Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Hajvi yikchi eshon

Description

Стихотворение-сатира Завки (1853-1921) посвященное предводителю Андижанского восстания 1898 г. Источник:

(Zavqiy. Tanlangan asarlar. Ed. H.Razzoqov. Toshkent, 1960, 32-33-bb.)

Categories

Ад Бидъат Виселица Военное дело Волнение Восточные слова Газават Географические названия Еда Жилище и утварь Зубная щетка Ишан Кадир кул мингбаши Карамат Кипчак Киргиз Конфессиональные группы Махди Минг-тилла Минг-типа Мулла Народ Одежда Плен Политика Право и судопроизводство Профессиональные группы Религия Салла Суп Суфи Тарикат Тысячи золотых Фергана Христианин Чалма Чудотворство Шайтан Шариат Этнические и племенные группы سله شرع حكمى

Editor

AE, MB

Text

Solding olam ahlig‘a ko‘p sho‘rishu g‘ovg‘o eshon,

Xayriyat, tezroq yedi boshingni bu savdo eshon.

Omilig‘din kashfi jin yetkurdi boshlab dorg‘a,

Qilmas erding ushbu ish, bo‘lsang edi mullo eshon.

Senga kim edi qo‘ygan qilmoq tariqat da’vosin,

E shariat hukmidan olamda beparvo eshon.

Xoriqi odat: o‘tinsiz osh pishirding tomda,

Aylabon rangin “karomat”larni xo‘p barpo eshon.

Ahli Farg‘ona tutar mahsharda domoningni bil,

Ushbu yil qilding zarar har kimga ming tillo, eshon.

Ishni sen qilding, balog‘a qoldilar bechora xalq,

G‘o‘zani sen yeb, kesildi bo‘zchi, bangi, yo eshon.

Shuhratingni(ng) ofati yolg‘iz o‘zingga tegmadi,

Balki sen ofat bo‘lib qilding vabo paydo eshon.

E kasofatlik vujuding nahsidin Mingtepada

Xonavayron bo‘ldi bir ming manzilu ma’no, eshon.

Qancha odam o‘ldilar, ko‘p xalq bo‘ldilar asir,

Shar’ hukmi: qonig‘a zomin bo‘libsan, ho eshon.

Tutmasa Qodirquli mingboshi, gar osilmasang,

Aylar eding bu mahalda Mahdilik da’vo eshon.

O‘t yugurtirding “karomat” deb qilib bid’at o‘choq,

Qilmadi bu ishni hech olamda bir tarso eshon.

Nomuborak maqdaming Mingtepani qildi xarob,

Gar qadam qo‘ysang chiqargay dudlar daryo, eshon.

Ham boshingga, ham (ketinga) tegdi otqon sopqoning,

Marg sen sohibhuruj o‘lg‘ong‘a, e rasvo eshon.

Himmating oliy ekan, ushbu “g‘azot”ing ajrig‘a,

Borsang arzir to‘xtamay do‘zaxga – sen tanho, eshon.

Mundog‘ ish odam demay, olamda hayvon aylamas,

So‘fi misvoku musallo, shona-yu sallo eshon.

Rang-barang rangu riyo qilmoqda shayton hamtabaq,

Yigchi xalfa nom chiqarding, bachchag‘ar, usto eshon.

Yengi kir malla choponing, meshi dasturxonlaring,

Fe’lu atvoring tamomi yoqmagan bejo, eshon...

Hiylakor dog‘ulidek surat sovuq, sirat buzuq,

Bir cho‘qib ikki qaraydurg‘on aloqarg‘o eshon.

Muncha asbobu xaloyiq qoldi boshingdin sabil,

Qirg‘izu, qipchoq keturgan hadya-yu savg‘o eshon.

Har kishi bu sho‘rishi Farg‘onadin so‘rsa nishon

Zavqiy aytur: jon chiqib, tarixidur ig‘vo eshon!