Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Sitamdiyda rabo(t)chilar kelishi

Description

Автор: Сидки Хондайлики

Заглавие: Sitamdiyda rabo(t)chilar kelishi

Источник: Sidqiy Hondayliqiy. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1998.

Страницы: 113-115.

Язык: узбекский, стихотворение.

Основная тема стихотворения, построенного в форме "вопрос-ответ", -тяжелый труд наемных рабочих, отбывавших трудовую повинность на медных рудниках России в 1916г.

Сидки Хондайлики(1884-1934)- узбекский поэт.

Categories

Всевышний Еда Зиндан Имущество Медь Мучение Оценка Правительство Пушечный завод Работа Рабочий Ремесло и промышленность Рудник Русские слова Самооценка Свободный Сидки Тиран Тирания Труд Трудность Угнетение Форма Хлеб

Editor

Text

S a v o l:

Muncha muddatlarda qoldingiz qayon, xush keldingiz?!

Qaysi joyg‘a bordingiz bermay nishon, xush keldingiz?!

Yig‘lamoqdin bo‘ldi ko‘zlar yoshi qon, xush keldingiz?!

G‘amda qad bo‘ldi duto, tan notavon, xush keldingiz?!

Emdi g‘amgin dil uyig‘a mehmon, xush keldingiz?!

J a v o b:

Muncha muddatlarda biz ketduk urush maydonig‘a,

Ba’zimiz to‘p zov(u)tig‘a, ba’zimiz mis konig‘a.

Po‘rma kiyduk, olduk o‘zni onda soldat sonig‘a,

Bo‘ynumiz sunduk, bu zolim shohning farmonig‘a.

Siz so‘rang bizdin deb: “Ey, zindoniyon, xush keldingiz!”

S a v o l:

Boribon mis konig‘a, anda na ishlar qildingiz?

Ushbu kun zolim hukumat zulmini xo‘b bildingiz,

Mulku bola-chaqa, xotun – barchadin ayrildingiz,

Barcha zolimlar qo‘lidin qutulub xo‘b keldingiz!

O‘tdi zolim shohu qoldingiz omon, xush keldingiz!

J a v o b:

Bizni ozod ayladi, yangi hukumatlar bukun,

Ko‘nglimiz shod ayladi, yangi hukumatlar bukun,

Dilni obod ayladi, yangi hukumatlar bukun,

Zulmi barbod ayladi, yangi hukumatlar bukun,

Dengiz: “Ozod o‘ldingiz, vah, bandiyon, xush keldingiz!”

S a v o l:

Chekdingiz mis konida qandog‘ mashaqqat, sozlangiz?!

Yuzladi, ul yerda sizg‘a necha mehnat, so‘zlangiz?!

Berdimu zolimlar ul yerda uqubat, so‘zlangiz?!

Ne jafolar ayladi eski hukumat so‘zlangiz?!

Ey, asiri yuz baloyi nogahon, hush keldingiz?!

J a v o b:

Berdilar mis konida eski hukumat ming azob,

Zulm o‘tida ayladilar bas jigarlarni kabob,

Kimki ohista ish etsa, o‘n qadoq non ishtarob,

Tan uyini(ng) yiqti yer uzra, beli qildi xarob,

Demangizlar bizlara: “Ey shodumon, xush keldingiz!”

S a v o l:

Sizlara zolimlar ul yerda nechuk zulm ettilar?

Zulm ila – osh o‘rnig‘a – berdimu yo xuni jigar?

Uxlaturg‘a qo‘ymayin ishlattimu shomu sahar?

Och o‘lub, muhtoj o‘lub, qon yuttingizlar yo magar?

Zulm ila qaddi egilg‘on notavon, xush keldingiz!

J a v o b:

Ore, ul zulm ahli ko‘b biz barchani och ayladi,

Parchai non, bir piyola choyg‘a muhtoj ayladi,

Bizni necha zulm ila ochu yalang‘och ayladi,

Yaxshi osh o‘lsa, o‘zi yeb , bizg‘a qirmoch ayladi,

Yuzni g‘am so‘ldirdi, dengiz: “Za’faron, xush keldingiz!”

S a v o l:

Zulm eli sizlarni ul yerlarda ko‘b och etdimu?

Oshu non bermay alar, muhtoji ko‘moch etdimu?

G‘am taomi birla yo qursoqingiz choch etdimu?

Zulm ila olib libosingiz yalang‘och etdimu?

Yig‘lamangiz bu sitamdin, shodmon, xush keldingiz!

J a v o b:

Bizni ul eski hukumat turfa sarson ayladi,

Bas olib bordi-yu, joyimizni mis kon ayladi,

Oshu non o‘rnig‘a urdi-yu, bag‘ir qon ayladi,

Ba’zimizni notavonu zoru nolon ayladi,

Holimiz o‘tti bu xil, deng: “Bag‘ri qon, xush keldingiz!”

S a v o l:

Mis konida shuncha muddat ayladingiz qandog‘ ish?

Yer yuzida qildingiz ish, yo yer ostida yumush?

Boshingizdin o‘tdi qandog‘ mehnat ila ushbu qish?

Sizlara qandog‘ mashaqqat berdi borish, ham kelish?

Yig‘latib ketgan edingiz, bas amon, xush keldingiz!

J a v o b:

Boribon mis konida bo‘lduk necha muddat muqim,

Zulm tog‘i ostida qadlar duto bo‘ldi chu mim.

Yer tagig‘a goh tushtuk bir-ikki, uch chaqirim.

Yer bosib qolg‘aymu deb, jon titrar erdi, ohkim,

Bizg‘a loyiq desangiz: “Ey, toza jon, xush keldingiz!”

S a v o l:

Misni kondin ne tariqa oldingiz, aylang bayon?

Qo‘lda oldingizmu yo lo‘m birla, yo ketmon bilon?

Yoki bir asbob berdimu qo‘ling‘izg‘a ravon?

Misni oldingiz nechuk quvvat bila, ey notavon?

Ey, falakdin zulm yetgan, bag‘ri qon, xush keldingiz!

J a v o b:

Berdi bir qo‘lg‘a chirog‘u yana bir qo‘lga temur,

Yer tagig‘a ushbu holat birla kirduk biz g‘ayur,

Ba’zimizg‘a berdi gurzi, misni tobsang, munda ur,

Yer tagi namnoku tanlar ojiz o‘ldi misli mo‘r,

Aytingiz tabrik etib: “Ey, qahramon, xush keldingiz!”

S a v o l:

Yer tagida, g‘or ichida och o‘lubon qoldingiz,

Ish qatig‘ bo‘lg‘on jihatdin oh, behad toldingiz,

Noiloj o‘lg‘on uchun bu ishg‘a gardan soldingiz,

Kechqurun charchab-horib joyingiza yo‘l oldingiz,

G‘am mato‘ini sotib, ey kordon, xush keldingiz!

J a v o b:

Sidqiyo, qilg‘il duo, hech kimga bu ish tushmasun,

Zulm elig‘a Haq taolo notavonni qo‘shmasun,

Barcha davlat tinch o‘lub, hech bir zamon sug‘ushmasun,

Yona elning rohati to‘shokig‘a o‘t tushmasun,

G‘am samumidin yuzi bargi xazon, xush keldingiz!