Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Quloq soling, yoronlar

Description

Стихотворение Завки (1853-1921) о жизни при русских, написанное в 1897-98 годах. Источник:Zavqiy. Tanlangan asarlar. Ed. H.Razzoqov.Toshkent, 1960, 26-27-bb.

Categories

Андижан Бек Вагон Восточные слова Географические названия Европеец Завки История Коляска Культура Мукими Мусульманское образование Наука Оценка Падишах Политика Просвещение Профессиональные группы Ремесло и промышленность Русские слова Русский Самооценка Связи Телеграмма Торговец Торговля Транспорт Фуркат Хан Худояр-хан Чамачбий Чингиз-хан Шах Этнические и племенные группы اورس اوريس

Editor

AE, MB

Text

Yurakda laxta qonlar, quloq soling, yoronlar,

Asrida begu xonlar, esiz o‘tgan zamonlar.

Cningiz bilan Chamachbiy olamni qildi tobi’,

Savdoyi umr gohi qilg‘ay ekan hayonlar...

Shohona ishratu bazm madhiga aydilar nazm,

Ilmu hunarga yo‘q jazm, o‘tmishki begu xonlar,

El zahrasini yorib, asov otida borib,

Umrida sopqon otmay bo‘lur “sohibqiron”lar.

Yig‘ib hamshiralarni, mug‘luq bokiralarni,

Shom etdi tiyralarni, sovruldi xonumonlar.

Kulfat tushub boshig‘a, og‘u tushub oshig‘a,

Kelmay kishi qoshig‘a, aqronu mehribonlar.

Yo‘q istasa xaloyiq, dardg‘a tabibi hoziq,

Rahbar bo‘lurg‘a loyiq, boshig‘a soyabonlar.

Xudoyor qochdi-ketdi, julus o‘rusg‘a yetdi,

Hukmin ravona etdi to Shoshu Andijonlar.

Har bir ishida hikmat qo‘llab ochar tilismot,

O‘txona birla bir ryad ketur bari vagonlar.

Prujinalik kolyaska jon rohati olisga,

Ziynat telegramdin topur yangi zamonlar,

Savdo qiziq bozori, ko‘p o‘ldi xaridori,

Tujjor elin guzori, tushdi farang tomonlar.

Ilmu hunar rivoji, bo‘lg‘ay aqlni(ng) toji,

Ham yurtu el hiroji, sobit topur omonlar.

Ahbob Muqimiy qat-qat, Zavqiy dilida hasrat,

Hijrat tutibdi Furqat, qoldik necha yomonlar.