Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Fonus (Zavqiyga javob)

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Fonus

Источник: Muqimiy. Asarlar. Toshkent 1974.

Страницы: 418.

Язык: узбекский, стихотворение.

Автор о появлении уличных фонарей в районе Шейхантаур г. Ташкента.

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Оценка Самооценка Ташкент Фонарь Шейхантаур

Editor

B.S. A.E.

Text

Gap berilur borurda xurkoku sur fonus,

Sig‘maydi hech eshikdan ham chun tanur fonus.

Bir doshqozonda qaynat ilgari sham yoqmay,

Bo‘lsun muloyim andak, azbaski g‘or fonus.

In’om bo‘ldi sizga garchand Toshkentdin,

Bergaymudik deganda Shayxantahur fonus.

Qo‘ysa baloga kishnab oqshom sabab bo‘lurkim,

Fonuslarga munda bo‘lgan g‘ayur fonus.

Siznikida netongkim, bo‘lsa pishiqu chaqqon,

Bizlarda munda erdi ko‘p landahur fonus.

Yirtiqlarin yamab siz yaxshi qilib yoqing sham,

Ma’yus ketdi mundin bo sad qusur fonus.

Bor erdi ta’blarda bermak seni birovga,

Joyingni endi topding qilg‘il shukur fonus.

Xotirda yo‘q edikim, ko‘zdin Muqimiy ketsang

Zavqiy seni tilabdur bermak zarur fonus.