Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Veksil (Zavqiy g‘azaliga muxammas)

Description

Автор: Мукими

Заглавие: Veksil (Zavqiy g‘azaliga muxammas).

Источник: Muqimiy. Asarlar. Toshkent, 1974.

Страницы: 377.

Язык: узбекский, стихотворение.

Тема-вексель. Ответ на газель поэта Завки.

Мухаммед Амин-ходжа (1850-1903)- узбекский поэт , известный под псевдонимом Мукими, уроженец г.Коканда.

Categories

Вексель Деньги Завки Завод Оценка Русские слова

Editor

Text

Mastur qolmag‘aykim: so‘zning yo‘g‘oni chiqdi,

Oltiariqlari ham veksilni koni chiqdi,

Zavodni bitkazolmay Eshonni joni chiqdi,

Afsus, ey xaloyiq, ishlar yomoni chiqdi,

Oxir zamona ma’lum bo‘ldi, nishoni chiqdi.

Har ishki xalqimizg‘a hokimlar etsa farmon,

Qilmay iloji yo‘qtur dushvoru xohi oson,

Nuqra-kumushlaridin boylar xijil, pushaymon,

Yuz dod qilmasunmu bechorai musulmon,

Har tangada miridin yaqqol ziyoni chiqdi.

Band o‘ldi oldi-sotdi, fuqaroingni bil, deb

Pullar jarimasini qilsang ekan, bihil, deb.

Bozoru bay ocholmay qishlog‘u shahr sil, deb

Arz etdilar xaloyiq hokimga: hukm qil, deb,

Qirq kunda uch miridin buyruq degoni chiqdi.

Diqqat hama sotolmay, yo bir nima olurg‘a,

Qassob yetdi o‘zni go‘sht o‘rniga tilurg‘a

Solgan quloqlarini el gap nedur bilurg‘a,

Bozor ahli, hayron savdo-sotiq qilurg‘a,

So‘yi samoga yig‘lab kosib fig‘oni chiqdi.

Xalqeki kambag‘aldur go‘yoki g‘altak o‘ldi.

O‘lganni ustiga ham bir necha kaltak o‘ldi,

Bu voqia, Muqimiy, har yerda dastak o‘ldi,

Pul-labba, narx-qiymat ustiga po‘stak o‘ldi,

Po‘stak (beliga) bog‘lab Zavqiy bayoni chiqdi.