Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

To‘ldi yo rab (усл.)

Description

Автор: Тавалло

Источник: Mulla Olim Mahdum Hoji. Tarixi Turkiston. Toshkent, 1992

Страницы: 134.

Язык: узбекский, стихотворение.

Тема - критика нравов мусульман, их нежелание стремиться к просвещению, осуждение сладострастия.

Тавалло(1882-1939)- узбекский поэт.

Categories

Бог Вера Восточные слова Географические названия Господь Ислам История Ишан Конфессиональные группы Коран Мусульманин Оценка Пир Религия Самооценка Туркестан Улуг-Бек Университет Эшан

Editor

B.S.

Text

To‘ldi yo rab, ketdi qo‘ldin izzatimiz, shonimiz,

Ham xarob o‘ldi maishat, ham buzuldi qonimiz,

Shul qadar to‘y-azalarg‘a raqobat ayladuk,

Musrifu isrofot o‘ldi molimiz, somonimiz.

Majlisu bazmu tamoshoyu ziyofatg‘a ketar

Himmatimiz, sarvatimiz, hayrimiz, ehsonimiz.

Bir musulmon o‘g‘li o‘ynar majlisi fahsha chiqib

Xalq tomosha aylayur qayda bazm, vijdonimiz,

Zarratek vijdonimiz o‘lsaydi, o‘lmazduk rizo

Kasb qilsun bu razolatg‘a bizing ixvonimiz.

Boshqalar o‘g‘lonlari dorilfununlarni kezar

Yo juvondur, yo juvonbozdur bizim o‘glonimiz,

Aylamazlar bir nasihat xalqning naf’i uchun

Xalq nonila yashaydur pirimiz, eshonimiz.

Bir-birimizg‘a xiyonatdin bo‘lak yo‘q shug‘limiz

Man etmazmi bu holi dinimiz, imonimiz.

Vahshiylikka hushladuk Abdullatiflar beshashin,

Muqtadomiz o‘lmadi nechuk Ulug‘bek xonimiz.

Man’i axloqi islom o‘lmog‘a loyiq ekan

Manbai jahl o‘ldi dorul ilmimiz, urfonimiz

Dini dunyo ilmi yo‘q tadrisimizg‘a qaydadur

Ey asosi dinimiz, tafsirimiz, Qur’onimiz.

Gar tushunsayduk bu ahvoling na yerga vormag‘in,

Yo haqiqat qo‘zg‘alurdi, yo kuyardi jonimiz.

Gar bu kundin sizlara islohi ahvol o‘lmasa

Bir mozoriston o‘lur oz vaqtda Turkistonimiz.

Ey xudo, saqla bizing islom qo‘ldin ketmasun,

Har ne shaylardin aziz imonimiz, islomimiz.