Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Qo‘shulib mulki Farg‘ona (усл.)

Description

Автор: Анбар Отин

Название: Qo‘shulib mulki Farg‘ona (усл.)

Источник: Dilshod. Anbar otin. She’rlar. Toshkent, 1994.

Страницы: 122-123.

Язык: узбекский, стихотворение.

Тема – усиление социальной несправедливости с приходом русских, ибо недостатки их правления наложились на местные недостатки.

Анбар Отин (1870-1915)-узбекская поэтесса, родом из Ферганской долины

Categories

Администрация Оценка Пистолет Русский Самооценка Узбек Фергана

Editor

B.S.

Text

Qo‘shulib mulki Farg‘ona o‘rusga bu saro bo‘ldi,

O‘rus o‘zbek elig‘a bir tug‘ishgandek ag‘o bo‘ldi.

O‘ruslar ishda pishg‘on vajhidin hushyordir oncha,

Rayiyat foydasig‘a so‘zlamoqqa rahnamo bo‘ldi.

Ziyolisi ziyolimizg‘a ta’lim bersa ilmidin,

Hama ishlarg‘a omil ustasi bir kimyo bo‘ldi.

Valekin, hukmronliq vajhidin og‘ir bo‘lib ishlari,

Yaroqlar ikki xil zarbidin og‘riq bedavo bo‘ldi.

Oliqlar bir qator erdi, to‘lashg‘a bo‘lmadi darmon,

Soliqlar qo‘shqator o‘lg‘ach el emdi mosuvo bo‘ldi.

Qilich yonig‘a to‘pponcha qo‘shulub, haybati oshdi,

Ki, aksar poylavuchlar hibsda motamsaro bo‘ldi.

Quvonib, ibtidoda, o‘yladi el –“zulm ketdi”,- deb,

Kelib zolim, mulozim birla tezda hammo bo‘ldi.

Bilib olg‘ochki maqsad bir erur har ikki qonunda,

Bizim peshvolarimiz dardig‘a malham davo bo‘ldi.

Buni ko‘rgach bechora el yana ma’yus mahzundur,

Sabab shul erdi, el ichra davomi mojaro bo‘ldi.

San, ey Anbar otincha, so‘zlama bundog‘ ayoldursan,

Necha sendek ayollar dardini aytib, ado bo‘ldi.