Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Yigchi eshon hаjvi (n°1)

Description

Cтихотворение Умиди-Хаваи (1835-1906),

посвященное критике Дукчи-ишана – предводителя Андижанского восстания 1898 г. (Asrlar nidosi: Оktyabr revolyutsiasigacha bo‘lgan davr o‘zbek adabiyotidan namunalar. Toshkent. 1982, 221).

Categories

Восточные слова Географические названия Губернатор История Ишан Кади Мухаммад хан Кадиркул дума Кафир Киргиз Культура Маргилан Муфтий Неверный Оценка Падишах Политика Право и судопроизводство Профессиональные группы Религия Самооценка Саримсак Хваджа Сатира Умиди Умиди-Хаваи Фатва Хаджв Хаким Царь Чудотворство Шайтан Этнические и племенные группы

Editor

AE, MB

Text

Darbadar olamni qildi bachchag‘ar gumroh eshon,

Makri shayton birla tadbir ko‘rsatib paydo eshon.

Yo‘q karomat birla yoru qancha xotun-qizlari,

Qaysi xotun bo‘lsa muxlis, har sifat zebo eshon.

Marq‘inondan qancha odam bordilarkim ko‘rg‘ali,

To‘n kiyib, qorni to‘yib rahmat bila sulloh eshon.

Misvogidan o‘t chiqarmish – bachchag‘arning shuhrati,

Katta ish birlan qilursan, muttaham, da`vo, eshon.

Qaysi kofir, qaysi churchut qildi bu bezoriliq,

Sen xaromi, beadab, olamda bir tanho eshon.

Senga unvon berdi qozi ul Muhammadxon degan,

Mufti, a`lam, qirg‘izu berganda yo‘q fatvo eshon.

Bordi Sarmsoq xo‘ja eshon san bilan suhbat qilib,

Qo‘y bilan echkini qilding anga ko‘p savg‘o, eshon.

Qo‘rqamen til ochqali ulkim Qodirqul dumadin,

Muhtaram bilsin gubur, hokim bilan podsho, eshon.

Manki qo‘rqdim avvalo yozsam guburga bildurub,

Kambag‘al bechoraman, hayratda dil ogoh, eshon.

Qilmasunmu hajv, ammo ko‘rsa ham rammolida,

Yo‘q Umidi, muttahamdan bo‘xcha yo sarpo, eshon.