Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Muxammas bar holi xoni marhum in ast

Description

Стихотворение поэта Мухаййир (1845-1918) о последнем Кокандском хане Худаяр-хане. Источник: Dehqonov A. Xudoyorxon fojeasi haqida beshinchi muxammas//O‘bek tili va adabiyoti. № 1, 2000, 50-51.

Categories

Александр Великий Восточные слова Географические названия Индус Ирам История Кисра Конфессиональные группы Культура Махрам Обычаи и обряды Оценка Падишах Рай Религия Рум Самооценка Фергана Худояр-хан Цезарь Шах جم دارا قيسر معبر

Editor

AE, MB

Text

Qachonkim shohimiz Farg‘ona mulkig‘a qadam chekti,

Saodat kavkabi el boshiga go‘yo alam chekti,

Bolub ahboblar shod, dushman xayli g‘am chekti,

Cholindi nayi xurramliq, mug‘anniy zeru bam chekti,

Falak anduhu shiddat raxtini suyi adam chekti.

Esib davlat nasiymi johu hashmat subhi dam urdi,

Quyosh yanglig‘ muallo masnadi shahligda o‘lturdi,

Skandar davlatini ko‘rdi, Doro davrini surdi,

Tuzib oyini Kisro birla Qaysar, bazmi Jam ko‘rdi,

Tomoshalar qilib el ollig‘a xoni karam chekti.

Qilay deb jannat oso bo‘ston bog‘ o‘rdusin,

Sanab kavsar qirog‘i gulshan ichra har labi jo‘sin,

Yig‘ib anda jahon shamshod qaddi birla gulro‘sin,

Bahoyi Rumi Ray sondi alarni holi hindusin,

Imorat har taraf go‘yoki bir tarhi Eram chekti.

Hilol oso qilib har lahza olamg‘a alam tiyg‘in,

Qo‘yorg‘a el boshig‘a qildi sar to sar qadam tiyg‘in,

Jafodin suv berib, g‘am charxidin aylab dudam tiyg‘in,

Necha mazlumlarni boshig‘a surdi sitam tiyg‘in,

Zamona ilki oxir anga ham tiyg‘i sitam chekti.

Ko‘rub bir havllik tush, yod aylab dor ila giyrin,

Ko‘ngulda to‘xtatolmay so‘rdi ko‘rgan tushni ta’biyrin,

Muabbir ayg‘ali ojiz bo‘lub aylarg‘a tadbiyrin,

Tasalli bergali ko‘rguzdi tahrir ila taqriyrin,

Shahim ushbu sababdin dilda pinhon yuz alam chekti.

Qila olmay bir ish ark ichra hayron o‘ldig‘in bildi,

Zamona ahlidin ko‘ngli parishon o‘ldig‘in bildi,

“Fido jonim” deganlar ahdi yolg‘on o‘ldig‘in bildi,

Ishonganlarg‘a chunkim nuqsi paymon o‘ldig‘in bildi,

Turolmay shahr aro Mahram sori xayli hasham chekti.

Nazar qilgil falak oni nechuk oshuftahol etti,

Vatan fikridagi to‘ti kabi nutqini lol etti,

Bag‘ir qonin g‘izo, rangli sarig‘, ashkini ol etti,

Tushub yo‘lg‘a makonlardin makonga intiqol etti,

Yetardi dayrg‘a taqdir oni suyi Haram chekti.

Muhayyir, istasang, rohatni, bedod etmagil hargiz,

Falakni ilkidin afg‘oni faryod etmagil hargiz,

Yetushsa javr elidin dilni noshod etmagil hargiz,

Neki yo‘qtur anga shukr ayla, yod etmagil hargiz,

Ki bu qismatni ul “Nahnu qasamno…” qalam chekti.