Qichima xorish bo‘lubon bukun, ko‘tarurga put qani bir mador,

Turayin desam yiqilay dedim, oyoqim kecha uzulub ketib.

Hama on xomush eshitmagay kishi hech qiyl ila qolini,

Yo‘q edi deyin desa munisi g‘amu dardu hajr malolini,

Elu xalqdin ko‘zini yumib, mo‘yini yulib paru bolini,

Demas erdi boshig‘a kelsa tig‘, ellikboshi kimsaga holini,

Dedi nogihon to‘lub o‘pkasi eski dardidin qo‘zulib ketib.