Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Muxammasi saylov

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Muhammasi saylov

Источник: Abduvohid Shokirov. Muqimiyning yangi topilgan satirasi. Adabiy Meros № 5. Toshkent, 1976.

Страницы: 129.

Язык: узбекский, стихотворение.

Тема – критика избирательной системы в местных органах власти Туркестана, введенной после российского завоевания края.

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Администрация Выборы Кади Оценка Пятидесятник Самооценка Тысячник

Editor

B.S.

Text

O‘shalkim haq deganlar shulmukin, ro‘zi jazo saylov,

Ki boqmas bir-birig‘a vaqti yoru oshno saylov,

Agarchandeki bo‘lsa qavmu, xeshu, aqrabo saylov,

Qachonkim bo‘ldi hokim amri birla ibtido saylov,

Amaldor ahli boshig‘a bo‘lib keldi balo saylov.

Ketib tandin madori bu xabardin xoh qari, yoshi,

Qo‘lidin ixtiyori ham yo‘qoldi aqlu kengoshi,

Yutungan birla o‘tmay barchasin og‘zidagi oshi,

Teraklar bargidek titrab jamii qozi, mingboshi,

“Yuzini teskari qil, – der edilar, – ey xudo!”– saylov.

Hazarkim fitnai gardun savodini bayozidin,

Batar kundin-kun ayomini istiqboli moziydin,

Samog‘a chang urar qasdida anjumni arozidin,

Olurg‘a pora ellikboshilar mingboshi, qozidin,

“Ijobat bo‘ldi-bo‘ldi!” – Aylar erdilar duo, saylov.

Uloshib chaslarig‘a, bellarida axcha ro‘zu shab,

“Turing zinhor, ya’ni men tarafga, yaxshilab maxtab”,

Banogoh bo‘lmasun deb, ba’zi shanqilarni ko‘zi chap,

Sochib qarzi-quvola, pul ko‘tarib, istayub mansab,

Bo‘lolmay ko‘p kishini sindirib, qildi gado saylov.

Demang saylovkim, oqil nazdida taklifi jon siton,

Qilib uryon, etgaylar qadam qo‘ymoqqa shirin jon,

Bo‘lurkim gar uzvi-uzvidan har xori novak qon,

“O‘tar uch yil g‘irillab,-der,-mor erdi ne nuqson?!”

Bo‘lursa olti yilda bir nizomi podsho saylov.

O‘zundin bo‘lmaganlar azl zillatgohiga kambo‘y,

Kerakkim budu nobudini qilmay emdi hargiz o‘y.

Qo‘yubon shodiyona, qilsalar bir necha kunlar to‘y,

Agar ming xatmi qur’on etsalar, arziydi so‘yub qo‘y,

O‘lumdin qoldi qolganlar, bo‘lub erdi vabo saylov.

Dareg‘, andisha qilmay lahzaye og‘oz ila anjom,

Takoburdur ishim, nafsim yo‘lida subhdin to shom,

Bajuz ovoralig‘ni hosil aylabdur nigindin nom,

Taloshi joh aylab, ot chopib, olmay dame orom,

Musulmonlarni rangin ayladi chu qahrabo saylov.

Jahonni sirru sayru e’tiboru obro‘yidin,

Dimog‘i bo‘lmadi gulzorini xush rangu bo‘yidin,

Damodam hayratim ortar zamona fe’lu xo‘yidin,

Muqimiy og‘ridi boshlar xaloyiq guftu go‘yidin,

Shahar tinchib qolurdi, bo‘lsachi emdi ado saylov!