Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Noyibto‘ra ayoli Yekoterina

Description

Автор: Анбар Отин

Название: Noyibto‘ra ayoli Yekoterina

Источник: Dilshod. Anbar otin. She’rlar. Toshkent, 1994.

Страницы: 121.

Язык: узбекский, стихотворение.

Тема – обращение к жене русского чиновника.

Анбар Отин (1870-1915)-узбекская поэтесса, родом из Ферганской долины.

Categories

Екатерина Женщины Мусульманин Оценка Русские слова Самооценка Сарт Стол Узбек

Editor

B.S.

Text

Singiljon hamsoya bo‘lding, sirni pinhon etmagil,

O‘zbeku g‘ayriya bu deb, millat isyon etmagil.

Millating rus, odamiyatda durust af’ollaring,

Yoshurub odatlaring holing parishon etmagil.

Pokiza ustolda o‘lturmoq ajab bergay shukuh,

Bu faqat bizlarga xos deb, fikri nodon etmagil.

Har nechuk ozodalik bo‘lsa yarashgay bizga ham,

Vahshilik pobandimizdur, bizni hayvon etmagil.

Hamnafas sanga erur noib, nasihat aylagil,

Sart millatlarni xo‘rlab, chashmi giryon etmagil.

O‘zbek ahlidin nechand olim chiqqandur bilsangiz,

Shak keturib ilmimizga, fe’li shayton etmagil.

Mushk Anbar konini topgay musulmon bo‘lsa ham,

Manga bo‘lg‘on hayrixohlikdin pushaymon etmagil.