Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Hajvi Viktorboy (усл.): Zavqiy g‘azaliga Muhayyir muxammasi

Description

Мухаммас-сатира кокандского поэта Мухаййир(1845-1918) на русского коммерсанта В.Д. Ахматова, управляющего кокандской конторы бр. Каменских, похитившего крупную сумму денег. Источник: Yangi bayoz. Toshkent, 1997. Nashrga tayyorlovchi Ahmadjon Madaminov. 180-181.

Categories

Андижан Виктор Восточные слова Географические названия Деньги Завки Казах Кантор Карим ахунд Касим даллал Коканд Конфессиональные группы Культура Мазхаб Мусульманин Мухаййир Народ Нация Обычаи и обряды Оценка Пияница Право и судопроизводство Профессиональные группы Религия Ремесло и промышленность Ростовщик Русские слова Самооценка Сарт Сум Ура-Тюбе Шариат Этнические и племенные группы اخچه باباجان نانواى بوراق تيمر صندوق تيمور صندوق پيان

Editor

AE, MB

Text

Qilg‘on ishing hamisha ziyon ekan, Bekturboy,

Ko‘p odamlar dastingdan sarson ekan, Bekturboy,

Ko‘nglung buzuq, niyating vayron ekan, Bekturboy,

San kanto‘rlar ichinda yamon ekan, Bekturboy,

Temur sanduq degoni yolg‘on ekan Bekturboy.

“Bir ming so‘mga o‘ttuz so‘m berdi, – debon, – beminnat”,

Ko‘rub bular muningdek sudi riyoni qimmat,

Jonu dilda qildilar haromxo‘rlikni niyat,

“Arzon emas beillat, qimmat emas behikmat”,

Bemazhabu bemillat olg‘on ekan Bekturboy.

Musulmonni yamon deb, onlarkim sani suydi,

Ololmayin pullarin bir-bir ko‘tini o‘ydi,

Hasratlarin deyolmay, ko‘pi jonidan to‘ydi,

Kimki sanga pul qo‘ydi, “Ko‘p yaxshi!” deb qo‘l qo‘ydi,

Bir umr aning ishlari armon ekan, Bekturboy.

Sudxo‘rlikning maniysin totib, yaxshi ko‘rgonlar,

Sahvgarlik qilmoqqa domi do‘kon qurganlar,

Nahsu falokat bosgon ham shariat urgonlar,

Bir lak so‘mni bergonlar, yig‘lab kelib yurgonlar

Andijonlik bechora mehmon ekan, Bekturboy.

Sekin-sekin sikkaga bir-bir so‘zing mindurding,

Osmontaroshlar pulin hamyoningga indurding,

Manman degon sudxo‘rning shox, bo‘ynini sindurding,

Ko‘p boylarni sindurib, sudxo‘r ko‘nglin tindurding,

Hama qilg‘on ishingga hayron ekan, Bekturboy.

O‘z puliga teng tutmay dashtu sahrolar qumin,

El ko‘ziga ko‘rsatib bo‘sh saxtiyon, bo‘sh xumin,

Olib-olib pullarni, emdu tutquzmas dumin,

Xo‘qandligu Andijon, O‘rotepa mardumin

Bir kurashda yiqitti, polvon ekan Bekturboy.

Palov yemay haftada, mehnat qilib yilu oy,

Nonu suvga qanoat aylab, ichmay toza choy,

Go‘ru kafansiz qoldi oxir Bobojon nonvoy,

Qosim dallol bo‘ldi, boy Karim oxund, hoy-hoy,

Birga ziyon, birovga hayon ekan, Bekturboy.

O‘z qavmiga hech biri shafqat ko‘zin solmadi,

“Berma-berma!” mashqidin o‘zga parda cholmadi,

So‘m oldida faqirga qadru qimmat qolmadi,

Musulmonlar o‘z xalqin inobatga olmadi,

Ajab zamon, ajoyib davron, ekan, Bekturboy.

Qilg‘on o‘zin dunyo deb, gohi sartu gah qazoq,

Sinmasidin ilgari, yigirma kun burunroq

“Tayyor ayladim,– debon,– safar qilurga Buroq”,

Pulin olgon sababdin doim erur tab’i choq,

Bildimki, Adurahmon shayton ekan, Bekturboy.

Xurram bo‘lur Muhayyir, mumsikning moli kuysa,

Parvosi yo‘q bu g‘amdin, sudxo‘r o‘zini so‘ysa,

O‘lmay turub, sudxo‘rni istab ko‘zini o‘ysa,

Zavqiy, jazosi shuldur, tanzilga axcha qo‘ysa,

Kim sanga pul berubdur, piyon ekan, Bekturboy.