Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Dar hajvi shoh Inoyat Qo‘rboshi (Qo‘qon shahri qo‘rboshisi)

Description

Стихотворение Завки (1853-1921) с критикой курбаши города Коканда - Инаята Курбаши. Источник: Zavqiy. Tanlangan asarlar. Ed. H.Razzoqov. Toshkent, 1960, 44-45-bb.

Categories

Администрация Восточные слова Географические названия Завки Инайат Коканд Мединский Народ Оценка Политика Самооценка Сатира Фараон Хамун Шах Инаят курбаши Этнические и племенные группы

Editor

AE, MB

Text

Tinglangiz, ahbob, bu so‘z boshini,

Tavsif etay kim iki avboshini.

Shohi Inoyatki amal davrida.

Nechani(ng) oqizdi ko‘zin yoshini.

Kibru inodu hasadu, zulm ila

Qilgan edi mamlu ichu toshini.

Xalqiga tarqatmoq uchun doimo,

Qurgan edi jabru sitam doshini.

Kelsa kishi qoshig‘a arz etgali,

Tergan edi kiprik ila qoshini.

Qilsa kishi fosh vafo shevasin,

Ortgay edi anga javo toshini.

Bevayu bechora yo‘luqsa agar,

Urdi, ushatdi ani(ng) yonboshini.

Necha kun o‘ldi Medinskiyga yor,

Topdi borib tundagi yo‘ldoshini.

Qolmadi Xo‘qandda kishi totmagan,

Zaqqumi zahr iki lain oshini.

Ul erdi Fir’avn, bu Hamon anga

O‘tdi qilib ikisi kengoshini,

Turfa imoratki necha yil bo‘lib,

Teskari qo‘yildi ani(ng) toshini.

Oxiri paymona bo‘lib nogihon

Berdi har ikisini(ng) podoshini.

Qo‘ymadi xalq ichra anga o‘bro‘,

Qildi a’dam ushbuni(ng) parxoshini.

Xalq g‘azabi o‘zni namoyon etib,

Qildi nihon zulmini(ng) xaffoshini.

Solini andisha so‘rab sa’y ila,

Aydi xirad qo‘yiga izloshini.

“Yo” sini chekdi-yu, dedi piri aql

Tig‘i ajal qo‘ymadi qo‘rboshini.