Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Zolim puli

Description

Стихотворение Завки (1853-1921) о долгах, написанно в 1898 г. Источник: Zavqiy. Tanlangan asarlar. Ed. H.Razzoqov. Toshkent, 1960, 29-b.

Categories

Bir ming olti yuz so‘m Shoolim Деньги Долг Завки Культура Кустарник Налоги Оценка Ремесло и промышленность Рубль Самооценка Сум Торговый ряд Шах алим رسته كاسب

Editor

AE

Text

G‘am yemang ey rasta, o‘n so‘m tushdi Shoolim puli,

Bu emas Sholim puli, albattadur zolim puli.

Yig‘ desa amrona tergay bittalab bor-yo‘qdin,

Jam’ qilsam yetmadi jumla paru bolim puli.

Naqd bir ming olti yuz so‘m zohir etdi kissasi,

Nasiya ma’lum erdi, ey ahbob, ahvolim puli.

Dod deng, har yerga borib bu hamoqat dastidan,

Qolmadi hattoki, uyda ahlu ayolim puli.

Pulni olg‘ach, maqtanib xo‘b aytar ermish betamiz,

Bul erur avvalgi bozordin qolan molim puli.

Sehr o‘qib, kelgusi bozor bo‘lg‘usi bir pira zan,

Bersangiz, o‘lganda qolgan erdi,–der,–cholim puli.

Zavqiy kosiblar tilidin kimga arzu dod etar,

Bu emas Sholim puli, albattadur zolim puli.