Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Qarolar falsafasi risolasidan (отрывки)

Description

Автор: Анбар Отин

Название: Qarolar falsafasi risolasi”dan(отрывки).

Источник: Dilshod. Anbar otin. She’rlar. Toshkent, 1994.

Страницы: 162, 167-170.

Язык: узбекский, проза.

Отрывки из философской прозы поэтессы. Размышления отн. текущей ситуации того времени.

Анбар Отин (1870-1915)-узбекская поэтесса, родом из Ферганской долины.

Categories

Анюся Афганец Восточные слова Географические названия Доктор Екатерина Женщины Захидходжа Инкина Кипчак Клава Коканд Конфессиональные группы Лечение Медицина Мирза Махмуд Могол Мусульманин Мусульманское образование Николай Падишах Профессиональные группы Религия Русские слова Русский Салиджан байвачча Самооценка Суфи Фергана Шейх Этнические и племенные группы

Editor

B.S.

Labels




Text

... Shu zamonda odam o‘zini baxtiqaro, deb nolon bo‘lsa mumkin, ammo shul baxtiqarolikdin najot topish qobiliyatini axtarish va najot yo‘lini qidirishi lozim bo‘lur. Bu najot yo‘lini g‘azot va jahriyot ila vuquflarg‘a keltirmoq dushvordur. Bu yo‘lni faqat o‘ruslar tadoriki ila ichkaridagi peshvolar ortidan qadam bosub harakat qilmoq darkor. Kaminag‘a muolaja qilg‘uvchi Inkina nomli do‘xtur va shifo cho‘lidagi noib to‘ra ayoli Yekotirina va qizlari Klava, Anusalarning maxfiy gaplarig‘a binoan, aql va idrok taqazo qilurki, ichkari rus muzofotlarida ulug‘ rahnamolar maxfiy harakatlat qilub, xaloyiqqa najot yo‘llarini fahmlatmoqqa qodir ekanlar. Alo hozal-qiyos, mazkur o‘ruslar ila mustahkam aloqa qilmoq lozim bo‘lur. Agar haloyiq so‘fiylar va shayxlar ta’lmimini olub, haqqoniy izdihomi omiy ahvolini mushohida qilishdin tortinib, faqat har baloni ollohga havola qilub, dunyodin ko‘z yumib, mosuvo o‘lurlar...

Agar podshoh odil bo‘lmog‘i mumkin ersa, ushbu o‘rus podshoh odil bo‘lur erdi. Mulki Farg‘onag‘a adlni joriy qilur edi va mulozimlariga raiyat ahvolini neku qilish, mahalliy eski amaldorlarga tinch berurni farmoyish qilur erdi. Mulki Farg‘ona va boshqa viloyatlar qipchoq, mo‘g‘ul, afg‘on va boshqa daydilarni qo‘porg‘on jangu to‘zon zulmati ostida xonavayron, diydagiryon edilar va ular o‘rus kelg‘onig‘a naqadar shodmon bo‘ldilar. Agar, u odil shoh bo‘lsa, shundog‘ fuqaro qadrig‘a, albatta, yetar erdi va adolat joriy etib, zulmni ko‘torur erdi...

Nikolay podsho o‘z maishati ila madhush va sarxush o‘lub, haddan tashqari tug‘yong‘a uchrab, mamlakatda yangi tartiblar o‘rnatish taraddudida har viloyatdin vakil taklif etib, alarga yangi tartiblarni joriy qilmoq borasidag‘i farmoyishlarni beribdur. Shu jumladan ushbu Xo‘qand muzofotidin, albatta, rahbar tabaqadin emas, Ho‘qand boylar boyi – Solijon boyvachcha oq podshoh huzuriga vakil bo‘lub borub, podshoh farmoyishlarini olib bozgasht kelibdur va lozim ekonki, alohida dahalarda va’z etib, oq podshoh bergan mujdalarni fuqarog‘a aytib bersa. Sarmazor daha fuqarosi uchun Shayxulislom guzardagi Mirzo Mahmud mingboshi mahkamalarida xalqqa boybachcha va’z etib bergan bor-yo‘q so‘zi oq podshoh aytdiki, mani otimni xutbag‘a qo‘shub o‘qulsun, boz aytdiki, xotinlar paranji tashlasun,- dedi vassalom,- debdur. Shu joydagi omu xosdin sazo chiqmabdur. Faqat ustoz Zohidxo‘ja xalqg‘a: “Birodarlar, oq podshoni har ikkov farmoni ham zulmat nishoni, man mullo emasman, mullolar og‘zida nos bor, xutbag‘a xudou rasul va Choriyor qatori podshoh nomini qo‘shmoq, bu ayni shohga sajda qilmoq bo‘lur, biz podshohga sajda qilmaymiz...(Yuqoridagi misoldan so‘ng xotinlar paranjilarini tashlattirish bo‘yicha farmon natijasi faqat zulmga olib boradi, deyiladi).

...Podshoh buyurg‘on har farmon zulmdin xoli emas.

Agar o‘rus shohi darhaqiqat odil bo‘lsa, va aning xohishi qaram xalqlar ham o‘rus misoli ozod bo‘lsun va borcha xaloyiq o‘ris birla barobar bo‘lib, ro‘zg‘or kechursun desa, amorat va hukmronliq qonunini din qoidalaridin mustasno vujudg‘a keltursun, din ahlini ibodat borasida homiy bilib, davlat va bilimdonliqni xalq ro‘zg‘oridin kashf etsun. Xaloyiq dodig‘a, rozig‘a quloq bersun. Bas, shundoq qilmasdan o‘z aysh-ishrati ilan muqayyad madsush oqsaroyidin bosh chiqormay, mamlakat ishini bir g‘ujum gazanda – pazandalarg‘a havola qilibdur, so‘rsa, alg‘araz, bu shoh nez haloyiq fikr qilg‘on raiyat holini neku qilg‘uchi odil emas, tug‘yonga botgon shoh ekan, yo‘qsa shohg‘a va aning mulozimlarig‘a ishonmak mor qornidagi chumchuq bolani tirik demakdin o‘zga emas. Davlat ishini dini islomdan yiroq tuting va fuqarog‘a takya qilmoq ila yo‘l tutmag‘on hukmron bod fursatda halokatg‘a duchor bo‘lmog‘i muqarrardur... “O‘rus keldi!” ovozani anglab, barcha ma’rifat ahli o‘yladiki, podshoh, albatta, dinga peshvo va tarafdor bo‘lur, din ishini rivoj berur, ammo din qoidasini ziyoda urf-odat, xurofot va so‘fiylik dog‘larig‘a barham berur, xalqni tarbiya qilur, deb aqida qildilar. Ammo o‘rus podshoh musulmonlarg‘a zarrachayinki halovot bermadi, sart xiroshg‘a rus xurosh qo‘lida beparmo hukmronlik ila o‘z kabobini pishurub ayshu nishot birladur.”