Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Ahvoli zamondin namuna

Description

Автор: Тавалло

Название: Ahvoli zamondin namuna

Источник: Mulla Olim Mahdum Hoji. Tarixi Turkiston. Toshkent, 1992.

Страницы: 133.

Язык: узбекский, стихотворение.

Тема - банковская система, ее положительные и отрицательные стороны.

Тавалло(1882-1939)- узбекский поэт.

Categories

Александр Великий Базар Банк Банковский работник Вексель Залог Земледелие и ирригация Имущество История Кааба Оценка Религия Русские слова Самооценка Тавалло Торговля Фаэтон

Editor

B.S.

Text

Sharora qildi havog‘a bizning sharoratimiz

Uchar qushning qanotin kuydurur haroratimiz

Ko‘ringki, bir necha yillar bozorlar o‘ldi kasod

Hamisha qildi zarar aylagan tijoratimiz.

Qabulg‘a o‘tmadi viksil, mulkimiz garov bo‘ldi.

Yarim bahoga sotildi uy va imoratimiz.

Ko‘tardi birni ikkiga ajab hamma dehqon

Hanuz o‘tmay ekkan ekin, ziroatimiz.

Faqirlik aylsa toroj bo‘lurmu anga iloj,

Qayonga ketdi bu qo‘ldin bizning mahoratimiz.

Tavofi Ka‘badin o‘tdi bizani din bilmam,

Kimiki bonka chiloni ani ziyoratimiz.

Nechani davlati ortdi bu banka orqasidin

Nechun zarar ko‘ramiz yoki yo‘q farosatimiz.

Mudom banka tubida o‘tarmu viksil deb

Kutib o‘tirganimiz ayni bir riyozatimiz.

Agar xudo karam aylab bu qo‘lg‘a pul tegsa

Hamon ani yo‘qotish bizni eski odatimiz.

Aroba, foytun ila yo‘l kezib Sikandardek

Ishonmangiz puli ko‘p deb quruq tarroratimiz.

Bas emdi, yozma Tavallo tamom qil so‘zni

Agar ko‘p yozar esang tegar kasofatimiz.