Zerrspiegel [ Search ] [ Index ] [ Edit ] [ About ]

Qahatlik (masnaviy)

Description

Cтихотворение Завки (1853-1921) о голоде в Ферганской долине весной 1916 года. Источник: Zavqiy. Tanlangan asarlar. Toshkent, 1960, 72-83 bb.

Categories

Администрация Ак Падишах Аллах Армянин Базар Белый Царь Бог Богатый Весна Взятка Взятки Военное дело Война Вор Восточные слова Географические названия Германия Голод Город и архитектура Граждане Дети Дождь Дукан Еда и напитки Железная дорога Женщина Женщины Завки Земледелие и ирригация Зерно Император Карманщик Кишлак Климат Культура Люди (Этнографическое описание) Магазин Медицина Миршаб Молитва Народ Обманщик Обычаи и обряды Оценка Переводчик Поезд Политика Пристав Пророк Профессиональные группы Развалина Религия Русские слова Русский Самооценка Сарт Связи Святой Смерть Стихийные бедствия Суп Телеграмма Товар Торговля Транспорт Фергана Флора Хаким Хлеб Холера Этнические и племенные группы Янги шахар آ چليك انقا اوريس اوى ايركك باله تيل ماچ جيبال رسته صدر قهتليك كسه بور كميتيت صدرى مثنوى نعمت گرمان

Editor

AE, MB

Text

Qahatlik bo‘ldi bu Farg‘onamizda,

Topilmas parcha non vayronamizda.

Payambar bo‘lsa non, osh – avliyodur,

Yana ochlik davosiz bir balodir.

O‘lim xavfi o‘rab qishloqlarni,

Ne qishloqu jibol avloqlarni.

Qirildi qancha odamlar vabodin,

Nishona qolmadi mehru vafodin.

Shishib o‘lganni qo‘makka kishi yo‘q,

Kim o‘lgan birla odamni(ng) ishi yo‘q.

Kishi boqmas jigar, hamsoyasig‘a,

Qochib shafqatki Anqo soyasig‘a.

O‘g‘irliqqa tushib kimlarni royi,

Gunohsiz nechalar qirqildi poyi.

Necha gazzob bo‘lib rishvatg‘a moyil,

Diyonatli kishilar bo‘ldi soyil.

Shaharga keldi har yondin xaloyiq,

Qidirg‘ay dardiga kim tibi hoziq.

Shahar ahvolidin bersam nishona,

Kishilar tentirar haryona yona.

G‘aribu, bekasu, bechora behad,

Bamisli “dol” yanglig‘ ham bo‘lib qad.

Tilangaylar boqib har yonga zori,

Go‘daklar, mardu zan ketgan madori.

Chahorsu, rastayu, bozor tomonlar,

Xatarli to‘planib qancha yomonlar.

Kisabur, duzdlar sig‘mas jahong‘a,

Tikib ko‘z ham qilurlar qasd jong‘a.

Birovni(ng) parcha nonin tortib olg‘ay,

Birovg‘a molu jondin vahm solg‘ay.

Yo‘qotdi nechalar nomus-uyotin,

Unutdi kim sharafli odam otin.

Olib qochg‘ay savatdin dasta nonlar,

Va yo chaynar solib og‘zig‘a donlar.

Urar rahm aylamasdin boz alarni,

Bu ojiz, notavon bechoralarni.

Demaslar chorasiz, yo‘q ixtiyori,

Bu yanglig‘ charxi zolim qildi zori.

Chiqib erdim bugun yangi shaharg‘a,

Ko‘zim tushdi bu yanglig‘ sho‘ru-sharg‘a.

Yalangga to‘planibdi ko‘p xaloyiq,

So‘z aytur har biri holig‘a loyiq.

Kamitet sadri, hokim ham pristup,

Chiqib keldi alarni qurshadi to‘p.

Xotin-erkak tushibkim orqasig‘a,

Ilib nimjon bolasin yelkasiga.

Hama shovqin solib, kim yuldi sochin,

Dedilar: “Barchamiz och, qil ilojin”.

Bu yanlig‘ xor bo‘lg‘aymu odamzod,

Agar qodir esangkim ayla imdod.

Xleb deb telgrom berg‘il ishig‘a,

O‘shal olamni titratgan kishig‘a.

Xabardor aylag‘il oq podshoni,

Bilurmu ko‘kka urgan dudi ohni

G‘arib, bechoralar ochu yalang‘och,

G‘aniylar aytadur: yondashmag‘il, qoch!

Qilib erdiki, hokim bir ishora,

Yig‘ildi qancha mirshab beshumora.

Boqib tilmochig‘a aydi g‘ujurlab,

Afandim tarjima aylar bijirlab:

– Temur yo‘llar buzuq, yopiq do‘konlar,

Tahammul qilsangiz andak zamonlar.

O‘shal Girmon urushi to‘xtagan on,

Poyizlarda kelur oshliq bilan non.

Fuqaro: xoh o‘rus, sart, armani xoh,

Mudom oq podsho holidin ogoh.

Kimi kim ko‘nglida bo‘lsa yomonlik

Qilurmiz habs, ko‘rmas ul omonlik.

Bu so‘zdin tarjimoni to‘xtagan chog‘,

Kamitet sadrini(ng) ko‘ngli bo‘lib chog‘.

Takallum ayladi voiz kabi ul,

Bilib go‘yoki joyizdek kabi ul:

“Bo‘lur halvo sabrdin g‘oralar kim,

Topur baxt sobiri masturalar kim,

Borib uy-uyga aylanglar duoni,

Xudoyim asrasin oq podshoni”.

Javobig‘a xaloyiq qildi faryod,

Kishiga bermadi naf’ nola-yu dod.

Na bo‘lg‘ay erdi kajdor, ey zamona,

Muruvvat aylasang topib bahona.

G‘ariblarni(ng) murodin hosil etsang,

Faqat “qut-loyamut”g‘a vosil etsang.

Bahor boroni ham benam bo‘lurmu

Hisobsiz ne’mating yo kam bo‘lurmu,

Va yo xor aylamay mundog‘ jahonni

Qaro yer ostig‘a jo qil bu jonni.

Quloqlar har tarafda kecha-kunduz,

Falakda bor emish quyruqli yulduz,

Agar ehson darig‘ tutsang bashardin,

Falak toqing ushalsin sho‘ru shardin.

Yoqangni ushla, Zavqiy, ibrat olg‘il,

Xaloyiq mehrini ko‘nglingg‘a solg‘il.