Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Uy puli

Description

Стихотворение Завки (1853-1921) о налогах на дом, написанное в 1898 г. Источник: Zavqiy. Tanlangan asarlar. Ed. H.Razzoqov. Toshkent, 1960, 28-b.

Categories

Андижан Восточные слова Географические названия Дукан Коканд Магазин Налог на дом Налог на зерно Налоги Оценка Политика Самооценка Торговля اوى پولى غله حراجى لك پولى

Editor

AE, MB

Text

Andi degan shaharg‘a tushdi shitob uy puli,

Ayladi ko‘p odamni xonaxarob uy puli.

Zulm qilib hokimi soldi do‘konlarg‘a pul.

Tushmush alar boshig‘a qattig‘ azob uy puli.

Lak puli deb bir solur, uy puli deb bir olur,

Qilmasa deb qo‘rqaman hoki turob uy puli.

G‘alla hiroji qabul topmasidin ilgari,

Dedi jadal aylabon ustiga: “top uy puli!”

Dudi fig‘oni, ko‘ring, chiqdi falaklar uza,

Qildi faqir ahlini bagri kabob uy puli.

Uy pulidan xat aro so‘zladi bechora xalq

Zavqiy Xo‘qandiy dedi unga javob uy puli.