Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Saylov hikoyasi (Zavqiy yozgan ta’rixga muxammas)

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Saylov hikoyasi (Zavqiy yozgan ta’rixga muxammas)

Источник: Yangi bayoz. Toshkent, 1997.

Страницы: 55-56.

Язык: узбекский, стихотворение.

Ответ-подражание на хронограмму поэта Завки о выборах в местные органы власти.Тема – критика избирательной системы в местных органах власти Туркестана, введенной после российского завоевания края.

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Восточные слова Выборы Завки Избирательный бюллетень Ишан Кади Конфессиональные группы Мечеть Мукими Одежда Оценка Право и судопроизводство Профессиональные группы Религия Русские слова Самооценка Суд Ходжа Ахмед Чалма

Editor

B.S.

Text

Ey, o‘shal sallani silliq o‘ragan,

Qarab oynak, saqolini taragan,

Har nechuk so‘z mokisiga qaragan,

Ya’ni saylov hikoyasin so‘ragan,

Xafa kim bo‘ldi-yu, kimi kuldi, deng.

Yurt elliklari yig‘ildi butun,

Pora qirg‘izcha – bellarida tugun,

Ko‘p amaldorlar zalilu zabun,

Qoziyu quzzot masjidda, bukun

Kimning paymonasi to‘ldi, deng.

Chaqirishti pasining saylovida,

Berdilar pattasini saylovida,

Past qolib, o‘rtasining saylovida,

Qatag‘onning chasining saylovida

Kim tirildi-yu, kim ko‘mildi, deng.

Bo‘lub iqbol yor dahr ichra,

Mayi no‘sh oxir erdi zahr ichra,

Xojadin kirdi ko‘yi bahr ichra,

Qozichilik halakida shahr ichra

Xoja Ahmad eshon ne bo‘ldi, deng.

Zindalik gulxanida har kimsa,

Kuydilar o‘tganida har kimsa,

Ming jarohat tanida har kimsa,

Bu qazo gulshanida har kimsa,

Gul kabi ochildiyu so‘ldi, deng.

E’tiboroti charxi nilufar

Istamang rangidin sabotu asar,

Baski qavlii hurmati payg‘ambar,

Mavt hukmida bo‘lsa azl agar,

Davlatidin ta’rixangon o‘ldi, deng.

Xalq tavriga qil, Muqimiy, nazar,

Amali oriyatga karru far,

Ko‘rmadi sud juz ziyonu zarar,

Jon chiqib, axchasi bo‘lub besar,

“Qozi Isfandiyor o‘ldi”,– deng.