Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Furqato, Sizdin qabuli iltijo qilsun o‘rus! (усл.)

Description

Автор: Анбар Отин

Название: Furqato, Sizdin qabuli iltijo qilsun o‘rus! (усл.)

Источник: Dilshod. Anbar otin. She’rlar. Toshkent, 1994.

Страницы: 111.

Язык: узбекский, стихотворение.

Тема – Надежда на улучшение жизни с приходом русских.

Анбар Отин (1870-1915)-узбекская поэтесса, родом из Ферганской долины

Categories

Аптека Бахши Доктор Жилище и утварь Колдун Кровать Лечение Люли Медицина Оценка Печка Русские слова Русский Русское образование Самооценка Фуркат Школа

Editor

B.S.

Text

Furqato, Sizdin qabuli iltijo qilsun o‘rus!

Bu zaifni iltimosini ado qilsun o‘rus.

Keldi, keldi mayliga bir yangilikni boshlasun,

Bolalarga yangi maktablar bino qilsun o‘rus.

Oq it, ko‘k it bo‘lib itlar galolab yurmasun,

Posbonlikka munosib it ravo qilsun o‘rus.

Va’da qilmishkim raiyat holini neku qilur,

Aytingiz, ul ahdiga bir yo‘l vafo qilsun o‘rus.

Do‘xturimdan eshitib hushnud erurman rusdin,

Bistarim ustida bu dardga davo qilsun o‘rus.

Hech yerga chiqmasimg‘a ont berdi bu oyoq,

Do‘xturim vosita bo‘lsa bir shifo qilsun o‘rus.

Baxshilar, kushnochu lo‘li dastidan bezorman,

Pokiza aptekadin doru davo qilsun o‘rus.

Sandalida ko‘p yotub jonimg‘a tegdi, do‘stlar!

Pechkasini bu uyimg‘a jobajo qilsun o‘rus.

Karavotda Bibixonim, Ominam, Usmonxo‘jam

Yayrasun, rohat ishini barhavo qilsun o‘rus.

Bu paranjida qarilar yosh o‘lar pardoz ila,

Mushku Anbar hidi yoshlarga muboh qilsun o‘rus.