Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Yikchi eshon hajvi(уcл.)

Description

Cтихотворение Раджи Маргинани

посвященное критике Дукчи-ишана - предводителя Андижанского восстания 1898 г.

Asrlar nidosi: Оktyabr revolyutsiasigacha bo‘lgan davr

o‘zbek adabiyotidan namunalar. Toshkent. 1982, 283-284.

Categories

Андижан Военное дело Волнение Восточные слова Географические названия Город и архитектура Иисус История Ишан Йикчи ишан Копье Культура Махди Минарет Обычаи и обряды Оценка Плен Политика Раджи Маргилани Религия Рельс Русские слова Самооценка Связи Солдат Телеграф Транспорт Чудотворство Шейх سلات صالدات قوشون

Editor

AE, MB

Text

Qurdi sahroga chiqib bir hiylagar yigchi eshon,

Qo`ydi o`t yer ostidan qaynatdi tom uzra qozon.

Bilmagan ilmu adab, beaqli majhuli ajab,

Erdi ul hurmattalab, qildi o`zin yalg`on eshon...

Hiylasidin bexabar birmuncha hayvonlar oni,

Tomda pishgan oshini bildi karomatdin nishon.

Shul sababdin bordi har kim shayx deb nazri bilan,

Suvratin ko`rgach qilib, shayxu mashoyixdin gumon.

To`ni bo`zni mallasi, boshida shalg`om sallasi,

Yerga moyil kallasi, bir qo`lda tuz, bir qo`lda non.

Bora-bora qildi da`voni minoradek baland,

Xohladi ovozasin yetkurmakka to osmon.

Yov bo`lib Isog`a, chiqmoq qasdida aflokg`a,

Qildi butmasdin yiqilgan xom q`ishtdin norbon.

Malla yirtiq to`n kiyib, haddi oshib ko`b boshni yeb,

Chiqdi ahmaqlarga deb: “Man Mahdiyi oxir zamon”.

O`yladi lashkar tuzib, yo`l tiligrofini uzib,

Relsdin andak buzib, olsa kerak, deb Andijon.

Yurdi joyidin chiqib, oq lattani qo`lga ilib,

Nayzasin yigdin qilib, fath etgali mulki jahon.

Kecha birdan yo`l yurib, har joyda qo`rqibon turib,

Otni hakanga burub, yo`l topti lagerga nihon.

Ko`rdi otidin inub, sallotlar yotmish tinib,

Otni ustiga minub, qochdi ko`rib qo`ygan hamon.

Ko`rdi ko`zini ochib, lashkarlari ketmish qochib,

Boshg`a tufroqlar sochib, hayrat bilan qildi fig`on.

Kettilar chiydek to`zib, jamiyatin ul dam buzib,

Ba`zi daryoga suzib, ba`zi bo`lub bexonumon.

Qanchasi bandi bo`lib, ba`zisi kaltakdin o`lub,

Fitnaga olam suzib, sharmandalik bo`ldi ayon.

O`zi hayratdin qotib, qocholmadi tog`din oshib,

Aytishib sallotl o`lon bayonida: “Eshon yomon”.

Tuttilar lashkar bosib, imkoni ne Rojiy o`qib,

El aro rasvo bo`lib, dor ostida to berdi jon.