Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Hajvi ahli rasta

Description

Стихотворение-сатира Завки (1853-1921) на торговцев Коканда, написанно в 1905-06 годах. Источник: Zavqiy. Tanlangan asarlar. Ed. H.Razzoqov.Toshkent, 1960, 37-41 bb.

Categories

Абдаллах хаджи Абдулкадир Артик бачча Аълам угли Алимджан Банк Булбуль угли Вагон Восточные слова Географические названия Деньги Джалил бай Салах бачча Дурак Завки Известный Икан бачча Ишак Кади Каракуль Кари бачча Кари сумаляк Касим ахунд Касим шамал Кафирча Ахмаджан Китайский лекарь Кичкина джан Культура Кур Адил Мавлан Муймарак Мухиддин Назир бик Нусрат Осел Оценка Право и судопроизводство Профессиональные группы Религия Ремесло и промышленность Русские слова Самооценка Слепой Адил Суфи Ташкент Транспорт Ты Умар джан Усманча Фазил ата Фазил ходжа Файзи шайтан Фарзин бачча Фауна Хаджа бачча Хаджи касал угли Хаджи Хасан Шакир кара Элик баши Юлдаш бачча خطاى طبيبى موى مبارك

Editor

AE, MB

Text

Arzim buki Qori sumalakka,

Yetkursa boshini ham falakka.

Gah-gah nazora aylasun ul,

Ibrat ko‘zi birla bu sammakka.

Sang’yoda nosdonni maqtab,

So‘z naqdini urmasin mahakka.

Ulfatlari, sham’garmi ahmoq,

Sham’ qaychini bog‘lasin etakka.

Salohbachcha – otlari Jalilboy,

To‘rt tepkini yedilar xo‘rakka.

Shokir qora tarz odam ermish,

Ming la’nat o‘shal qora eshakka.

Ko‘p haddidan oshmasin Nazirbek,

O‘xshaydi ul oshqovoq hamakka.

Pul kelmasa bankadin boyvachcha,

Karnay choladur bo‘lar-bo‘lmakka .

Ul lokicha boyvachcha dastor,

(Yelgani) da o‘xshatur bo‘zakka.

Kofircha degan bir Ahmadjon bor,

Ko‘p shug‘li baland hangramakka.

A’lamni(ng) o‘g‘illari Olimjon

Hayf to‘n bila salla gungalakka.

Bir zarra rioya qil to‘ramni

Qo‘sh ramz suxan bilan ko‘makka.

Sil afti oriqqina Muhiddin

Ahvoli ayon bo‘lur kuzakka.

Fozilxo‘ja degan oqfurush bor,

Daf’ har maraz ila zindalakka,

Olib borur o‘ldi Qosim oxund,

Bizni Qorako‘lga, handalakka.

Usmonchani(ng) soati yarashmish,

Rishxo‘r alisharmu mo‘ychinakka.

Mavlon eshigida ota Fozil,

O‘xshaydi baraq desam ko‘pakka.

Kir ko‘ylak o‘libdilar Umarjon,

Sotmoq uchun emdi jun jiyakka.

Chinni bila choy sotur Kichkinajon,

Nisfi gaz emas, kelur seyakka.

Iqonbacha birla Bulbul o‘g‘li

O‘xshaydi har ikkisi pufakka.

Ul hoji Hasan degan zaki tab’,

Yo‘q toqatim anga so‘z demakka.

Nusrat bila oshnoligim bor,

Tentakkina shatrama-shatakka.

So‘fini(ng) bolasi Abduqodir

Qattiqligi o‘xshamish danakka.

Hoji kasal o‘g‘li bodraftor

Dog‘uliki, pand berur Kamakka.

Qosim shamol andaki yengilroq,

O‘xshab uchar xuddi bodparakka.

Ortiqbachani semirtiringlar,

O‘q bo‘lg‘usi katta zambarakka.

El ani(ng) akasin o‘xshaturlar,

Burnin sumak, og‘zini tuvakka.

Ko‘r, ishtahasini Xo‘jabacha,

Osh solib ichar emish chelakka.

Yo‘ldoshni demish Xitoy tabibi,

Bodbar muxolifi yurakka.

Ellikboshi o‘g‘li mokiyanboz,

Ustoz bolibdi kurkurakka.

Qoribacha sinchalakka o‘xshar,

Farzinbacha misli voyvayakka.

Qozi qiziga duolar ayting,

Ul nasli bashar emas malakka.

Farzin bisoti lolaruxlar,

Olamni musaxxar etdi yakka.

Ey xo‘ja jahon, ko‘p achchig‘im tez,

Ham yetdi pichoq borib suyakka.

Nusratga yarashdi it yaqosi,

Boshin suqadurki, har katakka.

Abdulla hoji ko‘p suyulganidin,

Ming martaba chap berur kurakka.

Mashhur o‘sha ko‘r Meli erursan,

Boshing agar yetsa ham falakka.

Kirsa xaloga uch kun uxlab,

Ko‘knar kayfida ketar pinakka.

Gap ta’sir aylamaydi senga,

Ablah, tyi slepoy eshakka...

Gar ta’siri ketmasun Mo‘minshoh,

Osh yeb, og‘iz artmasin patakka.

Toshkent o‘tag‘asi Fayzi shayton,

Qo‘l qo‘ydi po‘kon bilan tezakka...

Izvesni vagonchi tund ko‘r Odil,

O‘lmay turib o‘xshadi kesakka.

Ko‘r bo‘lmasa pul oqib kelurmu,

Bu badshakl, slepoy durakka.

Qirq olti kishini fasona qildim,

Kim chiqsa o‘qiydi Mo‘ymarakka.

Ta’bingni arobasini to‘xtat,

Shotisini bog‘la g‘ildirakka,

Zavqiy osilurg‘a himmatidin,

Dor bog‘ladi bir baland terakka.