Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Pashshalar

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Pashshalar

Источник: Muqimiy. Asarlar. Toshkent, 1974.

Страницы: 424.

Язык: узбекский, стихотворение.

Юмористическое стихотворение о неком человеке, который намеревался пожаловаться судье на надоедливых мух.

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Муха Оценка Русские слова Судья

Editor

B.S.

Text

Aytayin bir qissayekim, dod qo‘ymas pashshalar,

Kimga borib dod etay, bedod qo‘ymas pashshalar.

Mubtalo bo‘lg‘il iloho tor-tanakning torig‘a,

Uchrasa anga yana hargiz qutulmas pashshalar.

Ushlasam dumlorig‘a cho‘plar suqub, qilsam azob,

Xujra ichra quvladim hargiz ketmas pashshalar.

Har taom ko‘rsa o‘zin yakbora urgay shul zamon,

Doimo qilsa xo‘rak ham och, to‘ymas pashshalar.

Man quvarman, ul qochar, emdi horitdi naylayin,

Sud’yasig‘a arz etarman, “Dod qo‘ymas pashshalar!”

Kecha bo‘lsa oqi qo‘ymas, bo‘lsa kunduz qorasi,

Uxlayin desam yotib orom bermas pashshalar.

To‘planib yurgay boshimda, bir-birini quvlashib,

Doimo g‘avg‘o qilur, janjoli bitmas pashshalar.