Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Saylov

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Saylov

Источник: Muqimiy. Asarlar. Toshkent, 1974.

Страницы: 352.

Язык: узбекский, стихотворение.

Тема – критика избирательной системы в местных органах власти Туркестана, введенной после российского завоевания края.

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Администрация Выборы Кади Мусульманин Оценка Пятидесятник Самооценка Тысячник

Editor

B.S.

Text

Qachon kim bo‘ldi hokim amri birlan ibtido saylov,

Amaldor ahli boshig‘a bo‘lib keldi balo saylov.

Teraklar bargidek titrab, jamii qozi – mingboshi

Degoylarkim: “yuzini teskari qil, ey xudo, saylov”.

Sochib qarzi-qavola, pul ko‘torib, istayub mansab,

Bo‘lolmay ko‘p kishini sindurib, qildi gado saylov.

Agar ming xatmi qur’on etsalar, qo‘ylar so‘yub arzir,

O‘lumdin qoldi qolganlar, bo‘lub erdi vabo saylov.

Olurg‘a pora ellikboshilar mingboshi – qozidin,

Ijobat bo‘ldi – bo‘ldi aylar erdilar duo saylov.

Taloshi joh aylab, ot chopib, olmay dame orom,

Musulmonlarni rangin ayladi chun qahrabo saylov.

Muqimiy, og‘ridi boshlar xaloyiq guftu-go‘yidin,

Shahar tinchib qolurdi bo‘lsa-chi emdi ado saylov.